Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
12/4/2023
4/12/2023
2023/12/04
URL-manzil vaqtinchalik xotiraga nusxalanadi.
Texnologiya bilan to'yingan dunyoda ekranlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Smartfonlar va televizorlardan tortib noutbuk va monitorlargacha insoniyat doimiy ravishda ekranlar bilan o'zaro aloqada bo'lib, yanada uyg'un va moslashtirilgan foydalanuvchi tajribasiga intiladi. Shu maqsadda LG “Siz uchun moslashtirilgan, hamma uchun ochiq” deb nomlangan ekranlar kelajagi haqidagi tasavvurini taqdim qildi.
LG kompaniyasining maqsadi nafaqat yuqori sifatli ekranlar yaratish, balki ularning har bir insonning individual ehtiyojlarini qondirishini ta'minlashdir. Ularning bayonotiga ko'ra, bu sizning turmush tarzingizga to'liq mos keladigan noyob taasurot yaratish majburiyatidir.
Ushbu qarashning asosiy jihatlaridan biri shaxsiylashtirishdir. LG foydalanuvchilarning xohish-istaklari, kundalik vazifalari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda mahsulotni yanada moslashuvchan va intuitiv qilish yo‘llarini o‘rganmoqda. Ular ekranlarga o'z mijozlarini "tushunish" imkonini beruvchi texnologiyalarni yaratishga intiladi, moslashtirilgan yechimlar va xususiyatlarni taklif qiladi.
Bundan tashqari, LG o'z texnologiyalaridan foydalanishda "Hamma uchun ochiq" yondashuvini taklif etadi. Bu innovatsiyalarimizni baham ko‘rish va ularni kengroq auditoriyaga yetkazishga intilish demakdir, ya'ni har bir kishi uchun o'z ishlanmalarini izolyatsiya qilish o'rniga, innovatsiyalar o'zaro ta'sir qilishi, bir-birini to'ldirishi va yaxshilashi mumkin bo'lgan kengroq ekotizim yaratish uchun boshqa kompaniyalar va ishlab chiquvchilar bilan hamkorlik qilishga e'tibor qaratiladi.
Ekranlardagi texnologik yutuqlar odamlarning kundalik hayotida muhim rol o'ynaydi va nafaqat tegishli insonlarga, balki hamma uchun ochiq bo'lgan tajribalarni yaratish muhimdir. LG tomonidan taqdim etilgan “ Siz uchun moslashtirilgan, hamma uchun ochiq” g‘oyasi hamma uchun yanada moslashuvchan, moslashtirilgan va inklyuziv ekran taasurotini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.
LG televizorlari insonlarning yoshidan qat'iy nazar hamma foydalanishi uchun mo'ljallangan. Turli nogironligi bo‘lgan odamlardan tashkil topgan foydalanish imkoniyati bo‘yicha maslahat guruhi bilan maslahatlashgan holda, LG doimiy ravishda inklyuziv texnologiyalar va funksiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. LG televizorlarida mavjud bo‘lgan joriy funksiyalar qatoriga audioni matnga aylantiruvchi subtitrlar, shuningdek, o‘lchami osongina sozlanishi va foydalanuvchi hohishiga ko‘ra ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan imo-ishora tili ekrani mavjud. Bundan tashqari, LG televizorlari keksa foydalanuvchilar va bolalar uchun maxsus xizmatlarni taklif etadi.1
Ekologik barqarorlik LG televizori va LG kompaniyasi falsafasining muhim jihati hisoblanadi. Barcha LG televizorlari biologik parchalanadigan materiallardan tayyorlangan bitta rangli bosma qutilarda keladi. Bundan tashqari, televizorlarning o'zida qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan qismlar mavjud. LG OLED televizorlari ekologik tozaligi nuqtai nazaridan alohida e'tiborga loyiqdir, chunki ular kamroq komponentlarni talab qiladi va LCD displeylari bilan solishtirganda yaxshi qayta ishlanadi. Orqa yorug'likning yo'qligi va umuman kamroq qismlar kabi xususiyatlari tufayli ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilish kamroq xarajatlarni talab qiladi.
LG tomoshabinlarga noyob va uzluksiz mahsulot hissiyotini taqdim etish uchun o‘z mahsulotlarini innovatsiyalar va takomillashtirishda davom etmoqda. Ularning shaxsiylashtirish va ochiqlikka qaratilishi kundalik tajribamizni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni rivojlantirishda muhim qadamdir.
Shunday qilib, LG’ning “Siz uchun moslashtirilgan, hamma uchun ochiq” shiori nafaqat motivatsion shior, balki ekranlar shunchaki qurilmalar emas, balki hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, har bir foydalanuvchining ehtiyojlarini qondiradigan kelajakni yaratish bo‘yicha strategik qo‘llanmaga aylanadi.
###
1 - mintaqaga qarab