Mundarijaga oʻtish Maxsus imkoniyatlar boʻyicha yordamga oʻtish

LGE xizmatidan foydalanish shartlari

LG Electronics Xizmatidan foydalanish shartlari

 

LG Electronics, Inc. (“LGE”) o‘zining sho‘ba korxonalari va filiallari (“LG Group”, “biz”, “bizning” or “bizni”) bilan birgalikda sizni, oxirgi foydalanuvchini (“Foydalanuvchi(lar)” yoki “siz”), xizmatimizdan foydalanishingiz bilan qutlaymiz.

Ushbu foydalanish shartlari (“Foydalanish shartlari”) foydalanuvchilarga bu yerda sanab o‘tilgan mahsulotlarimiz va smart qurilmalarimiz (shu jumladan, sizning xohishingizga koʻra moslashtirilgan xizmatlar) (birgalikda, “LGE Xizmati”) bilan bog‘liq holda taqdim etadigan mobil ilovalar va veb-saytlar kabi turli xizmatlardan foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilaydi. Ushbu Foydalanish shartlari, masalan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

• LGE Xizmatidan qanday foydalanishingiz va biz sizga LGE Xizmatini qanday taqdim etishimiz haqida ma'lumotlarni;

• LGE Xizmatidan foydalanishingiz munosabati bilan sizga va LGE uchun qo'llaniladigan huquqlar, majburiyatlar va qoidalarni;

• LGE Xizmatida mavjud bo'lgan kontent va dasturiy ta'minotga nisbatan intellektual mulk huquqlarini; va

• LGE Xizmatidan foydalanishingiz bilan bog’liq boshqa huquqlarni.

LGE Xizmatidan foydalanish uchun siz ushbu Foydalanish qoidalariga rozi bo’lishingiz kerak. Muayyan xizmatlardan foydalanish uchun sizdan ishtirokchi sifatida (“Ishtirokchi (lar)”) hisob qaydnomasini yaratish va kompaniyamiz tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalardan foydalanish talab qilinishi mumkin. Iltimos, ushbu Foydalanish qoidalarini diqqat bilan o’qib chiqing. Shuningdek, LGE Xizmatidan foydalanishdan oldin LGE Xizmatidan foydalanishingizga nisbatan qo’llanilishi mumkin bo’lgan boshqa siyosatlarni, shu jumladan LGE Xizmatida joylashgan Maxfiylik siyosatini diqqat bilan o’rganib chiqishingizni maslahat beramiz. Bu yerda beriladi.

Umuman olganda, ushbu Foydalanish qoidalari LGE Xizmatidan foydalanishingizga nisbatan qo’llaniladi. Ammo ba’zi bir xizmatlardan foydalanishingizga nisbatan, ushbu Shartlarga qo’shimcha ravishda, sizga ma’lum asosiy shartlari ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, LGE Xizmatida tovarlar va xizmatlarni sotib olayotganda, sotib olish shartlari va qoidalar qo’llanilishi mumkin va sizga xaridni yakunlash uchun oqib chiqib va qabul qilish uchun bo’lgan shartlar taqdim etiladi. Ushbu Shartnoma va aniq xizmatning o’ziga xos shartlari o’rtasida biron bir kelishmovchilik yoki nomuvofiqlik bo’lsa, aniq xizmatga tegishli shartlar ustunlik qiladi, va bu faqat ushbu xizmatga nisbatan qo’llaniladi. Bundan tashqari, qo’shimcha siyosat, yo’riqnomalar, qo’llanmalar va eslatmalar muayyan xizmatlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin va biz ushbu xizmatlardan foydalanishdan oldin ularni diqqat bilan o’qib chiqishingizni maslahat beramiz.

1. LGE xizmatlarini etkazib beruvchi

Ushbu Shartlarga muvofiq LGE xizmatini taqdim etish uchun quyidagi tashkilot ushbu Foydalanish qoidalariga bo'ysunadi:

Bu yerda beriladi

2. LGE xizmatidan foydalanish va unga obuna bo'lish

Obuna standarti va tartibi

14 yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganlar LGE Xizmatiga obuna bo'lish so'roviga rad javobi olishi mumkin.

Siz ushbu xizmat ko'rsatish shartlarini o'qib chiqqandan va rozi bo'lganingizdan so'ng LGE Xizmatiga obuna bo'lish uchun murojaat qilishingiz mumkin, va faqat bundan keyin elektron pochtani tasdiqlash jarayoni davom etadi. Muvaffaqiyatli tekshirish va / yoki arizangiz biz tomonidan qabul qilingandan so'ng, sizga LGE Xizmatidagi hisob qaydnomasi ("Hisob qaydnomasi") taqdim etiladi. Siz tizimga birinchi marta kirganingizda yoki LGE xizmatidan foydalanganda haqiqiy ismingizni tasdiqlashni so'rashimiz mumkin.

Ishtirokchi sifatida ro'yxatdan o'tganingizda va Hisob qaydnomasidan foydalanganingizda quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi

• Ro'yxatdan o'tgandan so'ng aniq va to'liq ma'lumotlarni taqdim etish

• Bunday ma'lumotlarga kiritilgan o'zgartirishlarni darhol yangilash

• Hisob qaydnomangizdan foydalanganda parolingiz yo'qolmagan yoki uni boshqa shaxslarga oshkor etmaganingizga ishonch hosil qilish

• Agar sizning Hisob qaydnomangizga avtorizatsiyasiz kirgan bo'lsa, LGE kompaniyasini darhol xabar qiling

Siz o'zingizning Hisob qaydnomangizdan foydalanish, shu jumladan o'z Hisob qaydnomangizni himoya qilish uchun oqilona choralar ko'rish uchun javobgarsiz. O'zingizning harakatlaringiz natijasida yuzaga keladigan har qanday oqibatlar, jumladan parolni boshqarishdagi beparvolik uchun javobgarsiz va LGE bunday oqibatlarga javobgar emas.

Hisob qaydnomasini yaratish bo'yicha arizangizni quyidagi holatlardan birida rad etishimiz mumkin:

• ro'yxatdan o'tish paytida siz noto'g'ri yoki to'liq bo'lmagan ma'lumotni taqdim etganingizda;

• siz LGE xizmatidan tijorat yoki noqonuniy maqsadlarda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tasiz; yoki

• masalan siz bilan bog’liq sabablarga ko’ra siz ushbu Foydalanish shartlarini avvaldan buzganligingiz uchun, biz sizni Ishtirokchi sifatida qabul qila olmaymiz.

Bundan tashqari, Foydalanuvchi Hisob qaydnomasini yaratmagan holda aniq bir bepul kontent yuklay oladi. Ammo buning uchun LGE bunday Foydalanuvchi tegishli kontentni yuklab olish uchun ruxsati bor yoki yo’qliginin aniqlash uchun Foydalanuvchi o’z qurilmasining haqiqiyligini tasdiqlashga roziligini beradi.

