• Yoz - bu yangi tajribalar, yaqinlaringiz bilan unutilmas daqiqalar va sifatli hordiq vaqti. Do’stlaringiz bilan basseyn atrofida ziyofat o’tkazishni, kuni bo’yi sevimli kitobingizni o’qib to’r belanchakda dam olishni yoki tabiat qo’yniga chiqishni rejalashtirishingizdan qat’iy nazar – musiqa har qanday ssenariyga o’ziga xos kayfiyat bag’ishlaydi. To’g’ri tanlangan audio uskunalar esa sizga jarayonni haqiqiy sehrga aylantiradigan billurdek tiniq ovoz va ajoyib akustikani taqdim etadi. Ushbu maqolada biz LG ovoz kuchaytirgichlari yordamida yozgi o’yin-kulgi uchun g’oyalarni baham ko’ramiz, bu Sizning yoz kunlaringizning mukammal hamrohi bo’ladi.




    • Basseyn atrofida ziyofat


    Yozning jazirama kunida basseynda salqinlashdan ko’ra yaxshi narsa yo’q. Agar siz do’stlaringiz bilan dam olishni istasangiz, basseyn atrofida ziyofat uyushtirish ajoyib fikr. Eng yaxshi suvga sho’ng’ish, suv qurollari bilan jang qilish tanlovini o’tkazing yoki shunchaki havo matrasida toblaning va LG XBOOM OK65 suv o’tkazmaydigan ovoz kuchaytirgichini olib kelishni unutmang. U bilan ziyofat yanada qizg’in va yorqinroq bo’ladi va siz uning xavfsizligi haqida tashvishlanishingiz shart emas - bu audiotizim IPX4 suv o’tkazmaydigan sertifikatidan o’tgan va suv tomchilari tushishiga bardosh bera oladi.


    • Tabiat qo’ynida piknik


    • Piknik - bu shahar shovqinidan dam olish, toza havo va go’zal manzaralardan bahramand bo’lishning ajoyib usuli. Tabiat qo’ynida siz barbekyu qilishingiz, shuningdek do’stlaringiz bilan suhbatlashayotganda fonda sevimli musiqangizdan bahramand bo’lishingiz mumkin. Sayrda ovoz kuchaytirgich ko’chma va shu bilan birga yetarlicha kuchli bo’lishi muhimdir. Ajoyib variant – ko’chma va ixcham LG XBOOM 360 .


    • Uyda karaoke kechasi




    Yoz oqshomlarini uyda karaoke uyushtirish bilan ham juda qiziqarli o’tkazish mumkin. Ushbu ijodiy jarayon sizning vokal iste’dodlaringizni namoyish etishga va do’stlaringiz bilan shunchaki dam olishga imkon beradi. O’rnatilgan karaoke funksiyasiga ega LG XBOOM CK99 audio tizimi bilan birgalikda siz mikrofon yoki gitara ulashingiz, kerakli ovoz effektlarini sozlashingiz va o’zingizni estrada yulduzi kabi his qilishingiz mumkin. Ko’p rangli halqali yorug’lik esa Sizning oqshomingizni yanada yorqinroq va ajoyib qiladi.


    • Katta kecha




    Agar Siz klub atmosferasi va otashin ritmlari bilan raqs kechalarini yaxshi ko’rsangiz, LG XBOOM ON99 ovoz kuchaytirgichi ikkita past chastotali dinamik va Super Bass Boost texnologiyasiga ega. U kuchli 1000 Vt ovoz va musiqa ritmiga qarab ranglarni o’zgartiradigan chiroyli LED yoritgichni taqdim etadi. Bundan tashqari, LG XBOOM ON99 audio texnikasi bilan Siz o’z miksingizni yaratishingiz, treklar bilan tajriba o’tkazishingiz va o’rnatilgan DJ paneli yordamida raqs maydonchasini laraga solishingiz mumkin.


    Yoz uchun rejalaringizdan qat’i nazar, LG ovoz kuchaytirgichlari sizga unutilmas muhit yaratishga va har bir lahzani yorqin va esda qolarli qilishga yordam beradi. Yozning har bir kuni uzoq yillar davomida Siz bilan birga bo’ladigan xotiralar yaratib, sevimli musiqangiz bilan to’lsin