Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
05/01/2023
LAS-VEGAS, 5-yanvar, 2023-yil — LG Electronics (LG) Las-Vegasdagi Mandalay Bay konferensiya markazida jahon premyerasiga bag’ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi. “Yaxshi hayot” (Life's Good) tushunchasi doirasida LG bosh direktori Uilyam Cho (William Cho) barcha uchun eng yaxshi bugungi kun va barqaror kelajakni ta’minlash uchun innovatsiyalar yaratish bo'yicha olib borilayotgan kompaniyaning doimiy sa'y-harakatlari haqida gapirdi.
O‘z chiqishi boshida, janob Cho har qanday noaniqliklarga qaramasdan, kompaniyaning yangi vazifalarni hal qilishga sodiqligini, shuningdek, mijozlarning ehtiyojlariga e’tibor qaratishini ta’kidlab o’tdi. “Barcha innovatsiyalarning boshlanishi va oxiri bizning mijozlarimizdir. Va aynan bizning ishlanmalarimiz yordamida biz ularning yuzlariga tabassum olib kelishga intilamiz”, - deya davom etdi kompaniya bosh direktori.
Yaxshi hayot uchun mijozlarga yo'naltirilgan innovatsiyalar
Janob Cho LG kompaniyasining televizor ko‘rish ta’sirini butunlay o‘zgartirgan LG OLED kabi ilg‘or innovatsiyalarni joriy etish orqali o‘z mijozlari uchun yangi qiymat yaratishga sodiqligini ta’kidlab o’tdi. O‘zining 10 yilligini nishonlayotgan LG OLED tasvir sifati va iste’molchi tajribasi uchun sanoat standartini o‘rnatishda davom etmoqda. Kompaniya o’z mijozlari taassurotlarini yanada kengaytirish va ularga kontentdan bahramand bo‘lishning yangicha imkoniyatini taqdim etish maqsadida LG televizorlariga turli xil yangi interaktiv xizmatlarni, jumladan MasterClass onlayn ta’lim platformasi, MaxPro mashg’ulotlar ilovasi va Sansar metaolam xizmatini taqdim etish bo‘yicha hamkorlar bilan faol ishlar olib bormoqda.
LG bosh direktori janob Cho, kompaniya uzoq muddatli va mashaqqatli mehnati natijasida avtomobil komponentlari ishlanmalari biznesi orqali o'zini avtomobil sanoati uchun afzal innovatsion hamkorlardan biri sifatida tavsiya qilgan holda mobillik sohasiga ham oydinlik kiritib o’tdi. LG avtomobilda xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash uchun iste'molchilarning maishiy elektronika, ilg'or texnologiyalar va turli fan sohalari bo'yicha o’z bilimlaridan foydalangan holda ushbu sanoatning ba’zi eng taniqli brendlari bilan kuchlarni birlashtirdi.
Bundan tashqari, janob Cho noyob modernizatsiya va personalizatsiya imkoniyatlarini taklif etuvchi LG ThinQ UP, yangi toifadagi “rivojlanayotgan” maishiy texnika haqida so‘zlab berdi. Premium sinfi qatorga rangini foydalanuvchi didi, kayfiyati yoki oshxona interyeriga mos ravishda o‘zgartirishi mumkin bo’lgan MoodUP™ funksiyasiga ega bo’lgan LG muzlatgichi kabi ilg’or mahsulotlar kiradi.
Mijozlarning tajribasini kengaytiruvchi kelajak bizneslari
Janob Cho kompaniyaning hammani birdek yaxshi hayot bilan ta'minlash maqsadida o’zining barcha mahsulot va yechimlarida "birinchi", "noyob" va "yangi" tajribani taqdim etish maqsadini ta'kidlab o’tdi. Turli sohalarda mijozlar tajribasini kengaytirish maqsadida LG, shuningdek, xodimlar o‘rtasida innovatorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi chaqiriqlarga dadil moslashtirishga undash bo‘yicha ichki dasturlarni amalga oshiradi.