Agar siz bitta elektron pochta manzili boʻyicha Xizmatimiz uchun bir nechta hisob qaydnomasiga ega boʻlsangiz, biz istalgan vaqtda va istalgan biznes sababiga koʻra hisob qaydnomalaringizdan birini toʻxtatib qoʻyishimiz yoki oʻchirib tashlashimiz mumkin. Agar hisob qaydnomalaringizdan birini toʻxtatib qoʻysak yoki oʻchirib tashlasak, hisob qaydnomangingizda roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili orqali sizni toʻxtatish yoki oʻchirishdan kamida 30 kun oldin xabardor qilishga harakat qilamiz. Yuqorida aytib oʻtilgan holatda biz toʻxtatilgan yoki oʻchirb tashlangan hisob qaydnomasi uchun Xizmatimizni toʻxtatishimiz mumkin.

3. Foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari

Sizning qonuniy huquqlaringiz

Ushbu Foydalanish qoidalari (1) ma'lum bir xizmat ko'rsatish huquqi va (2) yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda sizni qonuniy huquqlaringizni cheklab qo'ymasligi yoki mahrum qilmasligi kerak. Masalan, siz LGE Xizmati orqali mahsulot sotib oladigan iste'molchisiz, va siz amaldagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga  binoan sizga berilgan barcha huquqlardan foydalanishingiz mumkin.

Sizning majburiyatlaringiz

LGE Xizmatidan foydalanganda siz quyidagilarga amal qilishingiz shart:

• ushbu Foydalanish qoidalariga va amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

• boshqa shaxslarning huquqlarini, jumladan shaxsiy ma'lumotlarga, shaxsiy hayotga va intellektual mulkka bo'lgan shaxsiy huquqlarni hurmat qilish;

• boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, obro'sizlantiruvchi yoki biron bir boshqa shaxsning manfaatlari, shu jumladan LGE manfaatlariga zarar etkazadigan harakatlardan saqlanish; va

• LGE Xizmatidan noto'g'ri foydalanish, LGE Xizmatiga aralashish, LGE Xizmatini to'xtatib turish yoki shikastlanishiga olib keladigan harakatlardan saqlanish.

LGE kompaniyasi barcha Foydalanuvchilarning xavfsizligini ta'minlash va Foydalanuvchilarga LGE Xizmatiga bepul kirishni ta'minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Shu maqsadda, iltimos, LGE xizmati yoki LGE xizmati orqali taqdim etilgan kontentni ("LGE kontenti") quyidagi usullardan birortasida ishlatmang, masalan:

• LGE ning Xizmat yoki Kontentining dastlabki kodi yoki ishlash algoritmini bilib olish orqali, masalan, dasturiy ta'minotni qayta loyihalash orqali;

• LGE Xizmati yoki Kontentining ba'zi funksiyalarini o'zboshimchalik bilan o'zgartirishi yoki o'chirilishi orqali;

• LGE Xizmati va Kontenti asosida hosila ishlarni yaratish orgali;

• LGE Xizmati va Kontentidan foydalangan holda ijaraga berish, sublitsensiyalash yoki xosting kabi xizmatlarda ishtirok etish orqali;

• LGE Xizmati va Kontentidan foydalanish munosabati bilan intellektual mulk, shu jumladan boshqa shaxslarning mualliflik huquqlari, shu jumladan LGE huquqlari buzilishi orqali;

• LGE Xizmati va Kontentidan noqonuniy maqsadlarda yoki noqonuniy usullar bilan ushbu Foydalanish qoidalari yoki amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarini buzgan holda foydalanish orqali;

• LGE Xizmati va Kontentini qasddan yoki zarar etkazuvchi (masalan, dushmanlik dasturiy kodlarini buzish yoki tarqatish, shu jumladan viruslar va har qanday zararli ma'lumotlarni) usulda ishlatish orqali;

• LGE Xizmati va Kontentini boshqa foydalanuvchilarga xalaqit beradigan, LGE Xizmatiga zarar etkazadigan, LGE Xizmatiga haddan tashqari yuklaydigan yoki uni ishdan chiqaradigan yoki xavfsizlik tahdidlariga nisbatan zaifligini oshiradigan tarzda ishlatish orqali; yoki

• LGE Xizmati va uning Serverlari o’rtasida uzatiladigan signallarni dekodlashga yoki LGE xizmati yoki uning tizimidan ma’lumotlar yoki axbotorlarni to’plashga urinishlar orqali.

Agar siz yuqoridagi majburiyatlarga rioya qilmasangiz, biz LGE Xizmatiga kirishni belgilangan muddatga to’xtatib qo’yishimiz mumkin. Bunday holda, biz sizning majburiyatlaringizni bajarmaganligingizni isbotlashimiz shart; ammo, agar siz bunday qilishni istamaganligingizni isbot qilsangiz, biz kirishni ta’qiqlash funksiyasinin bekor qilamiz. Agar shu kabi kirishni ta’qiqlashgacha olib kelgan qonunbuzarlikni maqbul vaqt oralig’ida bartaraf etilmasangiz, biz sizning Hisob qaydnomangizni bekor qilamiz.

Sizning javobgarligingiz

Qonunda ruxsat etilgan darajada, siz tomondan ushbu Foydalanish shartlarini, amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarini buzish, LGE Xizmati va O’zga xizmatlardan foydalanish orqali kelib chiqqan har qanday shikoyatlardan kompaniyamizni, direktorlarni, xodimlarni, javobgar shaxslarni, affillangan shaxslarni va agentlarni himoya qilashga va javobgarlikdan ozod qilashga rozilik bildirasiz (quyidagida ko’rsatilgandek).

4. Litsenziya

LGE Xizmatidan foydalanish uchun Litsenziya

LGE kompaniyasi sizga LGE Xizmatidan bemalol foydalanishingiz uchun litsenziya taqdim etadi. Ammo litsenziya cheklangan, o’zga shaxslarga berilmaydigan, bekor qilinadigan va eksklyuziv bo’lmagan asosda beriladi va siz faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda LGE Xizmati va Kontentidan foydalanishingiz mumkin. Ushbu litsenziya LGE Xizmati va Kontentini ta’minlash uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minot va boshqa ma’lumotlarni, shuningdek tegishli yangilanishlarni, yangilanishlarni, takomillashtirishlarni, o’zgarishlarni va qo’shimchalarni o’z ichiga oladi. Agar siz ushbu Foydalanish shartlarini qabul qilsangiz, sizga LGE Xizmati va Kontentidan foydalanish uchun litsenziya taqdim etiladi, faqat ushbu Qoidalarda bayon etilgan shartlarga va amaldagi so’nggi foydalanuvchi bilan litsenziya shartnomasiga (“OFBLSh”) muvofiq, LGE Kontentiga nisbatan qo’llaniladi, agar shu kabilar mavjud bo’lsa. Siz ushbu hujjatda yoki aamaldagi so’nggi foydalanuvchi bilan litsenziya shartnomasida aniq ko’rsatilgan hollardan tashqari, siz biron bir intellektual mulk huquqiga yoki LGE Xizmati va  Kontenti bilan bog’liq boshqa mulkiy huquqlarga ega bo’lmaysiz. Bundan tashqari, litsenziyaning tafsilotlari va hajmi, shu jumladan litsenziyaning ta’sir etish maydoni, mamlakat, qurilmangiz va operatsion tizimingiz turiga, LGE va uning sheriklarining ichki siyosatiga va boshqa operatsion yoki texnik talablarga qarab farq qilishi mumkin. Siz yuklab olgan LGE Kontenti va ​​mobil qurilmangizning o’zaro aloqasi yo’qligi yoki qurilmangiz haqidagi ma’lumotni noto’g’ri kiritganingiz uchun etkazilgan zarar uchun biz sizga javobgar emasligimizga rozilik bildirasiz.

