Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
5/15/2026
15/5/2026
2026/05/15
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
LG Corporate Sustainability Assessment baholash natijalariga ko‘ra, eng yaxshi kompaniyalarning 1% talik ro‘yxatiga kirib, ESG sohasida jahon yetakchilaridan biri maqomini yana bir bor tasdiqladi, shuningdek, bir qator boshqa nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi
Qisqacha mazmuni
• LG Electronics ketma-ket uchinchi yil S&P Global CSA 2026 barqaror rivojlanish reytingida eng yaxshi kompaniyalarning 1% talik ro‘yxatidan joy oldi.
• LG 100 balldan 77 ball to‘pladi - bu “Hordiq uchun uskunalar va mahsulotlar hamda maishiy elektronika” (Leisure Equipment & Products and Consumer Electronics) toifasidagi eng yuqori natijadir.
• LG baholangan 9 243 ta kompaniya orasida eng yaxshi 1% talik ro‘yxatiga kirgan Koreyaning ikki kompaniyasidan biriga aylandi.
• LG ketma-ket 14-yil Dow Jones Sustainability World Index indeksiga kirdi - bu Janubiy Koreya maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari orasidagi eng uzoq davom etgan natijadir.
• LG kompaniyasining yetakchi mavqeyini MSCI tomonidan berilgan yuqori “AA” reytingi va EcoVadis’ning platinaviy maqomi yana bir bor tasdiqladi, bu natijalar ESG hamda barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro baholashlarda barqaror yuqori ko‘rsatkichlarni aks ettiradi.

2026-yil 7-may – LG Electronics ketma-ket uchinchi yil S&P Global’ning Corporate Sustainability Assessment (CSA) reytingida 100 balldan 77 ball to‘plagan holda, eng yaxshi kompaniyalarning 1% talik ro‘yxatidan joy oldi. LG shuningdek, “Hordiq uchun uskunalar va mahsulotlar hamda maishiy elektronika” (Leisure Equipment & Products and Consumer Electronics) toifasida eng yuqori natijani ko‘rsatdi, bu esa ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruvga (ESG) tizimli yondashuvni ta’kidlaydi.
LG ekologik mas’uliyat, inson huquqlariga rioya qilish, ta’minot zanjirlarini boshqarish va foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalar kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha barqaror yuqori natijalarni namoyish etdi. LG shuningdek, korporativ boshqaruv sohasida ham yuqori baholarga sazovor bo‘ldi, bu esa shaffoflikning yuqori darajasi va korporativ boshqaruvning samarali amaliyotlarini ta’kidlaydi.
S&P Global’ning Corporate Sustainability Assessment (CSA) baholashi kompaniyalarning ESG ko‘rsatkichlarini kompleks tarzda baholashni anglatadi. Oxirgi tadqiqot doirasida 62 ta tarmoqdagi 9 243 ta kompaniyadan faqat 70 tasi eng yaxshi 1% talik ro‘yxatiga kirdi. LG ushbu maqomga loyiq ko‘rilgan Koreyaning ikki kompaniyasidan biriga aylandi.

S&P Global’dan tashqari, LG’ning barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlari bir qator boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etildi. LG ketma-ket 14-yil Dow Jones Best-in-Class (DJ BIC) World Index global indeksi ishtirokchilari ro‘yxatidagi o‘rnini saqlab qolib, ESG sohasidagi barqaror yetakchi mavqeyini tasdiqlamoqda. Bu Janubiy Koreya maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari orasidagi eng uzoq davom etgan natija bo‘lib, LG dunyoning 2 500 ta eng yirik kompaniyasi ichida barqaror rivojlanish sohasida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega 10% kompaniyalar qatoriga kirishidan dalolat beradi.
LG besh yil davomida “A” darajasida bo‘lganidan so‘ng, bu yil MSCI’dan yuqori “AA” ESG-reytingini oldi. Bundan tashqari, LG ketma-ket ikkinchi yil o‘z tarmoq toifasidagi eng yaxshi kompaniyalarning faqat 1% iga beriladigan EcoVadis’ning platinaviy reytingiga loyiq ko‘rildi, shuningdek, Sustainalytics’dan “Low” (Past) darajadagi ESG-tavakkalchilik reytingini oldi.
Barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qilishni davom ettirgan holda, LG 2050-yilga kelib butun dunyo bo‘ylab barcha bo‘linmalarini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga to‘liq o‘tkazishni niyat qilgan. Sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga muvofiq, LG shuningdek, plastikdan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha tashabbuslar doirasida qayta ishlangan plastikdan foydalanishni kengaytirmoqda va qog‘ozli amortizatsiya materiallarini ishlab chiqmoqda.
LG uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda, jumladan, o‘zining yuqori samaradorlikka ega issiqlik nasoslari uchun uglerod izini kamaytirish dasturlarini sertifikatlashtirish shular jumlasidandir. LG shuningdek, direktorlar kengashi faoliyati shaffofligini oshirish va uning mustaqilligini mustahkamlash, jumladan, mustaqil direktorlar orasidan rais tayinlash orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirishda davom etmoqda.
