•  

    Issiq, shinam uy qishdan bekam-u ko’st chiqish uchun zaruriy shartdir. Biroq, yilning eng sovuq oylarida xona ichidagi issiqlik qimmatga tushadi – u elektr to'lovlarini oshiradi va karbonat angidrid gazi chiqindilarini ko'paytirish orqali sayyoraga zarar keltiradi. LGning havo/suv issiqlik nasoslari kabi isitish yechimlari aynan shu vaziyatlar uchun oqilona tanlovdir: ular ko‘chada juda sovuq bo‘lganda binoda qulaylikni saqlab qolish uchun samaradorlikning yangi darajalarini va yanada ekologik ishlashni ta’minlaydi.

     

    Uyingizga issiqlik nasosini o‘rnatish energiyani tejab, qish faslidan bahramand bo‘lishingizga yordam beradi.

     

     

    Uyingiz uchun ajoyib energiya tejovchi isitgich

    An'anaviy isitish tizimlariga nisbatan juda ko'p afzalliklarga ega bo'lgan issiqlik nasoslariga ega bo’lgan tizimlar sizning bino va polni isitish bo'yicha barcha ehtiyojlaringizni qondira oladi va sizni butun mavsum davomida ishonchli issiq suv bilan ta'minlaydi. Uyingizning o'lchamiga mos keladigan unumdorlikka ega bo’lgan to'g'ri o'rnatilgan issiqlik nasosi, kerakli haroratni doimiy ravishda ushlab turishi va yog’li yoki gazli qozonga qaraganda kamroq karbonat angidrid gazi chiqindilarini ishlab chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, Germaniya issiqlik nasoslari assotsiatsiyasi (German Heat Pump Association) ma’lumotlariga ko'ra, qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ishlaydigan issiqlik nasoslari hatto uy xo'jaliklariga uglerod neytralligiga erishishga yordam beradi.

     

     

    LG kompaniyasi ham split tizimlar, ham yuqori samarali LG Therma V R32 seriyasi kabi monoblok issiqlik nasoslarini1 taklif etish orqali har xil turdagi binolar uchun foydali yechimlarni taqdim etadi. 35°C2 chiquvchi suv harorati (LWT) bilan xonani isitish sohasida A+++ energiya darajasiga ega LG Therma V butun uyni yil davomida issiq suv, isitish va sovutish bilan ta'minlay oladi. Tashqi harorat -7 ° C ga tushganda ham, u ta'sirchan 100-foizli quvvatda samarali isitishni ta'minlaydi3.

     

     

    LG Therma V tizimida shuningdek, tashqi haroratga qarab unumdorlikni avtomatik ravishda sozlashga, shuningdek, suvni 80°C4 gacha qizdirish imkonini beruvchi Seasonal Auto Mode rejimi ham mavjud. Samarali isitish tizimini o'rnatish orqali siz ko'p elektr energiyasini iste'mol qilmasdan o'z uyingizni issiq va shinam vohaga aylantirishingiz mumkin, bu orqali energiya uchun xarajatlarni qisqartirib, energetik izingizni kamaytirishingiz mumkin.

     

    Haroratni intellektual nazorat qilish

    Barcha LG Therma V yechimlari masofadan boshqarish pulti bilan birga yetkazib beriladi, ayrim modellarda esa joriy rejim va xona harorati kabi turli operatsion ma’lumotlarni ko‘rish va kerak bo‘lganda sozlamalarni o‘zgartirishni osonlashtiradigan ichki boshqaruv paneli mavjud. Shuningdek, kompaniya yechimlarini LG ThinQ ilovasi yordamida masofadan turib boshqarish mumkin, shunda siz og‘ir ish kunidan keyin sizni kutuvchi qulay haroratni o‘rnatishingiz yoki ta’tilga chiqqaningizda isitish past darajaga sozlanganligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

     

     

    Qulay va samarali isitish tizimi bilan bu yil va har yangi yilda uyda issiq qishdan zavqlaning.

    # # #