We will give you LG warranty information here We will give you LG warranty information here

Kafolat shartlari

Ushbu bo’limda Sizga LG kafolati haqida ma'lumot beramiz

Standart kafolatlar bo'yicha ko'rsatmalar

LG mahsulotlari uchun standart kafolat

LG Electronics kompaniyasi vakolatli xizmat ko'rsatish markazlari orqali kafolat muddati davomida mahsulotlarini bepul ta'mirlash xizmatini kafolatlaydi. Har bir LG mahsuloti har xil kafolat shartlariga ega, batafsil ma'lumotlar uchun quyidagilarga nazar soling.
Eslatma: Quyidagi ma'lumotlar faqat ko'rsatma uchun mo'ljallangan, Shartlar va qoidalar sizning rusumingiz va mahsulotdan foydalanishga qarab farq qilishi mumkin.

LG Electronics kafolati quyida ko‘rsatilgan muddat va shartlar asosida mahsulotni bepul ta’mirlash yoki uning qismini almashtirishni ko‘zda tutadi. LG Electronics kafolati xaridorning qonuniy huquqlarini cheklamaydi.
Ushbu kafolat mahsulotni xarid qilgan ilk shaxsga nisbatan, hamda faqat O'zbekiston Respublikasi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan qo'llaniladi.

Agar LG Electronics kafolatidan foydalanish zarurati tug‘ilsa, LG Electronics mijozlarni qo‘llab- quvvatlash markaziga murojaat qiling.

Kafolat shartlari
  • •• LG Electronics kafolati materiallardagi va ishlab chiqarishdagi nuqsonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Shuning uchun, boshqa har qanday nuqson hamda mahsulotdan noto‘g‘ri foydalanish, uni noto‘g‘ri sozlash, noto‘g‘ri muvozanatlash va o‘rnatish, foydalanuvchi yoki o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmaga amal qilmaslik natijasida yuzaga kelgan zararlar, shuningdek, tashqi omillar ta’sirida yuzaga kelgan shikastlar, kosmetik shikastlar va normal foydalanish oqibatida paydo bo‘lgan shikastlarga nisbatan ushbu kafolat qo‘llanilmaydi.
  • •• LG Electronics kafolati muddati mahsulot xarid qilingan sanadan boshlanib, u faqat LG Electronics kafolati muddati davrida ogohlantirilgan materiallardagi va ishlab chiqarishdagi nuqsonlarga nisbatan amal qiladi.
  • •• LG Electronics kafolati haqiqiy sotib olingan kundan boshlab amal qiladi, va kafolat davri mobaynida xarid haqidagi hujjatning asl (qo‘lda yozilmagan, kassa cheki) nusxasini saqlab qo’yish tavsiya etiladi.
  • •• LG Electronics kafolati mahsulot tarkibini o‘zgartirish yoki LG Electronics vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ta’mirlash, mahsulotning seriya raqamini soxtalashtirish yoki o‘chirish, maishiy texnikani modernizatsiya qilish yoki undan professional maqsadda foydalanish ishlari amalga oshirilganidan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
  • •• Mahsulotni ta’mirlash yoki uning qismini almashtirish haqidagi qaror faqat LG Electronics tomonidan qabul qilinadi. Almashtirilgan qismlar va detallar LG Electronics mulkiga aylanadi. O'zgartirilgan bloklar va ehtiyot qismlar yangi yoki tiklangan bo’lishi mumkin.
  • •• Ta’mirlash yoki almashtirishdan boshqa xarajatlar LG Electronics kafolati tomonidan ko‘zda tutilmagan.
  • •• LG Electronics dasturiy ta’minot yoki ma’lumot tashuvchi qurilmalarga yetgan har qanday zarar yoki yo‘qotish uchun javobgar emas.
  • •• O'zgartirilgan qismlar va bloklar almashtirish yoki ta'mirlashni amalga oshirgan tashkilot mulkiga aylanadi
Mahsulot Kafolat muddati Bepul xizmat ko'rsatish muddati* Mahsulotning xizmat muddati
Sovutgich 1 yil 3 yil 7 yil
Mikroto'lqinli pech 1 yil 3 yil 7 yil
Kir yuvish mashinasi, Quritgich, Styler, Changyutgich, Havo tozalagich, Havo tozalagich va namlagich 1 yil 3 yil 7 yil
Havo konditsiyoneri 1 yil 3 yil 7 yil
Televizor 1 yil 2 yil 5 yil
Video uskunalar 1 yil 1 yil 5 yil
Audio uskunalar 1 yil 1 yil 5 yil
Monitor (Cloud) 1 yil 2 yil 5 yil
Monitor 1 yil 2 yil 5 yil
Mahsulot ehtiyot qismlari** Kafolat muddati
Kir yuvish mashinasi DD motori (stator, rotor va Holl sensori), Changyutgich invertorli dvigateli va chang siqish tizimining qismlari (Konteyner, Plastinka, Aylantiruvchi mexanizm, Aylantiruvchi motor), Devorga o'rnatilgan maishiy konditsionerning invertorli kompressori, havo tozalagich va namlagich invertorli dvigatellari, Quritgichning ikki rotorli invertor kompressori va invertorli dvigateli 10 yil

* Bepul ehtiyot qismlar almashtirilishi va bepul xizmat ko'rsatilishini o'z ichiga oladi. Bepul xizmat ko'rsatish muddati sotib olingan kundan boshlanadi va masofadan boshqarish pultiga taalluqli emas.

** Faqat mahsulot ehtiyot qismlari. Nuqsonli ehtiyot qismlarni almashtirish uchun sarflangan har qanday mehnat yoki uyda bajarilgan xizmat uchun mijozning o‘zi mas’ul bo‘ladi.

Diqqat! Kafolat taloni haqiqiy hisoblanishi uchun ham muqovada, ham kuponlarda sotuvchining muhri va imzosi bo'lishi lozim. Haqiqiy sotib olingan kunini isbotlash maqsadida, sotuvchi tomondan berilgan kassa chekini saqlab qo'ying.