• LG 1000 Gs EKRAN YANGILANISH TEZLIGIGA EGA DUNYODAGI ILK FULL HD O‘YIN MONITORINI TAQDIM ETADI

    Yangi LG UltraGear o‘yin displeylarini yangi bosqichga olib chiqib, 1000 Gs chegarasidan oshdi va kibersport musobaqalarida qatnashish uchun o‘ta tezkor vizual javob qaytarish hamda yuqori boshqaruv aniqligini ta'minlaydi.
    Asosiy ma'lumotlar:
    • LG Electronics yangi LG UltraGear (25G590B) modelini taqdim etadi — bu ekranning 1000 Gs yangilanish chastotasiga ega dunyodagi ilk Full HD o‘yin monitoridir.
    • Maxsus geymerlik musobaqalari uchun yaratilgan monitor ekrandagi voqealarning yanada tezroq uzatilishini ta'minlaydi va o‘yinchilarga tezroq reaksiya bildirishga yordam berib, FPS o‘yinlarida sezilarli ustunlik taqdim etadi.
    • 24.5 dyuymli displey kibersportchilar orasida eng ommabop formatda yaratilgan hamda professional shaxslarga o‘yin jarayoni uchun optimal sharoitlarni yaratgan holda ergonomik stend va ixcham korpus bilan jihozlangan.
    LG o‘yin musobaqalari uchun displey texnologiyalarini rivojlantirish sohasida yangi bosqichga chiqib, ekranning 1000 Gs yangilanish chastotasiga ega dunyodagi ilk Full HD (FHD, 1920 × 1080) o‘yin monitorini taqdim etdi*. Dinamik o‘yinlar uchun maxsus yaratilgan yangi LG UltraGear (25G590B modeli) o‘yinchilarga eng shiddatli o‘yin lahzalarida ham tezroq reaksiya bildirish va harakatlar aniqligini saqlab qolish imkonini berib, o‘ta tezkor vizual javob qaytarish, harakatning yuqori aniqligi va barqaror unumdorlikni ta'minlaydi.
    Birinchi shaxs otishmalari (FPS) uchun maxsus ishlab chiqilgan 25G590B 1000 Gs ekran yangilanish chastotasini kibersport muhitida eng ommabop format bo‘lgan 24.5 dyuymli displey bilan uyg‘unlashtiradi. Bunday konfiguratsiya o‘yinchilarga raqiblarni tezroq kuzatish va o‘yin makonida mo‘ljal olishda yordam berib, tezkor reaksiya hamda aniq taktik qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi.

    Dinamik sahifalarni yanada aniqroq namoyish etish uchun ekranning 1000 Gs yangilanish chastotasiga ega dunyodagi ilk Full HD monitori
    1000 Gs ekran yangilanish chastotasi va FHD piksellar soni tufayli yangi LG UltraGear o‘yin monitori zamonaviy geymerlarga suvday zarur bo‘lgan tasvirning ravonligi, dinamik sahifalarning aniqligi va o‘ta tezkor javob vaqtini ta'minlaydi. Ilk texnologik prototiplardan farqli o‘laroq, 25G590B maishiy elektronika brendi tomonidan taqdim etilgan 1000 Gs yangilanish chastotasiga ega ilk FHD o‘yin monitoriga aylandi. Monitor o‘yin menyulari va interfeyslarini, shuningdek, ekrandagi harakatlanuvchi va harakatsiz ob'ektlarning aniqligini saqlab qolgan holda tasvirning o‘ta tez yangilanishini ta'minlaydi. 25G590B nishonga olish aniqligi va ekranda sodir bo‘layotgan voqealarga tezkor reaksiya bildirish g‘alaba uchun ayniqsa muhim bo‘lgan FPS o‘yinlariga juda mos keladi.
    Foydalanuvchilar maksimal yangilanish chastotasiga erishish uchun tasvir o‘lchami yoki piksellar soni sozlamalarini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan ikki rejimli displeyli monitorlardan farqli o‘laroq, 25G590B sukut bo‘yicha FHD formatida 1000 Gs ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu o‘yinchilarga tasvir aniqligi hamda o‘yin jarayoni sifatini saqlab qolgan holda, vizual sozlamalarni o‘zgartirmasdan mashg‘ulotlar o‘tkazish va musobaqalarda qatnashish imkonini beradi.
    Shuningdek, yangi LG UltraGear o‘yin monitori tez harakatlanuvchi ob'ektlarni aniqroq va kuzatish uchun qulayroq qiladigan LG kompaniyasining Motion Blur Reduction Pro texnologiyasi yordamida tasvir aniqligini oshiradi. Bu o‘yinchilarga kadrdagi keskin harakatlarni kuzatish, nishonlarni aniqroq tanib olish va shiddatli o‘yin jarayonida diqqatni jamlab turishga yordam beradi. Monitor barqaror rang uzatishni ta'minlaydigan va ekranning yaltirashini kamaytiradigan takomillashtirilgan IPS-panel hamda maxsus yorug‘lik qaytarmaydigan qoplama bilan jihozlangan. Birgalikda bu texnologiyalar ko‘rish qulayligini oshiradi va turli o‘yin ssenariylarida chuqur singib ketish effektini kuchaytiradi.