Foydalanuvchi kontentga litsenziya

Muayyan LGE Xizmatlarida sizga mualliflik huquqi tegishli bo’lgan hollarda siz fikr-mulohazalaringizni, nashrlarni, fotosuratlar, xabarlar, hujjatlar va boshqa kontentlarni (“Foydalanuvchi kontent”) yuklab olishingiz, yuborishingiz, saqlashingiz, uzatishingiz, qabul qilishingiz yoki ular bilan bo’lishishingiz mumkin. Siz Foydalanuvchi kontentdagi mualliflik huquqiga egasiz va siz bunday kontentni LGE xizmatiga taqdim qilishingiz shart emas. Foydalanuvchi kontentining aniqligi yoki to’liqligi to’g’risida hech qanday bayonot yoki kafolat bermaymiz.

Foydalanuvchi kontentini LGE xizmatiga yuklash yoki joylashtirish orqali LGE Xizmatining ishlashi, ilgari surishi va takomillashtirish uchun zarur bo’lgan darajada Foydalanuvchi kontentida nusxa ko’chirish, tahrirlash, tarqatish, raqamlash, nashr etish, havola qilish hosila ishlarni o’zgartirish va yaratish uchun siz LGE ga global, yagona bo’lmagan, bepul, bekor qilinadigan, o’tkazib beriladigan va  sublitsenziyalanadigan litsenziyani taqdim etasiz.

Bundan tashqari, LGE kompaniyasi ushbu sublitsenziyani quyidagi shaxslarga taqdim etishi mumkin:

- LGE Xizmati dastlabki dizaynga muvofiq ishlashini ta'minlash uchun boshqa Foydalanuvchilarga (masalan, tanlangan shaxslar bilan xabar almashish uchun); yoki

- Ushbu Foydalanish shartlariga muvofiq LGE kompaniyasiga Xizmatni cheklangan maqsad bilan taqdim etishga ruxsat berib, LGE kompaniyasi bilan shartnomaviy aloqaga ega xizmat ko’rsatuvchi begona ta’minotchilarga.

Yuqorida aytilganlarga qaramay, LGE kompaniyasi faqat amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarda ruxsat berilgan darajada Foydalanuvchi kontent litsenziyasiga ega va bu cheklovdan tashqari hech qanday huquqlarga ega emas.

5. LGE xizmatidan foydalanishni cheklash va Foydalanuvchi kontentini o'chirish

Muammolar yuzaga kelganda mumkin bo'lgan choralar

Quyidagi holatlarning har birida, biz LGE Xizmatidan foydalanishni to'xtatib qo'yish yoki bekor qilish, shuningdek sizning Hisob qaydnomangizni yoki Foydalanuvchi kontentni bekor qilish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz:

• agar siz yoki sizning Foydalanuvchi kontentingiz ushbu Foydalanish qidalarini, LGE xizmatidan foydalanishda qo'shimcha shartlarni, boshqa LGE siyosatini yoki amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarini jiddiy ravishda yoki bir necha bor buzsa;

• agar siz ushbu Foydalanish qoidalari va LGE xizmatidan foydalanishingizga nisbatan qo'shimcha shartlarga rioya qilmoqchi emasligingizni aniq ko'rsatsangiz;

• zarur bo'lsa, qonuniy majburiyatlarga amal qilish yoki sud qarorlarining ijro etish;

• agar sizning xulq-atvoringiz yoki Foydalanuvchi kontentingiz boshqalarga, shu jumladan boshqa foydalanuvchilarga va LGE kompaniyasi tomonidan zarar yoki javobgarlikka olib keladi deb taxmin qilinsa (masalan, xakerlik, fishing, hiyla-nayrang, spam, noto'g'ri xatti-harakatlar, soxta ma'lumotlar, boshqalarning shaxsiy ma'lumotlariga kirish, Foydalanuvchiga tegishli bo'lmagan tuhmat yoki tarkibiy qismining ruxsatsiz namoyishi); yoki

• agar siz LGE kompaniyasining kontentni joylashtirish bo'yicha batafsil ko'rsatmalarini buzsangiz.

Habarnomalar

Agar biz buni oqilona deb hisoblasak, aniqlangan muammoni hal qilish uchun yuqoridagi choralarni ko'rmasdan oldin bunday harakatlarning sabablari to'g'risida sizga xabar beramiz. Biroq, biz sizni xabardor qilmaslikka qaror qilishimiz mumkin, agar habarnoma:

• boshqa Foydalanuvchilar, uchinchi shaxslar yoki LGE kompaniyasi tomonidan zarar yoki javobgarlikka olib kelishi mumkin bo'lsa;

• amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarini yoki tartibga soluvchi organning qarorlarini buzish mumkin bo'lsa;

• nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga xalaqit berish mumkin bo'lsa; yoki

• LGE Xizmatining ishlashi, yaxlitligi yoki xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa.

Foydalanishni cheklash kabi choralar bo’yicha Foydalanuvchilarning javobgarligi

LGE kompaniyasi emas, balki tegishli Foydalanuvchi, ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq chora ko’rish natijasida yuzaga keladigan har qanday ziyon va yo’qotish (shu jumladan ma’lumotlar va kontentga nisbatan), ushbu Foydalanish qoidlariga muvofiq ko’rilgan choralar natijasida, masalan LGE xizmatidan foydalanishni cheklash yoki Hisob qaydnomalarining faoliyati to’xtatilishiga javob beradi. Ma’lumotlarning yo’qolishining oldini olish uchun LGE Xizmati orqali saqlanadigan ma’lumotlar va kontentlarni boshqa joylarda saqlang, masalan, onlayn zaxira xizmatlari yordamida zaxira nusxa ko’chirish yoki zaxiraviy nusxa ko’chirishlar yarating.

