Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
7/19/2024
19/7/2024
2024/07/19
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Toza choyshablardagi uyqu - Sizni energiya va ijobiy kayfiyat bilan to’ldiradigan sifatli dam olishning muhim jihati hisoblanadi. Choyshablarga ehtiyotkorlik va izchillik bilan g’amxo’rlik qilish sizga qulay uyquni ta’minlaydi, shuningdek, ranglarning yorqinligi va tolalar to’qimalarining yaxlitligini saqlab, uning ishlash muddatini uzaytiradi. Ushbu maqolada biz butun oila uchun choyshablarga qanday g’amxo’rlik qilishni ko’rib chiqamiz.
Birinchi qadam, choyshab mahsulot yorlig’ida ko’rsatilgan tavsiyalar bilan tanishishdir. Ushbu qisqa yo’riqnomada siz mato uchun harorat va yuvish rejimlari haqida muhim ma’lumotlarni topasiz. Esda tutingki, har xil matolar yuvishda turlicha yondashuvni talab qiladi. Paxta va zig’ir matolari 90°C gacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladi, ipak va atlas esa eng past harorat va nozik rejimni talab qiladi.
Choyshab matolarini parvarish qilishning muhim xususiyati - mos yuvish rejimini tanlashdir. Choyshabni qanday yuvish kerakligi haqidagi savol ko’pchilikni tashvishga solmoqda. Odatda, "Paxta" yoki "Aralash matolar" rejimlari choyshab to’plamlari uchun mos keladi, bu intensiv yuvish va chayishni o’z ichiga oladi. Ushbu rejimlar kirlarni va kir yuvish vositalarining qoldiqlarini ishonchli tarzda yuvib tashlashga yordam beradi.
Agar Siz ipak va satin choyshablarini qaysi rejimda yuvish kerakligi haqida o’ylayotgan bo’lsangiz, javob "Nozik yuvish" rejimidan foydalanishdir. Ushbu rejim choyshablarga yumshoq ishlov berishni ta’minlaydi va uning shikastlanishiga yo’l qo’ymaydi. LG AI DD™ | Steam™ kir yuvish mashinasini tanlab esa, choyshab uchun optimal harorat va yuvish rejimlarini tanlash orqali matolarning og’irligi va xususiyatlarini aniqlay oladigan o’rnatilgan AI DD™ funksiyasi tufayli mato o’zining toza ko’rinishini saqlab qolishiga amin bo’lishingiz mumkin.
Ko’pchilik, shuningdek, choyshabni qanday haroratda yuvish kerakligi bilan qiziqishadi. Haroratni 60°C ga o’rnatishni tavsiya etamiz, chunki bu bakteriyalar va chang kanalarini yo’q qilishga imkon beradi, bu esa yuqori gigiyena darajasini ta’minlaydi. Rangli kirlar uchun ranglarning yorqinligini saqlab qolish uchun 40°C haroratdan foydalanish yaxshidir.
To’qimachilik mahsulotlarini to’g’ri parvarish qilish rejim va haroratni to’g’ri tanlashga ham, tegishli vositalardan foydalanishga ham asoslanadi. Qattiq kimyoviy moddalarni o’z ichiga olmaydigan yumshoq choyshab yuvish vositalaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Bu tolalar tuzilishini saqlashga va allergik reaksiyalarning oldini olishga yordam beradi. Yumshoq yuvish vositalari, shuningdek, matoga zarar bermasdan yumshoq tozalashni ta’minlaydi. Ulardan foydalanish, ayniqsa, yosh bolalarning nozik terisi va ta’sirchan va allergiyaga moyil bo’lgan sezgir teri uchun juda muhimdir.
Kichkintoylari bo’lgan oilalar uchun kir yuvish mashinasini ishonchli tanlash ayniqsa muhimdir. Masalan,LG F2M5HS6W DirectDrive™ kir yuvish mashinasi Steam texnologiyasi bilan jihozlangan bo’lib, u uchta rejimni taklif etadi: "chaqaloq kiyimlari", "hipoalerjenik" va "paxta + bug’". Ushbu texnologiya bakteriyalarni bug’ bilan bartaraf qiladi va nozik chaqaloq terisi uchun maksimal xavfsizlikni ta’minlaydi.
Endi biz choyshabni asl holatini yo’qotmasligi uchun uni qanday yuvish kerakligi haqida asosiy fikrlarni ko’rib chiqishni taklif qilamiz:
Saralash: matoni uning rangi va turiga qarab ajrating. Matolarning bir-biriga rangi o’tishi va pigmenti yuvilib ketmasligi uchun oq kirlarni rangli kirlardan alohida yuving.
Rejimni tanlash: tarkibiga qarab choyshabni qaysi rejimda yuvish kerakligini aniqlang.
Harorat rejimi: kerakli rejimni o’rnating: oq paxta uchun – 60°C, ranglisi uchun – 40°C.
Yuvish vositalari: ayniqsa bolalar kirlarini yuvishda yoki oilada allergiyali odamlar bo’lsa, yumshoq yuvish vositalaridan foydalaning.
Chayish: zarur bo’lsa, kir yuvish vositalarini to’liq yuvib tashlash uchun qo’shimcha chayish dasturini ishga tushiring.
Endi Siz oddiy tavsiyalarga amal qilib, choyshabni qanday qilib to’g’ri yuvishni, uning xizmat muddatini uzaytirishni va ranglarning yorqinligini saqlab qolishni, shuningdek sog’lom uyqu va hordiq uchun qulay sharoit yaratishni bilib oldingiz.