Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
03/01/2023
LAS-VEGAS, 2023-yil 3-yanvar – LG Electronics (LG) CES 2023 ko‘rgazmasida kengaytirilgan LG gram qatorini taqdim etadi, u ajoyib yangi gram Ultraslim va gram Style modellarining paydo bo’lishi tufayli har qachongidan ham ko‘proq xilma-xillikni taklif etadi. LG gram noutbuklari foydalanishda qulaylik va yuqori unumdorlikni ta’minlagan holda nafis, o'ta yengil form-faktorlarda premium xususiyatlarni birlashtirgan holda quvvat va mobillikni taqdim etishda davom etmoqda.
LG gram Ultraslim
CES 2023 ko‘rgazmasidagi LG gram ekspozitsiyasining asosiy hedlayneri eng ingichka gram modeli – yangi LG gram Ultraslim (Model 15Z90RT) hisoblanadi. Ultraslim - bu maksimal portativlikka intilayotgan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan noutbuk. Uning ultra yengil vazni bor-yo‘g‘i 998 grammni, chuqurligi (yopiq holatda) esa atigi 10,99 millimetrni tashkil etadi, bu smartfon yoki bloknotning qalinligiga mos keladi. Bu 2023 qatoridagi eng yupqa LG gram ekanligiga qaramasdan, 15Z90RT ajoyib tasvir sifati va ishlov berish quvvatini saqlab qoladi, chunki u 15,6 dyumli nurga qarshi qoplamaga ega (Anti-glare Low Reflection, AGLR) OLED displeyi va Intel® Core ™ 13-avlod protsessoriga ega. Ultra ixcham adapter yangi modelning portativligini yanada oshiradi1.
LG gram Style
16 dyumli va 14 dyumli versiyalarda (16Z90RS va 14Z90RS modellari) taqdim etilgan LG gram Style noutbuklari qayerda bo’lishmasin, o'ziga xos uslublarini ifoda etishni yaxshi ko'radigan odamlar uchun ishlab chiqilgan. Gram Style modellarining har ikkalasi ham shisha sirt effektili elegant dizaynga ega bo‘lib, har bir mavjud rang variantiga yorug‘lik va burchakdan kelib chiqib harakatlanuvchi va siljuvchi dinamik nur va o‘zgarishlarni beradi. Dizaynga e'tibor yangi modellarning ichki qismida ham davom etadi, bunda yumshoq LED pastdan yorituvchisiga ega bo’lgan "yashirin" sensorli panel foydalanuvchi tekkanida yonadi.
LG gram Style noutbuklari foydalanuvchilari estetikaga e'tibor yuqori darajada bo’lishiga qaramasdan, faqatgina jozibali tashqi ko'rinishga ega bo’lishdan-da ko’prog’iga erishadilar. Har bir noutbukda yuqori yangilanish chastotasi, 13-avlod Intel® Core™ protsessori va Gen4 NVMe™ qattiq holatdagi to’plagich (SSD) bilan nurga qarshi past darajada akslantiruvchi qoplamaga ega (AGLR) OLED 16:10 displeyi bilan jihozlangan. 2023 gram keng qatoridagi barcha boshqa modellar singari, 16Z90RS va 14Z90RS Thunderbolt 4 va HDMI interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, bu yil LG gram uchun yangilik bo‘lgan Dolby Atmosga ega atmosfera tovushini taklif qiladi.
2023-yil uchun yangi Ultraslim va Style modellari bilan bir qatorda bu yilgi qatorga yangi gram 17, 16, 15 va 14 noutbuklar (modellar 17Z90R, 16Z90R, 15Z90R va 14Z90R) taqdim etildi. Ularning har biri brend uchun yuqori mahsuldorlik va yengil, ixcham dizayn kombinatsiyasini taqdim etadi. Mahsuldorlik va o’yin uchun juda mos, eng yangi 17 dyum va 16 dyumli modellarda NVIDIA GeForce™ RTX 3050 4GB Laptop grafik protsessor, 13-avlod Intel® Core™ protsessor va Gen4 NVMe™ qattiq holatdagi to’plagich mavjud. Yangi modellarning har birining og‘irligi 1,45 kg dan kam – katta batareyaga2 ega bo‘lishiga qaramasdan, bir quvvatlanishda3 20 soatdan ortiq video o’qishni ta’minlay oladi – va Gram Ultraslim modeli yetkazib berish komplektiga kiruvchi xuddi o’sha qulay ixcham adapter bilan birga yetkazib beriladi.