6. LGE Xizmatini o'zgartirish, to'xtatib turish va tugatish

LGE Xizmatining o'zgarishi

Biz vaqti-vaqti bilan LGE Xizmatini quyidagicha o'zgartirishimiz mumkin:

• LGE Xizmatining elementlarini yoki funktsiyalarini o'zgartirish, qo'shish yoki o'chirish, masalan, funktsiyalarni yaxshilash, operatsion xavfsizligini ta'minlash, xatolarni tuzatish va Xizmatning ishlashini yaxshilash;

• LGE Xizmatini to'xtatib qo'yish yoki undan foydalanishni yoki unga kirishni cheklash, shu jumladan Hisob qaydnomalariga kirishni ham;

• tekshirish, belgilash, o'zgartirish, joylashtirishni rad qilish, LGE kontentiga kirishni blokirovka qilish yoki biron bir LGE kontentini ogohlantirishsiz yoki javobgarlikka tortmasdan o'chirib tashlash; yoki

• Agar LGE shartnoma majburiyatlari, qonun hujjatlaridagi o'zgarishlar, sud qarorlari yoki boshqa sabablar natijasida, o'z ixtiyoriga ko'ra bunday harakatni zarur deb topsa, LGE Kontentiga kirishni taqiqlash, sizning qurilmangizga LGE Xizmatidan ilgari yuklab olingan har qanday LGE Kontentini bloklash yoki masofadan turib o'zgartirish.

Agar LGE kompaniyasi har qanday LGE kontentini o'chirib tashlasa, unga kirishni taqialasa yoki boshqa yo'l bilan sizning kirishingizni to'sib qo'ysa, siz tegishli LGE Kontent ta'minotchisiga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.

LGE Xizmat faoliyatini to'xtatib qo'yish va tugatish

LGE kompaniyasi har qanday vaqtda quyida keltirilgan hollarda LGE Xizmat faoliyatini to'liq yoki qisman to'xtatib qo'yishi yoki tugatishi mumkin:

• LGE Xizmatini ishlashi yoki takomillashtirish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq majburiyatlarni bajarish uchun;

• agar LGE kompaniyasining biznes sheriklari unga LGE Xizmatining  elementlarini taqdim etayotgan bo'lsa, LGE Xizmatining bunday elementlarini to'liq yoki qisman berishni to'xtatishga qaror qilishsa; yoki

• axborot va aloqa vositalariga (masalan, kompyuterlar, serverlar va telekommunikatsiya tarmoqlari) texnik xizmat ko'rsatish, tekshirish, almashtirish yoki ishdan chiqarish, trafikning oshishi, aloqa uzilishlari va LGE Xizmatini davom ettirishni qiyinlashtiradigan boshqa oqilona asoslar bo'lsa.

• LGE istalgan vaqtda va har qanday biznes sababiga koʻra LGE xizmatini toʻliq yoki bir qismini toʻxtatishi yoki tugatishi yoki toʻxtatish yoki tugatishdan kamida 30 kun oldin sizga yozma ravishda oldindan xabar berishi mumkin.

O’zgartirish, to’xtatib turish yoki faoliyatini tugatish holatlarida xabarnomalar, kompensatsiya va javobgarlik

LGE Xizmatidan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatadigan muhim o’zgarishlar, to’xtatib turish va tugatish to’g’risidagi ma’lumotlar Foydalanuvchilarga oldindan Hisob qaydnomasida ro’yxatdan o’tgan elektron pochta orqali yoki boshqa maqbul vositalar orqali, shu jumladan LGE Xizmatiga joylashtirish orqali taqdim etiladi. Ammo, agar oldindan ogohlantirish maqsadga muvofiq emas deb topilsa yoki Foydalanuvchilar uchun foydali yoki qonun tomonidan talab qilinadigan funktsiyalar bajarilgandan so’ng, o’zgarishlar oldindan ogohlantirmasdan darhol kuchga kiradi.

Amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarda boshqa narsa talab qilinmasa, Foydalanuvchilar LGE Xizmatining to’liq yoki qisman o’zgarishi, to’xtatilishi yoki tugatilishi uchun kompensatsiya olishga haqli emas.

Ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq Foydalanuvchi va LGE kompaniyasining huquqlari va majburiyatlari LGE xizmati yoki Foydalanuvchining Hisob qaydnomasii to’xtatilganidan keyin kuchda ega bo’lib qolaveradi.

7. LGE kompaniyasining kafolatlari va javobgarligi

Javobgarligi

Amaldagi qonunchilik tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajada, LGE kompaniyasi, uning direktorlari, mansabdor shaxslar, hodimlar, afillangan shaxslar, agentlar, pudratchilar, rahbarlar yoki litsenziarlar hech qanday sharoitda tasodifiy, bilvosita, maxsus yoki jarima zararlarini yoki axborotlar yoki ma’lumotlarning yo’qolishi, litsenziya bilan bog’liq yoki ilovadan foydalanish natijasida kelib chiqqan boshqa moliyaviy yo’qotishlar yoki daromad va biznesni yo’qotishda, hatto shartnoma, delikt (shu jumladan, beparvolik) asosida, mahsulotning qat’iy javobgarligi yoki boshqa sabablar bilan, hatto ilova ta’minotchisi bunday zarar etkazilishi mumkinligi to’g’risida xabardor qilingan bo’lsa ham va hatto biron bir cheklangan chora o’zining asosiy maqsadiga erisha olmagan deb hisoblansa ham,  javobgar emas. Amaldagi qonun tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajada, LGE kompaniyasi hech qanday sharoitda siz yoki biron-bir uchinchi tomon oldida har qanday ochiq manbali dastur yoki dasturiy ta’minotdan kelib chiqadigan to’g’ridan-to’g’ri, jarima, tasodifiy, maxsus yoki bilvosita zarar uchun javobgar bo’lmaydi, hatto LGE kompaniyasiga bunday zararlar yoki yo’qotishlar haqida xabar berilgan bo’lsa ham.

LGE Xizmati va kontentidan foydalanish uchun Internetga kirish talab qilinishi mumkin. E’tibor bering, sizning telekommunikatsion xizmatingiz rejasiga qarab Internetga kirish uchun to’lov olinishi mumkin. Biz Internet xizmatining ulanishi yoki tezligi uchun javobgar emasmiz.

Kafolatlar

LGE Xizmatiga nisbatan LGE kompaniyasi kafolati (shu jumladan kontent, LGE xizmatining funktsiyalari, ishonchlilik, mavjudlik va Foydalanuvchining qoniqishi) va LGE kontenti (1) LGE Xizmati va Kontenti siz tomondan foydalanilishi uchun ushbu Foydalanish shartlari va qo’shimcha shartlar bilan bog’liq savollar bilan, yoki (2) amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlar tomonidan ruxsat berilgan hajmda cheklanadi. LGE Xizmati va Kontentiga nisbatan hech qanday boshqa kafolatlar taqdim etilmaydi. Xususan, LGE Xizmati va tarkibiga ulangan aqlli qurilma LGE Xizmatidan uzilib qolishi yoki tarmoqqa ulanishning sustligi yoki LGE Xizmatini yangilash sababli ishlamay qolishi mumkin.

