Press-reliz

Компания

YANGILANGAN QUVVATLASH STANSIYASIGA EGA YANGI LG CORDZEROThinQ CHANGYUTGICHI BILAN TOZALASH YANADA OSONLASHADI

06/01/2021

Qulay quvvatlash tagligi barcha kir ishlarni zimmasiga oladi

 

SEUL, 2021 yil 6 yanvar - Consumer Electronics Show (CES®) 2021 ilk to‘liq virtual ko‘rgazmasida LG Electronics yangi LG CordZeroThinQ A9 simsiz changyutgichini havola qiladi. Zamonaviylashtirilgan model har qanday turdagi qoplama va to‘shamalarga mos keladi hamda yig‘ilgan changni avtomatik tarzda tozalaydigan va foydalanilgach, changyutgichni quvvatlantiradigan yangi quvvatlash stansiyasi bilan jihozlangan. Avtomatlashtirilgan tozalash tizimi tufayli chang bilan aloqani minimal darajaga tushiradi.


 

CordZeroThinQ A9 Kompressor+ quvvatlash stansiyasiga ulangan paytda yig‘ilgan chang avtomatik tarzda so‘rilib, maxsus chang konteyneriga yig‘iladi. Ehtiyoj tug‘ilganda, tozalashdan so‘ng changyutgich to‘liq quvvat olish uchun stansiyaga ulangan holda qoldirilishi mumkin.

 

Yangi quvvatlanish stansiyasi juda ixcham bo‘lib, CordZeroThinQ A9 Kompressor+ ni olti aksessuar va qo‘shimchalar bilan birga sig‘dira oladi. Komplektga 2 tasi 1 da universal moslama, yoriq moslama va uy hayvonlarini tozalash uchun maxsus moslamalar kiritilgan. Bularning hammasi ixcham va chiroyli ko‘rinishli ko‘p funksiyali quvvatlash stansiyasiga joylashishi mumkin. Stansiyaning sozlamalarini sensorli displey yordamida boshqarish mumkin va chang qopchasini tozalashni bevosita qo‘lda amalga oshirish rejimiga.

 

LG CordZeroThinQ A9 almashadigan moslamalari yordamida bir lahzada changyutgich shvabraga aylanadi. Power Carpet Nozzle moslamasi gilamdagi changni yanada kuchli so‘rish tizimi bilan tozalaydi, Power Mop esa, qattiq sirtlarni tozalaydi. Changyutgich deyarli bir teginishda oson boshqariladi. Almashtirish qulay bo‘lgan ikki akkumulyator bloki va ajratilib yuvilishi mumkin bo‘lgan filtrlar changyutgichdan foydalanishni soddalashtiradi, LG ikkiyoqlama tozalash funksiyasi esa, tozalashning yanada gigienik va samarali bo‘lishini ta'minlaydi. CordZeroThinQ A9 seriyasi sohiblari, shuningdek, 2 tasi 1 da tizimining qulayliklaridan foydalanishlari va Power Mop yangi komplektasiyasini qo‘lga kiritishlari mumkin.

 

”CordZeroThinQ A9 Kompressor+ o‘zining inqilobiy quvvatlash stansiyasi bilan qo‘llanishning toza va qulayligini yangi bosqichga olib chiqadi. Ushbu tozalov tizimi LG ning iste'molchilar va ularning oilalarini uydagi maksimal gigiena orqali himoyalash missiyasining hayotga ko‘chganidir” - deydi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Lyu Dje-chxol.

 

Yangi quvvatlash stansiyali CordZeroThinQ A9 Kompressor+ ilk bor 11 yanvar kuni LG ning CES 2021 ko‘rgazmasidagi virtual stendida tanishtiriladi.