• LG ELECTRONICS “RED DOT DESIGN AWARD 2026” TANLOVIDA DIZAYN SOHASIDAGI YUKSAK YUTUQLARI UCHUN E’TIROF ETILDI

    Kompaniya 27 ta mukofotga sazovor bo‘ldi, jumladan, “LG OLED evo W6 Wallpaper TV” televizori uchun nufuzli “Best of the Best” unvonini qo‘lga kiritdi.

    Qisqacha mazmuni
    •‌ LG Electronics “Red Dot Design Award 2026” tanlovida 27 ta mukofotga sazovor bo‘ldi, jumladan, “LG OLED evo W6” modeli uchun nufuzli “Best of the Best” mukofotini qo‘lga kiritdi.
    • “LG OLED evo W6 Wallpaper TV” televizori “LG” kompaniyasining “True Wireless” texnologiyasi hamda qalinligi taxminan 9 mm bo‘lgan, devor bilan uyg‘unlashib ketish vizual effektini yaratuvchi o‘ta yupqa korpus bilan jihozlangan.
    • LG kompaniyasining foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan dizayn yechimlari texnikaning turli toifalarida – muzlatkich va konditsionerlardan tortib, uy audio tizimlarigacha e’tirof etildi.
    • LG kompaniyasining istiqbolli yo‘nalishlari ham dizayn sohasidagi yuksak yutuqlari uchun mukofotlarga sazovor bo‘ldi – ular qatorida “LG CLOiD” uy roboti va “LG Therma V AWHP” ichki bloklari bor.



    Almati, 2026-yil 4-may – “LG Electronics” (“LG”) sanoat dizayni sohasidagi dunyoning yetakchi mukofotlaridan biri bo‘lgan “Red Dot Design Award 2026” tanlovida jami 27 ta mukofotga, jumladan, nufuzli “Best of the Best” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dizayn sohasidagi yetakchilikni tasdiqlagan holda, ushbu natija LG kompaniyasining 26 ta mukofotga sazovor bo‘lgan “iF Design Award 2026” tanlovidagi muvaffaqiyatini davom ettiradi.

    Joriy yilgi “Red Dot Design Award” tanlovining nufuzli “Best of the Best” mukofoti sohibi bo‘lgan “LG OLED evo W6 Wallpaper TV” televizori o‘zida “LG” kompaniyasining “True Wireless” texnologiyasini hamda o‘ziga xos “Wallpaper” dizaynini mujassam etadi.
    Yangi model taxminan 9 mm² qalinlikdagi o‘ta yupqa displeyga ega bo‘lib, bu devor bilan bir butun yuza effektini yaratadi. Elektr ta’minoti bloki va dinamiklarni o‘z ichiga olgan asosiy komponentlar bevosita ekranga integratsiya qilingan, barcha tashqi qurilmalar ulanadigan alohida “Zero Connect Box” bloki esa tartibli va vizual jihatdan toza makonni ta’minlash maqsadida 10 metrgacha bo‘lgan masofada joylashtirilishi mumkin.
    Simsiz ulanish imkoniyatlarini rivojlantirgan holda, LG kompaniyasi, shuningdek, signallarni simsiz uzatishda tasvir sifatining yuqori darajada saqlanishi va vizual yo‘qotishlar yo‘qligini tasdiqlovchi “TÜV Rheinland True Wireless Lossless Vision³” sertifikatiga ham sazovor bo‘ldi.



    “Wallpaper TV”dan tashqari, LG kompaniyasining yaxlit, puxta o‘ylangan dizayn va foydalanish qulayligi o‘zida uyg‘unlashgan boshqa ko‘plab qurilmalari ham e’tirof etildi.
    G‘oliblar qatorida o‘rnatish jarayonini qulaylashtiruvchi va makonga tartibli integratsiyani ta’minlovchi “Zero Clearance™⁴” ilgaklar tizimiga ega “French door” formatidagi muzlatkich; nafis va minimalist dizayndagi “LG Whisen Objet Collection Cool” konditsioneri; shuningdek, foydalanuvchi so‘rovi va xona xususiyatlariga ko‘ra “Dolby Atmos” hajmiy ovozini avtomatik ravishda moslashtiruvchi hamda qo‘shimcha murakkab sozlamalarsiz kinoteatrdagi kabi yangrashni ta’minlovchi “LG Sound Suite” modulli uy audio tizimi bor.