Amaldagi qonun tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajada, LGE Xizmati va Kontenti “qanday bo’lsa” yoki “mavjudligi bo’yicha” va aniq ta’riflangan yoki ko’zda tutilgan har qanday kafolatlarsiz, shu jumladan, cheklanmagan holda, savdo maqsadiga muvofiqligi, sifatli xizmat ko’rsatish, qurilmalardan mohirona foydalanish, muayyan maqsadga yaroqliligi, yaxlitligi, talablarga muvofiqligi, viruslardan xoli, tinch muhit va LGE Xizmati va Kontenti bilan bog’liq hech qanday qonunbuzarliklar mavjud emas.

Shuni yodda tutingki, ba’zi bir yurisdiktsiyalarda ko’zda tutilgan kafolatlar, muddatlar yoki shartlarni chiqarib tashlash yoki cheklashga yoki tasodifiy yoki bilvosita zararlarni cheklashga yo’l qo’ymaydi, shuning uchun yuqoridagi ko’rsatilgan cheklovlar va istisnolar sizga nisbatan qo’llanilishi mumkin. O’zingizning qonuniy huquqlaringiz to’g’risida ko’proq ma’lumot olish uchun mahalliy hokimiyat, savdo standartlari bo’limiga, fuqarolarning maslahat byurosiga yoki shunga o’xshash organga murojaat qiling.

8. Begona xizmat

Biz LGE Xizmati orqali foydali kontentni taqdim etish uchun xalqaro biznes sheriklar bilan ishlaymiz. LGE Xizmati kontentni (masalan, ma’lumotlarni, havolalar va reklama kabilarni), uchinchi tomondan (“Begona xizmat”) taqdim etilgan mahsulotlar, xizmatlar, ilovalar va boshqa materiallarni o’z ichiga olishi mumkin. Begona xizmat orqali siz turli xil imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin. Biroq, biz bunday xizmatni nazorat qilmaymiz va shunga mos ravishda Begona xizmatidan foydalanish bilan bog’liq har qanday zarar yoki yo’qotish uchun javobgar emasmiz. Biz Begona xizmati haqida hech qanday bayonot yoki kafolat bermaymiz va bu uchun javobgar emasmiz. Siz Begona xizmatidan foydalanishingiz faqat o’zingizning xavf-xataringiz va o’z zimmangizga tegishli ekanligiga rozilik bildirasiz va biz Begona xizmatidan foydalanish natijasida yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javobgar emasmiz.

9. Reklama

Biz turli xil LGE Xizmatlarini bepul taqdim etamiz va shu maqsadda ba’zi LGE Xizmatlari ba’zi Foydalanuvchilarning xohishiga qarab taqdim etilishi mumkin bo’lgan (moslashtirilgan) reklamalarni o’z ichiga olishi mumkin. LGE Xizmati biz yoki uchinchi tomondan taqdim etilgan reklama va marketing ma’lumotlarini o’z ichiga olishi mumkin, va uchinchi tomon reklama beruvchilari tomonidan taqdim etilgan bunday reklama va marketing ma’lumotlari bo’yicha biz uning foydaliligi, aniqligi yoki to’liqligini nazorat qila olmaymiz. Shunga ko’ra, biz javobgar bo’lgan holatlar bundan mustasno, siz va bunday reklama beruvchilar o’rtasidagi bunday reklama, ma’lumot yoki bitim natijasida yuzaga keladigan har qanday javobgarlik, shu jumladan bunday reklamaga ishonishingiz natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar uchun biz javobgar emasmiz.

10. Nizolarni hal qilish tartibi

Mahalliy qonunlarda taqiqlangan hollar bundan mustasno, ushbu Foydalanish qoidalari bilan bog’liq yoki u bilan bog’liq har qanday nizo, shu jumladan ularning mavjudligi, amal qilish muddati yoki tugatilishi bilan bog’liq har qanday masala arbitraj sudi tomonidan hal qilinadi (i) Koreya Savdo Arbitraj Kengashining qoidalariga muvofiq (qoidalar ushbu bandga havolalar bilan kiritilgan deb hisoblanadi), (ii) bitta arbitr bilan, (iii) hakamlik sudining joyi yoki yuridik joyi – Seul, Koreya Respublikasida joylashgan, (iv) arbitraj sud jarayonining tili – ingliz tili, va (v) shartnoma Koreya Respublikasining amaldagi qonunlari bilan tartibga solinadi.

Arbitraj nizolarni hal qilishning qonuniy va samarali vositasi bo’lishi uchun mahalliy qonunchilik tomonidan talab qilinadigan darajada, shu jumladan iste’molchiga nisbatan, yuqorida (i) bandda ko’rsatilgan Koreya savdo arbitraj kengashining qoidalariga havola eng muhim qoidalarga havola hisoblanadi. Sizning davlatingizdagi hakamlik organi (“Mahalliy arbitraj qoidalari”) va yuqorida (iii) paragrafda Seulga (Koreya Respublikasiga) havola sizning davlatingiz poytaxtiga havola bo’lib hisoblanadi.

Siz biz bilan nizolarni har qanday taxmin qilingan sinf yoki vakillik harakatlarida faqat da’vogar yoki guruh a’zosi sifatida emas, balki individual ravishda ham hal qilishingiz mumkin.

11. Ushbu Foydalanish qoidalariga o’zgartirishlar kiritish

LGE kompaniyasi vaqti-vaqti bilan amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlar tomonidan ruxsat berilgan darajada LGE Xizmatidan foydalanishingizga nisbatan qo’llaniladigan qo’shimcha Foydalanish qoidalariga va qo’shimcha shartlarga o’zgartirish kiritishi mumkin.

O’zgartirilgan Foydalanish qoidalari kuchga kirgandan keyin LGE Xizmatidan foydalanishingiz bunday o’zgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi. Siz ushbu Foydalanish qoidalariga roziligingizni istalgan paytda istalgan vaqtda o’z hisobingizni bekor qilish orqali bekor qilishingiz mumkin, shundan so’ng siz o’zgartirilgan shartlarga duch kelmaysiz.

12. Umumiy savollar

• Siz ushbu Foydalanish shartlari bilan cheklanmaydigan ma'lum bir qonuniy huquqlardan foydalanyapsiz. Ushbu Foydalanish qoidalaridagi hech narsa bunday qonuniy huquqlarni cheklamaydi.

• Ushbu foydalanish qoidalari siz va LGE kompaniyasi o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Agar siz va LGE kompaniyasi o'rtasidagi munosabatlardan uchinchi tomon foydalansa ham, ushbu uchinchi tomon hech qanday qonuniy huquqlarga ega emas.

• Ushbu Foydalanish qoidalari va xizmatga tegishli qo'shimcha shartlar o'rtasida ziddiyat yuzaga kelsa, sizning LGE Xizmatidan foydalanishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan qo'shimcha shartlar tegishli LGE Xizmatiga nisbatan qo'llaniladi.