Eng yangi LG gram modellari ham yuqori tasvir sifatini taklif etadi, barcha modellarda nurga qarshi qoplamali IPS paneli ishlatiladi. Bu yil yangiligi, oʻzgaruvchan yangilanish chastotasi qoʻllab-quvvatlashi (VRR)4 LG gram foydalanuvchilariga oʻyin oʻynayotganda uzilishlarsiz yoki to’xtashlarsiz silliq grafikadan bahramand boʻlish imkoniyatini beradi, Dolby Atmos qoʻshilishi esa filmlar, musiqa va oʻyinlarni jonlantirishga yordam beradigan jozibali ovoz bilan taʼminlaydi.
LG gram 2-tasi-1da va + LG gram uchun viewda, shuningdek, yangilangan 2023-yil modellari taqdim etilgan. 16 va 14 dyumli o'lchamlarda (16T90R va 14T90R modellari) chiqariladigan yangi 2-tasi-1da foydalanuvchilarga ular xohlagan vaqtda noutbuk va planshet o'rtasida (yoki aksincha) almashtirish erkinligini beradi. 4 tomonli o‘ta yupqa ramka va mustahkam va yupqa alyuminiyli korpus bilan bir qatorda, “Transformatsiyalanuvchi” eng so’nggi modeldag LG gram – LG Stylus Pen (Wacom AES 2.0) perosi yordamida foydalanish uchun optimallashtirilgan, oldindan o‘rnatilgan eslatma va chizish ilovalari to‘plamini taqdim etadi. Bundan tashqari, LG gram (Model 16MR70) uchun LG +view portativ monitori foydalanuvchilarga qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, ekranni ikki baravarga kattalashtirish va ko‘p vazifalarni bajarishdan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi. Yangi yil uchun maxsus takomillashtirilgan LGning eng so‘nggi versiyadagi portativ ekrani bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmaga ulanish va ikki tomonlama quvvat uzatish manbai qulayligini ta’minlash uchun ikkita USB Type-C™ porti bilan jihozlangan.
“Eng yangi gram Ultraslim va gram Style modellarining paydo bo’lishi bilan 2023-yilgi LG gramlar qatori yanada xilma-xil bo‘lib bormoqda”, — deydi So Yon-je (Seo Young-jae), LG Electronics Business Solutions Company katta vitse-prezidenti va IT bo'limi rahbari. “Soʻnggi oʻn yil ichida ultra yengil noutbuklar bozorida yetakchi brend boʻlmish LG gram butun dunyo bo‘ylab iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlari va didlarini qondirish uchun yangi form-faktorlarni joriy etishda davom etadi”.
5-8 yanvar kunlari Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan CES 2023 koʻrgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG stendida (#15501, Las Vegas Convention Center) eng soʻnggi LG gram mahsulotlarini koʻrishlari mumkin. Yangi LG gram qatori butun dunyo bo‘ylab, jumladan, keyingi oydan boshlab Janubiy Koreyada5 sotuvga chiqariladi.
Texnik xususiyatlari:
|
LG gram Ultraslim (15Z90RT) |
LG gram Style (16Z90RS) |
LG gram Style (14Z90RS) |
LG gram 2-tasi-1da (16T90R) |
LG gram 2-tasi-1da (14T90R) |
Displey o’lchovi |
15,6- dyumli |
16- dyumli |
14- dyumli |
16- dyumli |
14-dyumli |
Ruxsat |
FHD (1920 x 1080) OLED |
WQXGA+ (3200 x 2000) OLED |
WQXGA+ (2880 x 1800) OLED |
WQXGA (2560 x 1600) sensorli IPS displey, himoya shishasi Corning® Gorilla Glass® Victus® |
WUXGA (1920 x 1200) sensorli IPS displey, himoya shishasi Corning® Gorilla Glass® Victus® |
Yorug’lik (Oddiy) |
400 nit |
400 nit |
400 nit |
350 nit |
350 nit |
Yangilanish chastotasi |
60 Gts |
