• «Life’s Good on the Silk Road. Janubiy Koreyadan yangi texnologiyalar» aksiyaning qoidalari»

    «Life’s Good on the Silk Road. Janubiy Koreyadan yangi texnologiyalar» (keyingi o‘rinlarda – «Aksiya») aksiyasida ishtirok etish qoidalari «LG Electronics Overseas Trading FZE» vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”) va Aksiya ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuv hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi ushbu Aksiyada qatnashish qoidalariga (keyingi o‘rinda – “Qoidalar”) roziligini bildiradi.

    1. Umumiy qoidalar

    1.1. Tashkilotchi: «LG Electronics Overseas Trading FZE» vakolatxonasi, yuridik/ haqiqiy manzili: 100 034, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Fidokor ko‘chasi, 32-uy.
    1.2. Aksiyani o‘tkazish muddati: Toshkent vaqti bilan 2021 yil 23 avgust (10:00) – 2021-yil 20 sentyabr (23:00).
    1.3. Yutuqlarni olish muddati: 2021 yil 24 sentyabr – 2021 yil 4 oktyabr.
    1.4. Aksiyani o‘tkazish shahri: O’zbekiston Respublikasi Samarqand shahri.
    1.5. Tashkilotchining rasmiy hamkorlarini do‘konlari:
    • TEXNO CITY do'koni - Samarqand shahri, M. Ulug'bek ko'chasi 9. Mo’ljal: yopiq bozor, Yong'in bo'limi qarshisida;
    • GOODWEL do'koni - Samarqand shahri, Shoxrux ko'chasi3 3. Mo’ljal: yopiq bozor;
    • LG Electronics do'koni - Samarqand shahri, M.Ulug'bek. ko'chasi 9. Mo’ljal: yopiq bozor.
    • Samsung do'koni - Samarqand shahri, ko'chasi. , M.Ulug'bek. ko'chasi 9. Mo’ljal: yopiq bozor.
    • Tada do'koni - Samarqand shahri, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi 133a;
    • VOLTO do'koni - Samarqand shahri, M. Ulug'bek ko'chasi 11;
    • Zender do'koni - Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi 99a. Mo’ljal: supermarket qarshisida;
    • LG do'koni - Samarqand shahri, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi 3b. Mo’ljal: mikrorayon;
    • Media Park do'koni - Samarqand shahri, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi 131b;
    • Istiqlol do'koni - Samarqand shahri, Buyuk ipak yo'li ko'chasi 6. Mo’ljal: mikrorayon, birinchi bekat;
    • VISTA do'koni - Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi 11. Mo’ljal: yopiq bozor;
    • VOLTO MARKET do'koni - Samarqand shahri, Buyuk ipak yo'li ko'chasi 12. Mo’ljal: mikrorayon;
    • LG do'koni - Samarqand shahri, Pochta ko'chasi 22.Mo’ljal: yopiq bozor, GUM yonida;
    • S Smart do'koni - Samarqand shahri, Shoxrux ko'chasi 33. Mo’ljal: pochta bo'limi;
    • Maxcomputers do'koni - Samarqand shahri, M. Ulug'bek ko'chasi 31. Mo’ljal: OVIR;
    • Qulay Kredit do'koni - Samarqand shahri, M.Ulug'bek ko'chasi 64. Nishon: supermarket qarshisida;
    • LG do'koni - Samarqand shahri, Shoxrux ko'chasi 33. Mo’ljal: GUM qarshisida;
    • GoodZone do'koni - Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi 178;
    • LG do'koni - Samarqand shahri, Buyuk Ipak Yuli ko'chasi 32;
    • LG do'koni - Samarqand shahri, Buyuk Ipak Yuli ko'chasi 133;
    • HOFMAN do'koni - Samarqand shahri, Buyuk ipak yo'li ko'chasi 17. Mo’ljal: mikrorayon.

    2. Aksiya ishtirokchilari

    2.1. Ushbu qoidalarning barcha shartlarini bajargan, 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsat etilgan norezident fuqarolar (keyingi o‘rinlarda – “Ishtirokchilar”) Aksiya ishtirokchilari hisoblanadilar.