• Agar ushbu Foydalanish qoidalarining biron bir qoidasi yaroqsiz bo'lsa, noqonuniy yoki ijroga yaroqsiz bo'lsa, bu hech qanday holatda qolgan biron-bir qoidalarning haqiqiyligi, qonuniyligi yoki majburiyligini buzmaydi.

• Ushbu Foydalanish qoidalari (shu jumladan barcha kiritilgan yoki eslatib o'tilgan hujjatlar) siz va bizning kompaniyamiz o'rtasidagi to'liq kelishuvni aks ettiradi va barcha oldingi kelishuvlarning shartlaridan qat'i nazar, yozma yoki og'zaki bo'lgan barcha kelishuvlarni almashtiradi. Agar biz ushbu Foydalanish shartlarining biron bir huquqini yoki qoidalarini bajara olmasak, bunday rad javobi bunday huquq yoki qoidadan voz kechishni anglatmaydi.

• Sizga LGE Xizmatini taqdim etish jarayonida biz sizga LGE Xizmatidagi bildirishnomalar orqali yoki pochta, elektron pochta, SMS, MMS va boshqalar orqali turli xil ma'lumotlarni taqdim etishimiz mumkin. Ammo, agar siz bunday ma'lumotni olishni xohlamasligingizni aniq ko'rsatsangiz, siz bundan buyon uni olmaysiz va LGE bunday rad etish natijasida etkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi.

• Ushbu Foydalanish qoidalarining har qanday tarjimasi mahalliy talablarga javob beradi va ingliz tilidagi nusxasi va ingliz tilidan boshqa tilga tarjima o'rtasida tafovut bo'lsa, ushbu Foydalanish shartlarining ingliz tilidagi nusxasi sizning mahalliy qonunlaringizda taqiqlanmagan darajada ustunlik qiladi.

• Biz ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq har qanday yoki barcha huquqlarimizni va majburiyatlarimizni har qanday kompaniya, firma yoki jismoniy shaxsga berishimiz, subpudrat shartnomasinin tuzishimiz yoki boshqa yo'l bilan berishimiz mumkin. Agar biz ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq sizning huquqlaringizga jiddiy ta'sir qilmasa, biz buni amalga oshirishimiz mumkin. Agar siz LGE kompaniyasiga yozma ravishda so'rov yubormasangiz va tomonlar rozi bo'lmasa, ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq huquqlaringiz yoki majburiyatlaringizni boshqalarga berishingiz, subpudrat shartnomasini tuzishingiz yoki boshqacha tarzda o'tkazishingiz mumkin emas.

• Biz ushbu Foydalanish shartlari bo'yicha majburiyatlarimizning bir qismini kechikishi yoki bajarmaganligi uchun javobgar emasmiz ("Fors Major"), xususan (lekin cheklanmagan) (a) harakatlar , har qanday hukumatning farmonlari, qonunlari, qarorlari yoki cheklovlari bilan; (b) davlat yoki xususiy telekommunikatsiya tarmoqlarining mavjud emasligi; yoki (c) ish tashlashlar, blokirovkalar yoki boshqa zarbalar, fuqarolik tartibsizliklari, tartibsizliklar, bosqinchilik, terrorchilik hujumlari yoki yoki terrorchilik hujumlari tahdidlari, urush (e'lon qilingan yoki e'lon qilinmagan) yoki tabiiy ofatlar. Ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq majburiyatlarimizning bajarilishi fors-major davrida to'xtatib qo'yilgan deb hisoblanadi va majburiyatlarni bajarish muddati ushbu fors-major holatlari davomida uzaytiriladi. Biz fors-major holatlarini tugatish yoki ushbu Foydalanish qoidalari bo'yicha majburiyatlarimizni fors-major holatlariga qaramay bajarilishi mumkin bo'lgan echimni topish uchun o'zimizning oqilona harakatlarimizdan foydalanamiz.

• Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati tomonidan litsenziyalangan yoki ishlatilgan: Agar LGE Xizmati AQSh hukumati tomonidan ishlatilsa yoki litsenziyalangan bo'lsa, quyidagi shartlar qo'llaniladi: Ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq litsenziyalangan LGE Xizmati "tijorat kompyuter dasturi ta'minoti" dir, unda ushbu termin Federal normativ aktlar to'plamining 48-bo'limda ifodalangan AQSh 252.227-7014 (a) (1). Agar fuqarolik korxonasi tomonidan yoki uning nomidan sotib olingan bo'lsa, AQSh hukumati ushbu tijorat dasturiy ta'minotini va / yoki tijorat dasturiy hujjatlarini sotib oladi Federal normativ aktlar to'plamining 48-bo'limda ko'rsatilganidek, AQSh 12.212 (Kompyuter dasturiy ta'minoti) va Federal normativ aktlar to'plamining 48-bo'limda AQSh 12.211 (Texnik ma'lumotlar) Xarid qilishning Federal qoidalalari (keyingi o'rinlarda "XQFQ") va tegishli keyingi nashrlarda. Agar Mudofaa vazirligining (keyingi o'rinlarda "MV") biron bir agentligi tomonidan sotib olingan bo'lsa, AQSh hukumati ushbu tijorat dasturini va / yoki tijorat dasturiy ta'minotini ushbu Federal normativ aktlar to'plamining 48-bo'limda ko'rsatilganidek, AQSh 227.7202-3  ushbu Foydalanish qoidalariga muvofiq sotib oladi, MV XQFQ (bundan keyin - "MVXQFQ") va tegishli keyingi nashrlarda.

• Eksportni cheklash: Siz Amerika Qo'shma Shtatlarining amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlariga zid ravishda (ruxsat berilgan darajada) biron bir LGE Xizmatini yoki unga tegishli hujjatlarni (yoki ularning har qanday nusxalarini) eksport qilmaslikka yoki qayta eksport qilmaslikka rozilik bildirasiz. Siz barcha AQSh va xalqaro eksport qonunlari va qoidalariga rioya qilishga rozilik bildirasiz. Ushbu qonunlar yo'nalishlar bo'yicha cheklovlarni, oxirgi foydalanuvchilarni va oxirgi foydalanishni o'z ichiga oladi. Siz AQSh yoki boshqa amaldagi eksport qonunlari bo'yicha eksport tovarlari yoki xizmatlarini sizga qabul qilish taqiqlanmaganligini bildirasiz va kafolat berasiz.

 

Ushbu Foydalanish qoidalari 27 / 06 / 2022 dan kuchga kiradi.

 

Ilova: LGE Xizmatining qo'shimcha shartlari

 

A. ILOVAGA LITSENZION SHARTNOMA

QUYIDAGI FOYDALANISH SHARTLARI VA QOIDALARI LGE XIZMATIDAN ("ILOVA" NING HAR BIRIDAN) YUKLAB OLINGAN SIZ ISHLATADIGAN HAR BIR ILOVALARGA QO'LLANILADI VA FOYDALANISH QOIDALARI BILAN TO'LDIRILADI. HAR QANDAY ILOVADAN FOYDALANISHDAN OLDIN USHBU SHARTNOMANI SINCHKLAB O'QIB CHIQING.