CES ko‘rgazmasida LG kompaniyasi LG Labs doirasida ishlab chiqilgan ayrim mahsulotlarni taqdim etdi. Kompaniyaning ushbu yangi loyihasi eksperimental g'oyalar va ijodiy konsepsiyalarga asoslangan mahsulotlar, xizmatlar va marketing faoliyatini kompaniyaning ichki va tashqi tomonidan o'z ichiga oladi. Misol uchun, Hover Gym - bu foydalanuvchilarga gantelsiz mashq qilish imkonini beruvchi dvigatelni boshqarish texnologiyasidan foydalanadigan fitnes yechimi. Excicle - bu binoda velosiped haydash tajribasini taqdim etuvchi uyda mashq qilish innovatsiyasi. Brid.zzz - bu foydalanuvchilarga dam olishga yordam beradigan ritmlarni yaratish uchun miya to'lqinlarini tutuvchi optimal uyqu yechimidir. Pluspot – simsiz zaryadlash stansiyalarida elektr velosipedlar va elektr samokatlar kabi shaxsiy transport vositalarini o'rnatish uchun mukofotlar taqdim etuvchi xizmat ko'rsatish platformasi.
LG elektromobillarni (EV) zaryadlash, raqamli sog'liqni saqlash va webOS platformasi uchun kontent xizmatlari kabi yangi sohalarni qamrab olish uchun o'z biznes portfelini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, kompaniya asosiy “kelajak” texnologiyalariga, jumladan, sun’iy intellekt va 6Gga investitsiyalarini oshirmoqda va LG NOVA (LG Shimoliy Amerika innovatsiyalar markazi) orqali startaplar bilan hamkorlik qilmoqda.
LG bosh direktori janob Cho, shuningdek, kompaniyaning turli sohalardagi jahon yetakchilari bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab o’tdi. Mijozlar huzuri uchun ko'proq kontent taqdim etish maqsadida kompaniya ko'plab hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qildi.
Konferensiyada janob Cho LGning asosiy kontent xizmati hamkorlaridan biri, Paramount Streaming prezidenti va bosh direktori Tom Rayanni tanishtirdi. Janob Rayan o‘z nutqida ikki kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab o‘n millionlab mijozlarga noyob tajribani taqdim etish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi. “Pluto TV – bu chorakda butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq kanalni o‘z ichiga olgan holda LG Channels bilan integratsiyamizni kengaytiradigan yetakchi bepul televizion oqim xizmatidir”, dedi bosh direktor Tom Rayan. O’z nutqi yakunida janob Rayan ikkala hamkor ham birgalikda 2023 yilda hamkorlik va imkoniyatlarni kengaytirishda davom etishini ta’kidladi.
Yaxshi kelajakni yaratish majburiyati
O‘z taqdimotini yakunlar ekan, janob Cho LG mas’uliyatli korporativ fuqaro sifatida barqaror kelajak ta’minlashga doimiy sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va kompaniyaning barcha uchun yaxshiroq kelajak yaratishga yo’naltirilganligini ta’kidladi. Sa’y-harakatlarga, shuningdek, 2011-yildan buyon 4000 dan ortiq yoshlarga IT- texnologiyalari sohasida ko‘nikmalarni egallash imkonini bergan Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun Global IT Challenge (GITC) ham kiradi.
Shuningdek, kompaniya bosh direktori nogironlar va keksalar uchun qulaylik yaratish maqsadida LG mahsulot va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va’dasini ham eslatib o‘tdi. 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va turli qobiliyatlarga ega bo‘lgan a’zolar va foydalanish imkoniyati bo‘yicha mutaxassislardan iborat bo’lgan “LG Nogironlar uchun maslahat guruhi”ning fikr-mulohazalariga asoslanib, LG doimiy ravishda hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘siqsiz mahsulotlarni taqdim etadi. Janubiy Koreyada kompaniya foydalanish imkoniyatini yaxshilash bo‘yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, jumladan, audio va imo-ishora qo‘llanmalarini o‘z ichiga olgan mahsulot qo‘llanmalarini ishlab chiqish, maishiy texnika vositalariga Brayl stikerlarini tarqatish va imo-ishora tili bo‘yicha maslahat markazlarini ishga tushirish.
Janob Cho kompaniya tomonidan yaxshi hayot haqidagi qarashlarini ilgari surish va odamlar va sayyoraga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan innovatorlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan innovatsion tanlov – LIFE GOOD AWARD birinchi premiyasining to‘rtta finalchisini e’lon qildi. Finalchilar – Day1Lab, Dot Inc., NONA Desalination va SOLUTUM – o‘zlarining ilg‘or yechimlarini takomillashtirish va ishga tushirishda yordam berish uchun LG tomonidan ko‘mak oladilar. 16-yanvar kuni Janubiy Koreyaning Seul shahridagi LG Science parkida to‘rtta jamoa o‘z g‘oyalarini taqdim etishganidan so‘ng, umumiy mukofot jamg‘armasi 1,05 million AQSh dollari mukofotlar reytingiga ko‘ra g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi.