Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
8/5/2021
5/8/2021
2021/08/05
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Soʻnggi bir yarim yil barcha uchun bardoshlilikka sinov davri boʻldi va LG Electronics (LG) kompaniyasining HR boʻlinmasi, kompaniyaning ushbu murakkab davrdagi eng muhim qismidan biriga aylandi. Pandemiya davomida HR jamoa xodimlar va rahbarlar mehnatining eng maqbul usullarini koʻrib chiqdi. Bunga kompaniya yangi muhitga moslashishga majbur boʻlganligi sabab boʻldi.
LG kompaniyasida xodimlarning xavfsizligi va salomatligi – asosiy ustuvorlikdir. Bu masalada biz doim hammaga oʻrnak boʻlganmiz. Pandemiya boshlanishida biz sohadagi eng yirik savdo koʻrgazmasi sanaluvchi Mobile World Congress dan chiqib ketgan ilk transmilliy korporatsiya boʻlishga qaror qildik, chunki biz bu xodimlarimiz, mijozlarimiz va hamkorlarimiz xavfsizligini taʼminlashning yagona yoʻli degan toʻxtamga keldik.
Oʻtgan yilning boshidan buyon LG kompaniyasining dunyo boʻylab HR jamoalari barcha darajalarda biznes barqarorligini, ichki muloqotni va shaffoflikni mustahkamlab kelmoqdalar. Boshqa boʻlinmalar bilan yaqindan ishlash, boshidan tez harakat qilishga va xodimlarimizni va umuman tashkilotimizni qoʻllab-quvvatlashga imkon berdi.
Ish uchun eng yaxshi sharoitlarni taʼminlashda, dunyo boʻylab barcha HR boʻlinma rahbarlari bilan ochiq va shaffof munosabat oʻrnatish talab qilindi. Biz global HR strategiyamizdagi oʻzgarishlar haqida videotaqdimot oʻtkazish uchun maxsus aloqa kanalini yaratdik hamda dunyodagi barcha HR boʻlimlar rahbarlari bilan virtual shaxsiy munozaralarni tez-tez oʻtkazib turdik.
LG oʻz xodimlarining jismoniy farovonligi bilan bir qatorda ularning ruhiy farovonligiga gʻamxoʻrlik qiladi. Odamlar eng koʻp aziyat chekkan mamlakatlardan biri boʻlgan Hindistonda biz xodimlarimizning jismoniy va ruhiy farovonligini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldik. Bunda Happy Calling tizimini yoʻlga qoʻyish ilk qadam boʻldi. Xodimlar va ularning oilalari xavfsizlikda ekanligiga va ularga gʻamxoʻrlik qilayotganliklariga ishonch hosil qilish uchun, HR boʻlimi xodimlari har toʻrt-besh kunda barcha xodimlarga qoʻngʻiroq qilib turdilar. Bu tizim xodimlarga barcha soʻrovlarni maxfiylikni saqlagan holda qabul qilib, uydan ishlashga imkon yaratdi.
Biz dunyo boʻylab xodimlarimizga oʻz uylaridan ishlashlariga va jamoaning bir qismi ekanliklarini his qilishlarini davom etgan holda aloqada boʻlishlariga imkoniyat bermoqchi edik. Bu yoʻnalishda koʻmak berish uchun biz guruhli onlayn-tadbirlar, jumladan masofaviy yoga mashgʻulotlari, virtual tushliklar, baxtiyor soatlar va oila uchun onlayn pazandalik darslarni tashkillashtirdik. Biz bunday dasturlarni yoʻlga qoʻyganimiz sababi, biz xodimlar oʻrtasidagi insoniy aloqalar muhimligiga va bu faoliyat xodimlarimizga zamonaviy tarixdagi eng murakkab davrlarda omon qolishlariga yordam berishiga ishonishimizdir.
Xodimlar salomatligi va farovonligiga qaratilgan tashabbuslarimiz yangilik emas, sababi biz bunday tadbirlarni koʻpdan beri oʻtkazib kelmoqdamiz. Tashabbuslar dunyo boʻylab xodimlarning joylashuvidan qatʼiy nazar, ularning rivojlanishi uchun yoʻlga qoʻyilgan. LG kompaniyasidagi boshqaruv falsafasi yagona maqsadlar va tamoyillar ustida qurilgan va barcha jihatlarda, jumladan salomatlik va farovonlikka shaxsiy va kasbiy oʻsishga yoʻnaltirilgan.
LG kompaniyasi HR yoʻnalishining global rahbari sifatida men doimo kompaniyani, uning iqtidorli xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga va tez oʻzgaruvchan, innovatsion va kuchli raqobatli bozorda muvaffaqiyatga erishishimiz va birga oʻsishimiz uchun hamkorlikda ishlash usullarini oʻzgartirib, iqtidorlarni oʻstirib va xodimlar uchun imkoniyatlar eshigini ochib ularni kelajakka tayyorlashga intilib kelganman.
Pandemiya bizga bu maqsadning muhimligini yaqqol namoyish qildi.
Karlos Olave, LG Electronics kompaniyasining HR yoʻnalishi rahbari