 

Siz ushbu Shartnoma bo'yicha berilgan litsenziya sizga LG Electronics, Inc. ("LGE") tomonidan emas, balki Ilova ta'minotchisi ("Ilova ta'minotchisi") tomonidan berilganligini tan olasiz. Agar ilova ta'minotchisi oxirgi foydalanuvchi oxirgi foydalanuvchi bilan litsenziya shartnoma ("OFBLSh") ilovasi  bilan ta'minlasa, bu shartlar ushbu Ilovaga litsenziya shartnomasiga qo'shimcha bo'ladi. Siz va Ilova ta'minotchisi o'rtasidagi munosabatlarda, ushbu OFBLSh-dagi har qanday qo'shimcha yoki har xil shartlar ushbu Ilovaga Litsenziya Shartnomasi shartlaridan ustundir.

 

Siz LGE kompaniyasi ushbu Ilovaga Litsenziya Shartnomasiga va agar mavjud bo'lsa, har qanday OFBLSh uchun begona benefitsiar ekanligini tan olasiz va bunga rozilik bildirasiz. Siz LGE kompaniyasi ushbu shartnomalarga muvofiq begona benefitsiar sifatida sizga qarshi bunday litsenziyani qo'llash huquqiga ega bo'lishiga rozilik bildirasiz (va shu huquqni qabul qilgan deb hisoblaydi).

 

1. Litsenziyaning berilishi: Ilova ta'minotchisi sizga LGE kompaniyasi va / yoki uning filiallari tomonidan ishlab chiqarilgan har qanday mobil qurilmada ("LGE Mobile qurilma") va LGE dan foydalanish shartlarida belgilangan Ilovadan foydalanish uchun cheklangan, boshqa shaxslarga berolmaydigan litsenziyani taqdim etadi. Siz Ilovani ijaraga berolmaysiz, qarzga berolmaysiz, sotolmaysiz, yoki sublitsenziya shartlari asosida tarqatolmaysiz. Siz texnologiyani fosh qilishni amalga oshirishga, Ilovani dekompilyatsiya qilish yoki ochish huquqiga ega emassiz, albatta, amaldagi qonunchilik tomonidan aniq ruxsat berilgan hollar bundan mustasno. Buni amalga oshirishga bo'lgan har qanday urinish Ilovan ta'minotchisi huquqlarining buzilishi hisoblanadi. Agar siz ushbu cheklovni buzsangiz, siz javobgarlikka tortilishingiz va bundan zarar ko'rishingiz mumkin. Litsenziya shartlari Ilovalar ta'minotchisi tomonidan taqdim etilgan dastlabki Ilovani almashtiradigan va / yoki to'ldiradigan har qanday yangilanishlarni boshqaradi, agar bunday yangilanish alohida litsenziyaga ega bo'lmasa, bunday litsenziyaning shartlari ustunlik qiladi. Ilovalar ta'minotchisi ushbu Ilovaga Litsenziya Shartnomasi asosida sizga aniq berilmagan barcha huquqlarni o'zida saqlab qoladi.

 

2. Ma'lumotlardan foydalanishga rozilik: Siz Ilova ta'minotchisi har qanday usulda to'plangan texnik va boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni, ilova bilan bog'liq mahsulotni qo'llab-quvvatlash xizmatlarining bir qismi sifatida to'plashi va ishlatishiga rozilik bildirasiz. Ilova ta'minotchisi ushbu ma'lumotdan faqat o'z mahsulotlarini yaxshilash yoki sizga moslashtirilgan xizmatlar yoki texnologiyalarni taqdim qilish uchun foydalanishi mumkin. Ilova ta'minotchisi ushbu ma'lumotlarni boshqalarga oshkor qilishi mumkin, ammo sizni shaxsan aniqlaydigan shaklda emas. Ilova ta'minotchisining shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish faoliyati ushbu Ilova hajmiga kirmaydi va LGE kompaniyasi ilova ta'minotchisining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish to'g'risidagi amaldagi qonunlarga muvofiqligi uchun javobgar bo'lmaydi.

3. Amal qilish muddatini to'xtatish: Litsenziya siz yoki Ilova ta'minotchisi tomonidan to'xtatilgunga qadar amal qiladi. Agar ushbu litsenziyaning shartlariga rioya qilmasangiz, ushbu litsenziyaga nisbatan sizning huquqlaringiz Ilova ta'minotchisi tomonidan ogohlantirmasdan avtomatik ravishda bekor qilinadi. Litsenziyangiz muddati tugaganidan so'ng, siz Ilovadan to'liq foydalanishni to'xtatishingiz va barcha nusxalarni, shu jumladan boshqa hujjatlarni ham to'liq yoki qisman yo'q qilishingiz kerak.

 

4. Begona materiallar; Nomaqbul kontent: ayrim Ilovalar mahsulotlarga, xizmatlarga, veb-kontentlarga yoki boshqa begona materiallarga kirish huquqini taqdim qilishi mumkin va LGE kompaniyasi bunday begona (chetki) kontentlar uchun javobgar emasligini tushunasiz, tan olasiz va rozilik bildirasiz. Siz LGE kompaniyasi begona kontentni o'rganish yoki baholash yoki bunday kontentning aniqligi uchun javobgar emasligiga rozilik bildirasiz. LGE kompaniyasi bunday begona kontentga nisbatan hech qanday bayonot yoki kafolat bermaydi va u uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

 

Siz LGE Xizmatidan Ilovalani ochish va yuklab olish paytida siz uchun odobsiz, haqoratli yoki nomaqbul deb topishingiz mumkin bo'lgan materialga duch kelishingizni va bunday material haqida oldindan ogohlantirilmasligingizni tushunasiz, tan olasiz va rozi bo'lasiz. Siz barcha Ilovalarni yuklab olish va ulardan foydalanish faqat o'zingizning zimmangizda ekanligiga rozilik bildirasiz va LGE kompaniyasi bunday Ilovalar orqali sizga salbiy ta'sir qilishda sizga javobgar bo'lmaydi.

 

5. KAFOLAT BERILMAYDI: SHU BILAN SIZ USHBU ILOVADAN FOYDALANISH FAQAT O'ZINGIZNING ZIMMANGIZDA EKANLIGINI VA DASTURGA KIRISH SIZGA "QANDAY BO'LSA" VA "MAVJUDLIGI BO'YICHA" SHARTLARI ASOSDA VA HAR QANDAY SHAKLDA YOKI HARAKTERDAGI KAFOLATLARSIZ TAQDIM QILINISHINI TAN OLASIZ VA ROZI BO'LASIZ. ILOVA TA'MINOTCHISI ILOVADAN FOYDALANISH UZLUKSIZ YOKI XATOSIZ BO'LISHIGA KAFOLAT BERMAYDI. AMALDAGI QONUN TOMONIDAN RUXSAT ETILGAN MAKSIMAL DARAJADA, ILOVA TA'MINOTCHISI HAR QANDAY KO'ZDA TUTILGAN YOKI MAJBURIY QOIDALARNI, SHARTLARNI YOKI KAFOLATLARNI, SHU JUMLADAN TIJORAT SIFATI KAFOLATLARINI, MA'LUM MAQSADGA MOSLIGINI, MULKCHILIKNING QONUNIYLIGI, ANIQLIGI, TAVSIFGA MOSLIGI, QONIQARLI SIFATI VA BUZILISHLARNINING YOQLIGINI ANIQLASHDAN BOSH TORTADI. ILOVA TA'MINOTCHISI BEGONA DASTUR TA'MINOTI YOKI DASTLABKI OCHIQ KODLI DASTUR TA'MINOTIGA NISBATAN HECH QANDAY ANIQ YOKI KO'ZDA TUTILGAN KAFOLATLAR BERMAYDI.

