Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
07/11/2025
Ba’zan shunchaki shirin narsa xohlab qolasiz - hozirning o‘zida, uzoq tayyorgarliksiz, xamir bilan ovora bo‘lmasdan va olo’vda pishishini kutmasdan. Ana shunday paytlarda krujkadagi desertlar yordamga keladi: bir nechta oddiy masalliqlar, ikki-uch daqiqa - va shirinlik tayyor. Bu format talabalar, ofis xodimlari va ortiqcha tashvishlarsiz mazali yechimni qadrlaydiganlar uchun juda qulay._Agar yoningizda qulay va kuchli mikroto‘lqinli pech bo‘lsa, masalan LG MS2535GIS, jarayon yanada oson va ishonchli bo‘ladi.
Asosiy afzallik – tezlik va minimal tayyorgarlik. Barcha masalliqlar to'g'ridan-to'g'ri krujkada aralashtiriladi va bir-ikki daqiqadan so'ng siz natijadan bahramand bo'lishingiz mumkin. Idishlar, qoliplar va mikser kerak bo'lmaydi va pishirgandan keyin yuvish uchun deyarli hech narsa yo'q.
LG MS2535GIS dagi Smart Inverter texnologiyasi haroratni aniq nazorat qiladi va issiqlikni teng taqsimlaydi, shuning uchun desert butunlay pishadi - qurib qolgan chetlarsiz va suyuq markazsiz. EasyClean™ qoplamasi esa kamerani tez tozalash imkonini beradi - faqat salfetka bilan artish kifoya.
Tarkibi:
2 osh qoshiq un, 1,5 osh qoshiq kakao, 2 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq yog', 3 osh qoshiq sut.
Tayyorlanishi:_Hammasini krujkada bir xil massa bo‘lguncha aralashtiring va taxminan 1 daqiqa 30 soniya pishiring. So‘ng bir daqiqa dam oldiring - desert yanada zich va to‘yimli bo‘ladi._
Maslahat: krujkani ⅔ qismidan ortiq to‘ldirmang, aks holda xamir ko‘tarilib toshib ketadi.
Masalliqlar:_
1 osh qoshiq saryog‘, 1 osh qoshiq shakar, 1 osh qoshiq fistashka pastasi (yoki yer yong‘oq/baadam pastasi), 1 tuxum sarig‘i, 2–3 osh qoshiq un, bir chimdim vanilin._
Tayyorlanishi:
Saryog‘ni mikroto‘lqinli pechda 10–15 soniya eritib oling, qolgan masalliqlarni qo‘shib aralashtiring. 60–80 soniya pishiring._Natijada yumshoq, iliq pechenye hosil bo‘ladi, fistashka pastasi esa yong‘oqli lazzat va hid beradi.
Masalliqlar:
2 osh qoshiq qaymoqli pishloq, 1 osh qoshiq yogurt, 1 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq un, 1 tuxum, rezavorlar, biroz pechenye bo‘lagi.
Tayyorlanishi:
Rezavorlar va bo‘laklardan tashqari hammasini aralashtiring. Ustiga rezavorlarni qo‘shing va 1 daqiqa pishiring. So‘ng 10–15 daqiqa sovuting va ustiga pechenye bo‘laklarini seping.
Krujkadagi desertlar - uzoq tayyorgarliksiz o‘zingizni shirinlik bilan siylashning eng qulay usuli. LG MS2535GIS bilan siz barqaror va ishonchli natijaga erishasiz: yumshoq, bir xil pishgan shirinlik atigi bir necha daqiqada tayyor bo‘ladi. O‘qish yoki ish orasida o‘zingizga kichik bayram hadya eting!