    LG kompaniyasining dizayn sohasidagi raqobatbardoshligi istiqbolli yo‘nalishlardagi innovatsion yechimlar orqali ham qayd etildi.
    Iste’molchilarga kundalik uy ishlarida ko‘maklashishga, inson ovozi va imo-ishoralarini tanib olishga, shuningdek, turli “yuz ifodalari” yordamida his-tuyg‘ularini ifodalashga qodir bo‘lgan “LG CLOiD” uy roboti ham mukofotga loyiq ko‘rildi.
    “LG Therma V™” (AWHP) issiqlik nasosining ichki bloklari – “Control”, “Hydro” va “Combi” modellari ham uyg‘un dizayni hamda diagonali 6,8 dyuym bo‘lgan, intuitiv tushunarli rangli sensorli interfeysi uchun e’tirof etildi. Ushbu yechimlar puxta o‘ylangan dizayn va qulay boshqaruvni o‘zida mujassam etgan holda, uyni samarali isitish va issiq suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
    Bundan tashqari, Chikagodagi (AQSH) “SKS” shourumi makonning premium dizayni uchun alohida mukofot bilan taqdirlandi.

    Boshqa e’tirof etilgan mahsulotlar qatorida “xboom” akustik tizimlari, “UltraGear” o‘yin monitorlari va “LG gram” noutbuklari bor.

    “Biz istiqomat qilish makoniga tabiiy ravishda uyg‘unlashadigan va kundalik foydalanishda qulaylikni oshiradigan, foydalanuvchiga yo‘naltirilgan dizayn yechimlarini yaratishda davom etamiz”, – deb ta’kidladi “LG Electronics” kompaniyasining “Corporate Design Center” bo‘limi rahbari Chon Uk Chjun.

    # # #


    1 Simsiz OLED-televizor deganda, “Zero Connect” bloki va ekran o‘rtasidagi ulanish tushuniladi. Vizual yo‘qotishlarsiz – “ISO/IEC 29170-2” standartiga muvofiq o‘tkazilgan ichki sinov ma’lumotlariga ko‘ra; haqiqiy ko‘rsatkichlar ulanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
    2 Haqiqiy qalinlik 9,95 mm ni tashkil etadi va o‘lchash sharoitlariga qarab biroz farq qilishi mumkin.
    3 Vizual yo‘qotishlarsiz – “ISO/IEC 29170-2” standartiga muvofiq o‘tkazilgan “TÜV Rheinland” sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga ko‘ra. Haqiqiy ko‘rsatkichlar va unumdorlik ulanish holati hamda foydalanish shartlariga qarab farq qilishi mumkin.
    4 Ma’qul ish faoliyatini ta’minlash uchun LG muzlatkichning yon devorlari va devor orasida 0,16 dyuym (4 mm) miqdorida tirqish qoldirishni tavsiya etadi.

    LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida
    LG Electronics – deyarli barcha mamlakatlarda o‘z vakolatxonalariga ega bo‘lgan hamda 75 000 dan ortiq xodimni birlashtirgan texnologiyalar va maishiy elektronika sohasidagi jahon miqyosidagi novatordir. LG kompaniyasining to‘rtta bo‘linmasi – “Home Appliance Solution”, “Media Entertainment Solution”, “Vehicle Solution” va “Eco Solution” 2025-yilda birgalikda 89,2 trillion vondan ortiq global daromadni ta’minladi. LG – televizorlar, maishiy texnika, konditsionerlar, monitorlar, avtomobil butlovchi qismlari va yechimlarini o‘z ichiga olgan iste’mol hamda tijorat tovarlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi, uning “LG SIGNATURE” premium brendlari va intellektual “LG ThinQ” tizimi esa butun dunyoga mashhur. Oxirgi yangiliklarni olish uchun https://www.lg.com/kz/ saytiga tashrif buyuring.

    OAV uchun kontaktlar:

    Sharapiyeva Dina Mautxanovna      Boldireva Yelizaveta Viktorovna
    +7 701 727 22 27                       +7 771 411 30 22
    dina.sharapieva@tagmedia.kz      e.boldyreva@tagmedia.kz