120 Gts |
90 Gts |
60 Gts |
60 Gts |
Og’irlik, g |
998 g |
1230 g |
999 g |
1480 g |
1250 g |
Gabaritlari |
356,0 x 227,45 x 10,99 -12,55 mm |
355,1 x 241,3 x 15,9 mm |
311,6 x 213,9 x 15,9 mm |
356,6 x 248,3 x 16,95 mm |
314 x 219,5 x 16,75 mm |
Batareya |
60 Vt*s |
80 Vt*s |
72 Vt*s |
80 Vt*s |
72 Vt*s |
Protsessor |
Intel® Core™ 13-avlod |
||||
Grafika |
Grafik yadro Intel Iris Xe |
||||
Xotira |
8 Gb / 16 Gb / 32 Gb LPDDR5 |
||||
Ma’lumotlarni saqlash hajmi |
256 Gb / 512 Gb / 1 Tb (Gen4 NVMe™) |
||||
Dinamika |
2,0 Vt x 2 |
3,0 Vt x 2 |
2,0 Vt x 2 |
2,0 Vt x 2 |
2,0 Vt x 2 |
Ishonchlilik standarti |
Armiya standarti MIL-810H |
||||
Kirish/chiqarish portlari |
2x Type C (TBT4, PD), 1x Type C (PD), H/P |
2x Thunderbolt 4, 1x USB 3.1, Micro SD, H/P |
2x Thunderbolt 4, 1x USB 3.2, Micro SD, H/P |
||
Dasturiy ta'minot |
LG Smart Assistant LG Glance by Mirametrix® PCmover Professional, OLED Care |
LG Smart Assistant, LG Glance by Mirametrix®, PCmover Professional |
LG Smart Assistant LG Glance by Mirametrix®, PCmover Professional, Wacom notes, Bamboo Paper LG Pen Settings |
||
Web-kamera |
Kamera FHD IR |
||||
Aksessuarlar |
- |
- |
- |
Pero-stilus LG (Wacom AES 2.0 & WGP) Adapter USB-C HDMI ga |
|
LG gram 17 (17Z90R) |
LG gram 16 (16Z90R) |
LG gram 15 (15Z90R) |
LG gram 14 (14Z90R) |
|||
Displey o’lchovi |
17-dyumli |
16- dyumli |
15,6- dyumli |
14- dyumli |
|||
Ruxsat |
WQXGA (2560 x 1600) IPS |
WQXGA (2560 x 1600) IPS |
FHD (1920 x 1080) IPS |
WUXGA (1920 x 1200) IPS |
|||
Yorug’lik (Oddiy) |
350 nit / 400 nit (VRR) |
||||||
Yangilanish chastotasi |
31-144 Gts (VRR), 60 Gts (normal) |
60 Gts |
60 Gts |
||||
Og’irlik, g |
1350 g (iGPU) 1450 g (dGPU) |
1199 g (iGPU) 1299 g (dGPU) |
1140 g |
999 g |
|||
Gabaritlari |
378,8 x 258,8 x 17,8 mm |
355,1 x 242,3 x 16,8 mm |
356,1 x 222,9 x 17,4 mm |
312 x 213,9 x 16,8 mm |
|||
Batareya |
80 Vt*s (iGPU) 90 Vt*s (dGPU) |
80 Vt*s (iGPU) 90 Vt*s (dGPU) |
80 Vt*s |
72 Vt*s |
|||
Protsessor |
Intel® Core™ 13-avlod |
||||||
Grafika |
NVIDIA GeForce RTX 3050 4 Gb noutbuklar uchun grafik protsessor |
||||||
Xotira |
8 Gb / 16 Gb / 32 Gb LPDDR5 |
||||||
Ma’lumotlarni saqlash hajmi |
256 Gb / 512 Gb / 1 Tb (Gen4 NVMe™) |
||||||
Dinamika |
2,0 Vt x 2 (iGPU), 3,0 Vt x 2 (dGPU) |
2,0 Vt x 2 (iGPU), 3,0 Vt x 2 (dGPU) |
1,5 Vt x 2 |
1,5 Vt x 2 |
|||
Ishonchlilik standarti |
MIL-STD-810G |
||||||
Kirish/chiqarish portlari |
2x Thunderbolt 4, 1x HDMI, 2x USB 3.1, Micro SD, H/P |
||||||
Dasturiy ta'minot |
LG Smart Assistant, LG Glance by Mirametrix®, PCmover Professional |
||||||
Web-kamera |
IK-sensorga ega Web-kamera Full HD |
# # #
[1] Ba’zi bozorlarda sotiladigan 2023 LG gram seriyasi majmuasiga ultra ixcham adapter kiritilgan.
2 17Z90R va 16Z90R modellari 90 Vt*soat hajmli akkumulyator bilan jihozlangan.
3 LG tomonidan sinovdan o‘tgan, displey yorqinligi 150 nitdan kam, simsiz aloqa o‘chirilgan, kontent Microsoft Movies & TV orqali ijro etiladi, quloqchinlar ulangan.
4 O'zgaruvchan yangilanish chastotasi (VRR) faqat GPU opsiyasiga ega 17Z90R va 16Z90R modellarida qo'llab-quvvatlanadi.
5 Savdoni boshlash sanasi model va bozorga qarab farq qilishi mumkin.