Las-Vegas, 4-yanvar 2023-yil — LG Electronics (LG) iste’molchi bozori uchun Zero Connect1 texnologiyasiga ega bo’lgan dunyodagi birinchi televizor, real vaqt rejimida 4K 120 Gts gacha chastotaga ega bo‘lgan video va audio uzatish imkoniyatiga ega simsiz yechim – o’zining 97 dyuymli LG SIGNATURE OLED M televizorini (Model M3) taqdim etadi. Inqilobiy yangi M3 OLED televizori yuqori tasvir va ovoz sifati, shuningdek, o‘rnatish va ulanishning yirik moslashuvchanligini ta’minlaydi. Texnologiya va dizaynning ajoyib yutug’i bo‘lgan LG OLED 4K simsiz televizori CES 2023 Innovation Awards mukofotining ikkita nominatsiyasida g‘olib chiqdi.2
Tashqi qurilmalarni ulash uchun barcha kirish portlari orqa yoki yon tomonda joylashgan oddiy televizorlardan farqli o‘laroq, M3 LGning 97 dyuymli kinematografik ekraniga video va audio signallarni simsiz ravishda yuboradigan alohida Zero Connect bloki bilan yetkazib beriladi. Televizordan uzoqroqda joylashtirilishi mumkinligi sababli, Zero Connect bloki chalg’ituvchi faktorlarsiz tomosha qilish uchun toza vizual muhit yaratishga yordam beradi va foydalanuvchilarga o'z muhitlarini tartibga solishda ko'proq erkinlik beradi. Blok kabel/sun'iy yo'ldosh pristavkalari va o'yin konsollari kabi tez-tez ishlatiladigan HDMI qurilmalarini ulash uchun bir nechta portlar bilan jihozlangan, shuningdek, yanada boyroq, kuchliroq ovoz va qo'shimcha kabelsiz qulaylik uchun mos keladigan ovozli barlarga simsiz ulanishi mumkin. M3 va uning Zero Connect bloki foydalanuvchilarga o‘z muhitlarini boshqarishda ko‘proq erkinlik berish bilan birga, foydalanuvchilarga yangi LG OLED televizorini chigal kabellarsiz osongina o‘rnatish imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning tomoshadan rohat olishlariga xalaqit beradigan simlarsiz, One Wall Designli 97 dyuymli televizorning nafis minimalizmi uni yanada jozibaliroq qiladi.

LGning simsiz yechimi M3ning OLED ekraniga ishonchli video va audio uzatilishini ta’minlash uchun eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanadi, bu esa foydalanuvchilarga 4K 120 Gts chastotada kontentdan bahramand bo‘lish va aniq, tiniq ovozdan uzilishlarsiz yoki sifat yomonlashuvlarisiz foydalanish imkonini beradi. Ma'lumotlarni pristavkadan televizorga uzluksiz uzatishni ta'minlash uchun kompaniya optimal uzatish yo'lini bir zumda aniqlaydigan algoritm ishlab chiqdi. Algoritm, shuningdek, uzatish xatoliklari yoki buzilishlarini minimallashtirishga yordam beradi, chunki u xonaning o'zida bo'lgan o'zgarishlarni, masalan, odamlar yoki uy hayvonlarining xona bo’ylab harakatini taniy oladi va shunga mos ravishda yo'llarning yo’nalishini o’zgartiradi. Bundan tashqari, maksimal signal intensivligi uchun pristavkaning antennasi televizor joylashgan joyga mos kelishi uchun osongina aylantirilishi va/yoki egilishi mumkin. Maksimal foydalanish qulayligi uchun Zero Connect ovozni aniqlashni qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni foydalanuvchilar M3 va ulangan qurilmalarni oddiy ovozli buyruqlar yordamida yoqishlari va boshqarishlari mumkin.

Ta'sirchan ekran o'lchamiga qaramasdan, M3 o'zining One Wall Design ixcham dizayni tufayli interyerga osonlik bilan kirib boradi. M3 va uning o‘rnatilgan kronshteynlari ko‘rinadigan bo‘shliqlarsiz devorga mahkam o‘rnashib, televizorning ajoyib tasvir sifatini o‘z-o‘zidan yorituvchi piksellar bilan to‘ldiradigan nafis badiiy galereya estetikasini yaratadi.
Zero Connect simsiz yechimiga ega bo’lgan zamonaviy 4K LG OLED televizori 5-8 yanvar kunlari CES 2023 ko‘rgazmasida kompaniya stendida namoyish etiladi (#15501, Central Hall, Las Vegas Convention Center). Ijtimoiy tarmoqlarda #LGCES2023 xeshtegiga obuna bo’lish orqali LG kompaniyasining CESdagi barcha qiziqarli anonslarini kuzatib boring.
# # #
1 Televizor ekrani va AV-bloki o'rtasida simsiz ulanish.
2 Video ekranlar va o'rnatilgan texnologiyalar.