    3. Aksiyada ishtirok etish shartlari

    3.1. Ushbu Qoidalarga muvofiq, Ishtirokchi ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan barcha shartlarni bajarganda, Tashkilotchidan ushbu Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    3.2. Aksiyada ishtirok etish uchun, Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
    3.2.1. Instagram dagi @lguzbekistan sahifasiga a’zo bo‘lishi;
    3.2.2 Ishtirokchi o’zini LG konditsioneri yonida aks ettirilgan suratini Instagram shahsiy sahifasi storisida chop etishi kerak. Ishtirokchi dastlab Tashkilotchilar tomonidan ushbu qoidaning 1.5-bandda ko‘rsatilgan Samarqand shahridagi istalgan do‘konlaridan biridan maxsus yorliqli LG konditsioneri topishi kerak;
    3.2.3. Surat e’lon qilingan profilni Aksiya o‘tkazish muddati davomida ochiq holatda ushlab turishi kerak;
    3.2.4. Postda albatta 3ta #LgUzbekistan #LGSamarkand #LGSilkRoad xeshteglarini ko‘rsatishi zarur;
    Muhim: fotosuratda konditsionerning modeli va Promoning maxsus stiker belgisi aniq ko'rsatilishi kerak. Hashtagli barcha Instagram storieslar faylga o'tkaziladi, u yerda har bir ishtirokchiga seriya raqami beriladi.
    3.2.5. Fotosuratga talablar: Aktsiyaning maxsus yorlig’i aniq ko‘rinishi uchun olingan fotosuratni yuqori sifatda joylash kerak;
    3.2.6. Agarda barcha shartlar to‘g‘ri va o‘z muddatida bajarilgan bo‘lsa, u holda tartib raqami olinganidan so‘ng, ishtirokchi yutuq o‘ynaladigan kunni kutishi va LG Uzbekistonning Instagram hamda YouTube rasmiy sahifalarida aksiya natijalari bilan tanishishi mumkin.
    3.3 “Bepul xizmat ko‘rsatish oyligi” aksiyasida ishtirok etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
    3.3.1 LG Electronics kompaniyasining 0 800 120 2222 mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga qo'ng'iroq qilib ariza yuboring (o'zingiz haqingizda aloqa ma'lumotlarini - to'liq ismingiz, telefon raqamingizni, shuningdek mahsulot haqidagi ma'lumotlarni – rusum, seriya raqamini taqdim eting).
    3.3.2 Ko’rsatilgan harakatlar amalga oshirilgandan so'ng, Tashkilotchi Ishtirokchining arizasini qabul qiladi va ariza yuborilgandan keyin, 3 ish kuni ichida mahsulotga texnik xizmat ko'rsatishni o'z zimmasiga oladi.
    3.3.3 Mijozlar xizmat ko'rsatish sanasi to'g'risida xizmat ko'rsatish guruhi tomonidan xabardor qilinadi.
    3.3.4 Aksiyada LG Electronics tomonidan 2017 yildan hozirgi vaqtga qadar ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar ishtirok etadi. Mobil telefonlar bundan mustasno.
    3.3.5 Ushbu Aksiya O‘zbekiston Respublikai hududida 2021 yil 23 avgustdan 5 sentyabr sanasiga qadar o’tkaziladi.

    4. Yutuqlarni taqsimlash tartibi:

    4.1. Aktsiyaning mukofotlari:
    • LG Artcool Gallery A12FT konditsioneri - 1 dona;
    • LG Artcool Mirror AC12BQ konditsioneri - 1 dona.
    Har bir ishtirokchi joylagan suratlari sonidan qat’i nazar, faqatgina 1 ta yutuq yutib olish imkoniyatiga ega. Sovrinlar Qoidalarning ushbu bandida belgilangan tartibda beriladi. G'oliblar soni - 2.
    4.2. Asosiy sovrin uchun soliq to’lovi g‘olib tomonidan qoplanadi.
    4.3. Aksiya g‘olibi (keyingi o‘rinlarda - G‘olib) 2 bosqichda aniqlanadi:
    1-bosqich: Aksiya Shartlarining bajarilishini tekshirish;
    2-bosqich: maxsus kompyuter dasturi yordamida yutuqli kodlarni aniqlash yo‘li bilan.
    4.4. G'oliblar 2021 yil 24 sentyabrda soat 19.00da LG Uzbekistan rasmiy sahifasida Instagram @lguzbekistan va YouTube https://www.youtube.com/channel/UCMZgDg9pFOAn9Co-ywM8M1A kanalida e'lon qilinadi.
    4.5. Yutuqni topshirish uchun G’olibdan quyidagi shaxsini tasdiqlovchi hijjatlar/harakatlar talab etiladi:
    1) bog’lanish uchun ma’lumotlar;
    2) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami;
    3) yashash manzili;
    4) shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma;
    5) Yutuqni qabul qilish-topshirish Dalolatnomasini to’ldirish va imzolash;
    6) Yutuq bilan suratga tushish.
    4.5. Ishtirokchilar quyidagi hollarda Aksiyada ishtirok etish huquqini yo‘qotadi va G‘olib sifatida tan olinmaydi:
    - Aksiyaning har qanday Shartlarini buzish;
    - Identifikatsiya shartlarini buzish (shu jumladan, noto‘g‘ri identifikatsiya ma’lumotlarini taqdim etish, bir nechta akkauntlar orqali ishtirok etish va boshqalar);
    - Ishtirokchi/G‘olib bilan bog‘lanish uchun noto‘g‘ri/ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganda;
    - Tashkilotchi G‘olib balan o‘z taqdim etgan bog‘lanish ma’lumotlari orqali natijalar e’lon qilingan kundan 30 kalendar kun ichida bog‘lana olmasa;
    - Firibgarlikka urinish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar faktlari aniqlanganda.

