Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
12/6/2023
6/12/2023
2023/12/06
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Texnologiya jadal rivojlanayotgan bugungi ko'ngilochar dunyoda filmlar va teleko'rsatuvlarni tomosha qilish uchun ideal qurilmani tanlash masalasi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Albatta, sizning telefoningiz doimo qo'lingizda va siz bir harakat orqali film yoki serialni yuklab olishingiz mumkin. Afsuski kichik ekranda ko'rish orqali hayajonli taassurotlarni, olish mumkin emas. Televizorlar, bular umuman boshqa olam, ayniqsa yuqori sifatli modellar, ular filmlarni tomosha qilish uchun shubhasiz yetakchi hisoblanadi. Katta ekranlar, yuqori aniqlikdagi tasvirlar va yuqori sifatli ovoz tomoshabinni kino atmosferasiga jalb qilib, har bir kadrni jonli va real qiladi. Televizor shunchaki ko'rish moslamasi emas, balki har bir detal, rang va tovush chuqur vizual ajoyib taasurot qoldiradi, kino olamining bir oynasiga aylanadi.
Sizni televizor olamidagi innovatsiya cho'qqilaridan biri - LG NanoCell televizorini ko'rib chiqishni taklif qilamiz (va uni telefoningizda film tomosha qilish taasuroti bilan solishtiring). Axir, televizor shunchaki ekran emas, u o'yin-kulgining boshqa bir olamiga sho'ng'ishdir.
Hajmi muhim ro‘l o‘ynaydi
LG NanoCell televizorining asosiy afzalliklaridan biri bu uning hayratlanarli o'lchamidir - 75 dyuym. Bu shunchaki ekran emas, bu yorqin ranglar, tiniq tasvirlar va maftunkor ovoz dunyosiga ochiladigan oynadir. LG NanoCell TV har bir rangni optimallashtirish uchun LG NanoCell™ Displey texnologiyasining markazida joylashgan nanozarrachalardan foydalanadi. Ushbu ilg'or texnologiya sizga ranglarning to'liq spektrini qayta ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa tasvirlarni yanada realroq qiladi. Axir nanozarrachalar yorug'likning ortiqcha to'lqin uzunliklarini yo’qotadi va ekranda ko'rsatilgan RGB ranglarini chiqarishni kamaytiradi. Natijada, tomoshabin sof va jonli ranglarni ko'radi. Va katta ekran bilan bu sizga o'zingizni sevimli filmingiz yoki serialingiz atmosferasiga to'liq singdirish imkonini beradi va noyob tomosha taasurotini yaratadi.
Tasvir sifati
LG NanoCell™ televizori yanada aniqroq ranglarni taqdim etadi va ko‘rish burchagidan qat’iy nazar tasvirdan bahramand bo‘lish imkonini beradi, shu bilan birga nihoyatda aniq va batafsil tasvirlarni taqdim etadi. Yuqori kontrast darajalari va keng rang spektri real va boy tasvirlarni yaratadi, uyga kino sifatidagi tasvirlarni olib keladi.
Noyob ovoz
Biroq, chiroyli tasvir faqat taassurotning yarmi. LG televizori Dolby Atmos texnologiyasi1 tufayli yuqori sifatli ovoz beradi. Ushbu innovatsion ovoz tizimi tomoshabin atrofida katta hajmli bo'shliqni yaratadi va ularni tovush simfoniyasiga shong‘itadi. Poyga yo‘lidagi dvigatellarning shovqini bo‘ladimi yoki oshiq qahramonlarning shivirlashi bo‘ladimi, ovoz jonlanib, tasvirga yanada chuqurroq jalb qiladi. Smartfonda film tomosha qilayotganda buni albatta sezmaysiz.
Aqlli xususiyatlar
LG televizori ham aqlli funksiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, u zamonaviy ko‘ngilochar tizimning muhim qismiga aylanadi. Smart a7 (Alpha7) protsessori va LG televizorining ranglarni qayta ishlashning eksklyuziv texnologiyasidan foydalangan holda siz boy ranglar va nozik detallar bilan avval yashiringan go‘zallikdan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Ushbu texnologiya zamonaviy televizorlarda asosiy o'rinni egallab, tezkor ma'lumotlarni qayta ishlash va maksimal ishlashni ta'minlaydi. Aqlli algoritmlar va sun'iy intellekt texnologiyalari tufayli u qurilmaning ish faoliyatini optimallashtiradi, foydalanuvchiga kontent va aqlli funksiyalarga oson kirishni ta'minlaydi. Dolby Vision™, HDR10 Pro2 va HLG Pro yordamida siz har bir tafsilotni aniqlik va realizm bilan jonlantirib, haqiqiy rejissyorlik tasavvuriga erishishingiz mumkin. Har bir kadr rang va kontrastning chuqurligini yetkazadigan tarzda jonlanadi, shunda tomoshabin ekranda sodir bo'layotgan voqealar atmosferasiga to'liq singib ketadi. Siz telefoningizda bunday his-tuyg'ular va taassurotlarni olmaysiz va afsuski, siz filmga to'liq sho‘ng‘iy olmaysiz.
Smartfonlardan yana bir afzalligi bor. webOS 3 yordamida siz xizmatlar, ilovalar va oʻyinlarga osongina kirishingiz mumkin. Ovozli boshqaruv sizga televizoringizni osongina boshqarish imkonini beradi. Shunday qilib, hatto ovozli yordamchi bilan ham kerakli tarkibni tanlashingiz mumkin.
LG televizori shunchaki ko'rish moslamasi emas, balki butun bir ko'ngilochar markazdir. Uning hayratlanarli hajmi, yuqori tasvir sifati va ovozi filmlar, teleseriallar va video o'yinlarni yuqori sifatda tomosha qilish imkonini yaratadi. Smart funksiyalar bilan birgalikda ushbu televizor zamonaviy ko'ngilochar olamining ajralmas hamrohga aylanadi.
Televizor mobil qurilmalarga qaraganda kengroq ekranga ega, bu esa chuqurroq tafsilotlar va ko'proq vizual maydonini ta'minlaydi. Yuqori tasvir sifati, ovoz sifati va uy kinoteatrida filmlardan bahramand bo'lish qobiliyati televizorni haqiqiy kino ixlosmandlari uchun afzalroq tanlovga aylantiradi.
###
1 – Dolby Atmos va qo‘sh D belgisi Dolby Laboratories kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgilaridir. Dolby Vision Dolby Laboratories kompaniyasining savdo belgisidir.
2 - HDR10 Pro HDR signaliga HDR formati uchun LG-ning o'ziga xos dinamik metama'lumotlaridir.
3 - WebOS GUI mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Xizmatlar mavjudligiga bog'liq, obunani talab qilishi mumkin va mahsulot va platformaga qarab farq qilishi mumkin. Internetga ulanish talab qilinadi. Magic masofadan boshqarish funksiyasi ba'zi webOS TV modellariga kiritilgan. Masofadan boshqarish pultidagi Netflix tezkor tugmasi ba'zi mamlakatlarda mavjud bo'lmasligi mumkin.