Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
10/15/2024
15/10/2024
2024/10/15
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Monitorlar, noutbuklar va smartfonlar uchun zamonaviy displeylar har xil turdagi matritsalar bilan jihozlangan. Matritsa ekranning asosi bo'lib, ko'rish burchaklari, ranglarni uzatish va javob vaqti aynan uning turiga bog'liq. Matritsani tanlash tasvir sifati va qurilmaning umumiy ishlashiga sezilarli ta'sir qiladi. Eng keng tarqalgan texnologiyalar IPS, PLS va TN hisoblanadi. Ushbu turdagi matritsalarning xossalarini, ularning asosiy xususiyatlarini, ijobiy va salbiy tomonlarini va mos variantni aniqlashga yordam berish uchun ularning qo'llanilishini ko'rib chiqamiz.
IPS (In-Plane Switching) matritsa
IPS-matritsa — bu ranglar uzatilishini yaxshilash va keng ko'rish burchaklarini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan LCD ekranning bir turi. Uning suyuq kristallari gorizontal ravishda tekislangan bo’lib, bu istalgan burchak ostida tasvir sifatini saqlab qolgan holda, 178 darajagacha ko'rish burchagiga erishishga imkon beradi. IPS texnologiyasi yorqin va tabiiy ranglar, yuqori kontrastlilik va tiniq tasvirlarni taqdim etib, uni ham professionallar, ham oddiy foydalanuvchilar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Yorqin yorug'lik sharoitida surat o'zgarishsiz, buzilgan ko’rinishlar esa minimal bo’lib qoladi.
IPS displeylari ko'pincha boshqa turdagi matritsalarga qaraganda qimmatroq bo'lsa-da, ularning hammabopligi ortib bormoqda. TN matritsalari bilan solishtirganda, IPS uzoqroq javob vaqtiga ega, bu ba'zan o'yinlardagi dinamik sahnalarga ta'sir qilishi mumkin. Biroq, bu ekranlar, ayniqsa, maksimal ranglar uzatilishining aniqligi va tasvir ravshanligi uchun 4K IPS-matritsasiga ega LG dan 32UL750-W modeli kabi ranglarning aniq uzatilishi muhim bo’lgan mutaxassislar orasida mashhur.
PLS matritsa
PLS (Plane-to-Line Switching) texnologiyasi, ishlab chiqarish metodlaridagi asosiy farq bilan IPS ga o'xshaydi. PLS matritsalari, shuningdek, yorqin va aniq ranglar bilan yuqori tasvir sifatini ta'minlaydi. Ular ko'pincha yaxshi yorqinlikka ega bo’lib, bu yorqin yoritilganlik holatida ko'rinishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, ularni ishlab chiqarish arzonroq, bu esa PLS displeylarini foydalanuvchilar uchun qulayroq qiladi.
Biroq, PLS o'zining kamchiliklariga ham ega. Kontrastlik yuqori darajada bo’lib qolsa-da, teran qora ranglar boshqa turdagi matritsalarda bo’ladigandek yaxshi takrorlanmaydi. PLSning chaqiriqqa javobi ham, shuningdek, biroz sust, bu dinamik o'yinlar muxlislari uchun muammo keltirib chiqarishi mumkin.
PLS matritsalari dizaynerlar uchun professional monitorlarda, shuningdek, o'rta va yuqori sinf noutbuklari va smartfonlarida keng qo'llaniladi.
TN (Twisted Nematic) matritsa
TN matritsa – LCD panellarning birinchi turlaridan biri bo'lib, o’zining arzonligi va tezkor javob berishi tufayli mashhur bo'lib qolmoqda. U barcha LCD displeylar orasida eng tez javob berish vaqti bilan ta’minlaydi, bu esa uni geymerlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. TN matritsalari, shuningdek, yuqori yangilanish tezligini (144 Gts va undan yuqori, 240 Gts gacha) qo'llab-quvvatlaydi, bu ayniqsa kibersport va dinamik o'yinlarda qimmatlidir. Ularning arzon narxi TN displeylarini cheklangan byudjetga ega bo’lgan foydalanuvchilar uchun jozibador qiladi.
Biroq, TN matritsalar yon tomondan ko'rilganda tasvirni buzib ko’rsatadigan tor ko'rish burchaklari kabi o'z kamchiliklariga ham ega. Ular, shuningdek, ranglar uzatilishining aniqligi va to'yinganligi bo'yicha IPS va PLS dan qolishadi. Ko'pincha TN matritsalari o'yin monitorlari va byudjet noutbuklarida qo'llaniladi va geymerlar uchun juda mos keladi.
| IPS | PLS | TN |
Rang uzatish | Aniq rang uzatish | Aniq rang uzatish | Past |
Ko’rish burchagi | Keng (178 °) | Keng | Tor |
Javob tezligi | O’rta | O’rta | Yuqori |
Kontrast va yorqinlik | A’lo yorqinlik va kontrast | Kamroq to’yingan qora ranglar, a’lo yorqinlik | O’rta |
Matritsa tanlovi, demakki displey tanlovi ham sizning vazifalaringizga bogʼliq. Аgarda sizga ishingiz, oʼqish yoki koʼngil ochishingiz uchun aniq rang uzatish va keng koʼrish burchaklari kerak boʼlsa, optimal variant IPS yoki PLS hisoblanib, ular yorqinlik va uzatishning barqaror sifatini taʼminlaydilar. Аgarda ustuvor vazifa yuqori javob tezligi boʼlsa, unda TN-matritsa, ayniqsa dinamik oʼyinlarda gʼalabaga intiluvchi geymerlar uchun aʼlo tanlov boʼladi.