 

6. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH: AMALDAGI QONUNCHILIK TOMONIDAN RUXSAT ETILGAN MAKSIMAL DARAJADA, HAR QANDAY TURDAGI TASODIFIY, BILVOSITA, MAXSUS YOKI JARIMA ZARARLARINI YOKI AXBOROTLAR YOKI MA'LUMOTLARNING YO'QOLISHI, LITSENZIYA BILAN BOG'LIQ YOKI ILOVADAN FOYDALANISH NATIJASIDA KELIB CHIQQAN BOSHQA MOLIYAVIY YO'QOTISHLAR YOKI DAROMAD VA BIZNESNI YO'QOTISHDA, HATTO SHARTNOMA, DELIKT (SHU JUMLADAN, BEPARVOLIK) ASOSIDA, MAHSULOTNING QAT'IY JAVOBGARLIGI YOKI BOSHQA SABABLAR BILAN, HATTO ILOVA TA'MINOTCHISI BUNDAY ZARAR ETKAZILISHI MUMKINLIGI TO'G'RISIDA XABARDOR QILINGAN BO'LSA HAM VA HATTO BIRON BIR CHEKLANGAN CHORA O'ZINING ASOSIY MAQSADIGA ERISHA OLMAGAN DEB HISOBLANSA HAM, ILOVA TA'MINOTCHISI JAVOBGAR EMAS. AMALDAGI QONUN TOMONIDAN RUXSAT ETILGAN DARAJADA, ILOVA TA'MINOTCHISINING TO'LIQ JAVOBGARLIGI TO'LANGAN XARID NARXINI (MAVJUD BO'LSA) ALMASHTIRISH, TA'MIRLASH YOKI QAYTARISH BILAN CHEKLANGAN, BU DASTUR TA'MINOTCHISINING TANLOVI BO'YICHA. HECH QANDAY HOLATDA ILOVA TA'MINOTCHISI SIZ YOKI UCHINCHI TOMON OLDIDA HAR QANDAY BEGONA DASTUR TA'MINOTIDAN YOKI DASTLABKI OCHIQ KODLI DASTUR TA'MINOTIDAN FOYDALANISH NATIJASIDA KELIB CHIQQAN HAR QANDAY TO'G'RIDAN-TO'G'RI, BILVOSITA, JARIMA, TASODIFIY, MAXSUS YOKI QO'SHIMCHA ZARARLAR UCHUN JAVOBGAR BO'LMAYDI, HATTO ILOVA TA'MINOTCHISIGA BUNDAY ZARARLAR YOKI YO'QOTISHLAR HAQIDA XABAR BERILGAN BO'LSA HAM.

 

Ba'zi bir yurisdiktsiyalar ko'zda tutilgan kafolatlarning chiqarib tashlanishi yoki cheklanishiga yoki tasodifiy yoki oqibatli zararlarning cheklanishiga yo'l qo'ymaydi, shuning uchun yuqoridagi cheklovlar va istisnolar sizga nisbatan qo'llanilganda cheklanishlar bo'lishi mumkin.

 

7. Siz amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarini buzgan holda siz Ilovani yoki unga qo'shilgan hujjatlarni (yoki ularning har qanday nusxalarini) eksport yoki qayta eksport qilmasligingizga rozilik bildirasiz. Siz barcha amaldagi va xalqaro eksport qonunlari va qoidalariga rioya qilishga rozilik bildirasiz. Ushbu qonunlar yo'nalishlar bo'yicha cheklovlarni, oxirgi foydalanuvchilarni va oxirgi foydalanishni o'z ichiga oladi. Siz amaldagi eksport qonunlariga binoan eksport tovarlari yoki xizmatlarini olish taqiqlanmaganligini aytasiz va kafolat berasiz.

 

8. Ushbu Ilovaga Litsenziya Shartnomasi Nyu-Jersi shtati, Amerika Qo'shma Shtatlari va Amerika Qo'shma Shtatlarining federal qonunlari bilan tartibga solinadi, kollizion huquqining qoidalari bundan mustasno.

 

9. Ushbu Ilovaga Litsenziya Shartnomasini qabul qilish bilan, siz bunday kelishuv (shu jumladan barcha hujjatlar yoki ularga ko'rsatilgan havolalar) siz va Ilova Provayderi o'rtasidagi kelishuvni to'liq aks ettirishi va ilova bilan bog'liq yozma yoki og'zaki oldingi barcha kelishuvlarni oldingi har qanday kelishuv shartlariga qaramay. bekor qilishiga rozilik bildirasiz. Agar ilova Ta'minotchisi ushbu Ilovaga Litsenziya Shartnomasining biron bir huquqini yoki qoidani bajara olmasa, bunday nomuvofiqlik bunday huquq yoki qoidadan voz kechishni anglatmaydi.

 

Ushbu Foydalanish qoidalari 27 / 06 / 2022 dan kuchga kiradi.

 

 

 

LG korxonalari

Mamlakat

LG korxonasi

Roʻyxatdan oʻtgan manzil

Aloqa maʼlumotlari

Roʻyxatdan oʻtish raqami

QQS raqami

Koreya

LG Electronics Inc.

LG Twin tower, 128 Yeoui—daero, Yeongdeungpo-gu, Seul, Koreya Respublikasi

(+82) 02-3777-1114 (Koreya)

110111-2487050, Koreyada roʻyxatdan oʻtgan

107-86-14075

O‘zbekiston

LG Electronics Overseas Trading FZE

 

marketinguzbekistan@lge.com

 

 

 

Xizmatlar

Xizmat

LG korxonasi

Roʻyxatdan oʻtgan manzil

Aloqa maʼlumotlari

ThinQ

LG Electronics Inc.

LG Twin tower, 128 Yeoui—daero, Yeongdeungpo-gu, Seul, Koreya Respublikasi

thinq@lge.com

LG SmartWorld

LG Electronics Inc.

LG Twin tower, 128 Yeoui—daero, Yeongdeungpo-gu, Seul, Koreya Respublikasi

lgworld@lge.com

www.lg.com/uz

LG Electronics Overseas Trading FZE

 

marketinguzbekistan@lge.com