    5. Boshqalar

    5.1. Aksiyada qatnashadigan barcha Aksiya Ishtirokchilari ushbu Aksiya qoidalariga rozilik bildiradilar, ularga rioya qilishlari va bajarishlari shart. Agar Ishtirokchi Aksiyani o'tkazish qoidalarini buzgan bo'lsa yoki yutuqni olish uchun firibgarlik va/yoki aldov harakatini sodir etgan bo'lsa, u uni olish huquqini yo'qotadi;
    5.2. Aksiyada ishtirok etish, shuningdek har qanday ma’lumotlarni, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish orqali Ishtirokchi/G‘olib o‘z shaxsiy ma’lumotlarini – joylashgan shahri, to‘liq ismi sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, identifikatsiya ma’lumotlari, Tashkilotchi tomonidan MChJ “Bran Awareness” ga Aksiyani o‘tkazishni, uning Shartlarini bajarish, reklama, marketing va yangilik tarqatmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing maqsadlaridagi harakatlarini nazorat qilish maqsadida yig‘ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun o‘z roziligini beradi. Rozilik belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan uzatiladigan ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, shu jumladan, qabul qilish, yozib olish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy transfer), shu jumladan Tashkilotchining vakolatli shaxslari/boshqa vakolatli shaxslar/uchinchi shaxslar tomonidan o‘chirish, yo‘q qilishga tatbiq etiladi. Rozilik bunday ma’lumotlar Tashkilotchiga topshirilgan paytdan boshlab va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda roziligi bekor qilingan paytgacha amal qiladi;
    5.3. Sovrinlarni yetkazib berish Tashkilotchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Agar kuryer yoki boshqa shaxslar shaharga yetkazib berish, soliqlar yoki boshqa to'lovlarni to'lash uchun har qanday to'lovni talab qilsalar, G'olib bunday operatsiyalarni amalga oshirmasligi kerak. Bunday holda G'olib Tashkilotchiga ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan raqamlar bilan, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida murojaat qilishi kerak;
    5.4. Tashkilotchi o’zining www.lg.com/uz rasmiy veb-saytiga tegishli ma’lumotlarni joylashtirgan holda, Ishtirokchilarni oldindan xabardor qilish orqali Tashkilotchi ushbu Qoidalarni bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega. Xabarnoma sanasi tegishli ma'lumotlarning yuqoridagi manzillarda e'lon qilingan kuni yoki Aksiya sahifasida shartlar o'zgartirilganda ko'rsatilgan qo'shimcha sana hisoblanadi.
    Ko’rsatilgan o'zgarishlarga norozilik bo'lgan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega. Ushbu sanadan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish, Ishtirokchining kiritilgan o'zgartirishlar bilan roziligi hisoblanadi;
    5.5. Aksiya tanlov, lotereya yoki boshqa xavf-xatarga asoslangan qimor o'yinlari hisoblanmaydi;
    5.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar/G'oliblar o'zlarining suratlari/ videolar / ishtiroki bilan fotosuratlar/kliplarni joylashtirishga, shuningdek Tashkilotchining veb-saytida, shuningdek tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida Aksiyada qatnashish uchun Ishtirokchilar/G'oliblar tomonidan taqdim etilgan fotosuratlardan foydalanishga/joylashtirishga rozilik bildiradilar;
    5.7. Aksiya ishtirokchisiga/G'olibga mulohaza olish uchun xizmat sifatini nazorat qilish uchun Sifat bo'limidan qo’ng’iroq amalga oshirilishi mumkin. Aksiya Ishtirokchisi/G'olibi o'z fikrini bildirishdan bosh tortish huquqiga ega.

    Tashkilotchining axborot-markaziga bog‘lanish ma’lumotlari: 0 800 120 2222.

    O‘zbekistonning istalgan hududidan qo‘ng‘iroq soat 09:00-21:00 ga qadar (har kuni) bepul.