    Professional o‘yin jarayoni uchun 24.5 dyuymli monitor
    24.5 dyuymli FHD displey bilan jihozlangan 25G590B maxsus kibersport musobaqalari uchun ishlab chiqilgan. Bunday format kibersportda keng qo‘llaniladi, chunki u tasvirning asosiy elementlarini o‘yinchining tabiiy ko‘rish maydonida saqlab turishga imkon beradi va ortiqcha ko‘z harakatisiz ekranda sodir bo‘layotgan voqealarni tezroq tushunishga yordam beradi. Shuningdek, monitor ish stolida bo‘sh joyni qulay tashkil etish uchun zamonaviy o‘yin uslubida yaratilgan ixcham minimalistik stend bilan jihozlangan. Stendning ixcham asosi eng kam joy egallaydi va o‘yin davomida sichqoncha harakatlari uchun ko‘proq bo‘sh joy qoldiradi. Sozlash uchun maxsus belgilar balandlik, burilish burchagi va ekran qiyinishini aniq tartibga solishga, shuningdek, mashg‘ulotlar hamda musobaqalar paytida odatiy parametrlarni osongina tiklashga yordam beradi.
    Qo‘shimcha xususiyatlar qatoriga UltraGear Emblem zamonaviy yoritilishi kiradi, u muhit yoritilishini yaratadi va UltraGear liniyasining o‘ziga xos dizaynini ta'kidlaydi.
    Yanada qiziqarli va qulay o‘yin jarayoniga to‘liq diqqat qaratish uchun sun'iy intellektning aqlli funksiyalari
    25G590B foydalanish qulayligini oshirish hamda o‘yinga sho‘ng‘ish effektini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan geyming uchun o‘rnatilgan AI-funksiyalar bilan jihozlangan. AI Scene Optimization funksiyasi tasvir sozlamalarini o‘yin janriga qarab aqlli ravishda moslashtiradi, rasmni yanada realroq va chuqurroq qiladi, AI Sound esa mos keladigan garnituralardan foylanganda o‘yinda tabiiyroq fazoviy tovush hamda ovozli aloqaning yanada aniq uzatilishini ta'minlaydi. Ushbu sun'iy intellekt imkoniyatlari monitorning o‘ta tezkor ish faoliyatini to‘ldirib, o‘yin jarayonini yanada ravon, dinamik va qiziqarli qiladi.
    «Bu o‘yin monitorlari sanoati uchun muhim moment, — deb ta'kidladi janob Li Chun-xvan. — Ekranning 1000 Gs yangilanish chastotasiga ega dunyodagi ilk FHD o‘yin monitorini taqdim etgan holda, LG kibersport uchun mo‘ljallangan o‘yin monitorlarining yangi standartini shakllantirmoqda».
    LG UltraGear 25G590B 2026-yilning ikkinchi yarmida ayrim mamlakatlarda savdoga chiqishi, yil oxirigacha esa boshqa hududlarda ham sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Batafsil ma'lumotni LG.com saytida topishingiz mumkin.
    # Nashr qilingan vaqtda, ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, maishiy elektronika brendlari taqdim etgan o‘yin monitorlari orasida.

    LG Electronics Media Entertainment Solution kompaniyasi haqida
    LG Media Entertainment Solution (MS) kompaniyasi televizorlar, audioutrustmalar, displeylar va smart-TV platformalari sohasida e'tirof etilgan innovator hisoblanadi. MS kompaniyasi mukammal qora rangi va benuqson rang uzatishi bilan tanilgan OLED-televizorlari, eng so‘nggi Micro RGB televizorlari va shaxsiylashtirilgan webOS platformasida ishlaydigan Mini-LED QNED televizorlari orqali media-ko‘ngilochar sifatini oshiradi. Bundan tashqari, MS kompaniyasi mijozlar ish samaradorligini oshirish va yuqori qiymat yaratish uchun mo‘ljallangan o‘yin va biznes monitorlari, noutbuklar, projektorlar, bulutli qurilmalar va tibbiy displeylar, shuningdek raqamli e'lonlar taxtasi sohasidagi yechimlarni (Micro LED signage, raqamli ekranlar, mehmonxona displeylari va raqamli displeylar uchun dasturiy yechimlar) o‘z ichiga olgan IT-yechimlarning keng spektrini taklif etadi. Ushbu mahsulotlar mijozlar ishining samaradorligini oshirish va yuqori qiymat yaratish uchun ishlab chiqilgan. LG haqidagi ko‘proq yangiliklar: www.LG.com/global/newsroom/.

    OAV uchun kontaktlar:
    Boldyreva Yelizaveta Viktorovna
    +7 771 411 30 22
    e.boldyreva@tagmedia.kz

    # # #


    * На момент публикации, согласно общедоступной информации, — среди игровых мониторов, представленных брендами потребительской электроники.

    О компании LG Electronics Media Entertainment Solution
    Компания LG Media Entertainment Solution (MS) является признанным инноватором в области телевизоров, аудиосистем, дисплеев и платформ смарт-ТВ. Компания MS повышает качество медиаразвлечений благодаря своим OLED-телевизорам, известным идеальным черным цветом и безупречной цветопередачей, новейшим Micro RGB телевизорам и Mini-LED QNED телевизорам, работающим на персонализированной платформе webOS. Кроме того, компания MS предлагает широкий спектр IT-решений, включая игровые и бизнес-мониторы, ноутбуки, проекторы, облачные устройства и медицинские дисплеи, а также решения в области цифровых вывесок (Micro LED signage, цифровые экраны, гостиничные дисплеи и программные решения для digital signage). Эти продукты разработаны для повышения эффективности работы клиентов и создания высокой ценности. Больше новостей о LG: www.LG.com/global/newsroom/.

    Контакты для СМИ:

    Болдырева Елизавета Викторовна
    +7 771 411 30 22
    e.boldyreva@tagmedia.kz