Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
08/01/2023
LAS-VEGAS, 2023-yil 8-yanvar — LG Electronics (LG) CEO Uilyam Cho (William Cho) va asosiy rahbarlar Las-Vegasda Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida kompaniyaning kelajakka oid qarashlari va biznes raqobatbardoshligini kuchaytirish strategiyasini taqdim etdi.
LG CEO o‘z nutqi avvalida uzoq davom etgan global iqtisodiy inqiroz va ta’minot zanjirining davom etayotgan beqarorligi tufayli yuzaga kelgan noaniqliklarga qaramasdan, kompaniyani rivojlantirish salohiyati davom etishini ta’kidladi. “Mijozlarimizga yangi tajribalar va qiymatlarni yetkazib berishga e’tibor qaratish orqali har doim imkoniyatlarni topish mumkinligiga ishongan holda, oldinga siljishda davom etamiz”, dedi janob Cho.
Prezident kompaniyaning asosiy faoliyati yo’nalishi bilan tanishtirdi: “Biz faqat qisqa muddatli xarajatlarni kamaytirishga e’tibor qaratibgina qolmasdan, maqsadli takomillashtirish orqali raqobatbardosh biznes tuzilmasini yaratamiz”. Shuningdek, Janob Cho quyidagilarni ham taʼkidlab o’tdi: “Buning uchun LG kompaniyasining mavjud korxonalari oʻz modellari va usullarini oʻzgartirish orqali mavjud cheklovlarni yengib oʻtadi. Shu bilan birga, yangi tuzilmalar o‘z innovatsiyalari va strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish orqali rivojlanadi”.
Apparatli va dasturiy yechimlar portfelini kengaytirish orqali kelajakdagi o'sish dvigatellarini ta'minlash
Matbuot anjumani davomida kompaniya rahbarlari LG kompaniyasining apparat taʼminotiga yoʻnaltirilgan biznesini dasturiy platformalar, kontent va xizmatlar kabi sohalarga kengaytirish rejalari haqida gapirdilar. Bunday yondashuv kompaniyaga mustaqil ravishda taklif qilinadigan yoki brendning innovatsion maishiy elektronika mahsulotlari bilan birlashtirilishi mumkin bo‘lgan individual xizmatlar va yechimlarni taqdim etish orqali o‘zining umumiy biznes portfelini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.
LG hozirda butun dunyo bo‘ylab kompaniyaning 180 milliondan ortiq smart-televizorlarini qo‘llab-quvvatlaydigan LGning intuitive ravishda tushunarli webOS platformasi asosida kontent va xizmat ko‘rsatish biznesini rivojlantirishda davom etadi. 2018 yildan 2022 yilgacha LGning webOS litsenziyalash biznesi o‘n baravarga o‘sdi. Platformadan foydalanish qulayligi, sozlanishi va premium xizmatlarning keng doirasi, jumladan LG Channels, IP-kanallarga ega bepul televidenie xizmati tufayli undan borgan sari ko’proq televizor ishlab chiqaruvchilari foydalanmoqda. 2022 yil holatiga ko‘ra, 300 dan ortiq televizor brendlari webOSni tanlashdi va LG doimiy ravishda o‘zining Smart TV imkoniyatlari va mosligini kengaytirib bormoqda. Kompaniya shuningdek, o'zining interaktiv kontentini ishlab chiqadi. Shunday qilib, LG Fitness – turli xil mashg’ulotlar videolarini ko'rish imkonini beruvchi ilovadir. LG Art Lab - bu NFT tokenlari yordamida san'at asarlarini yig'ish, sotish va namoyish qilish uchun platforma hisoblanadi. Ikkala xizmat ham CES 2023 Innovation Awardda innovatsion dizayn va foydalanuvchi tajribasi uchun e'tirof etildi.
LGning yana bir dasturiy yechimi bu LG ThinQ™ aqlli uy platformasi bo‘lib, u oddiygina maishiy qurilmalarni ulash doirasidan ancha tashqariga chiqqan. Ilova yanada shaxsiylashtirilgan tajriba yaratish uchun mijozlarning ko'rish faktlari bo'yicha ma'lumotlar to'plamidan foydalangan holda doimiy ravishda rivojlanib boradi.
LG Vehicle component Solutions (VS) hozirda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va kelajak texnologiyalariga 10 yillik uzluksiz sarmoya kiritilishi natijasida tez rivojlanayotgan elektromobillar (EV) komponentlari bozorida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Buyurtma portfeli o'tgan yili 80 trln. Janubiy Koreya voni miqdorida ba'zi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun ishonchli innovatsion hamkorga aylangan VS kompaniyasining global raqobatbardoshligini namoyish etadi.
VS shuningdek, keyingi avlod IVI (In-Vehicle Infotainment) axborot-ko'ngilochar tizimini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, bu yechim kompaniyaning elektromobil komponentlari ishlab chiqarish bo’yicha biznesining samaradorligi va obro'sini yanada oshirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, LG 2022-yilda elektromobillar uchun zaryadlovchi moslamalarga ixtisoslashtirilgan kompaniyani sotib olish va Janubiy Koreyaning Pyongtek shahridagi LG Digital Parkda ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish ishlarini amalga oshirgandan so‘ngm elektromobillarni quvvatlantirish yechimlari qatorini kengaytirmoqda.
LG VS elektromobillarni zaryadlash yechimini joriy qiladi va birlashtiradi, elektromobillarning zaryadlovchi qurilmalari va zaryadlashni boshqarish tizimlarini ishlab chiqadi va ishlab chiqaradi.
LG shuningdek, elektromobillar komponentlar sektoridan tashqari kelajakdagi asosiy texnologiyalarni ishlab chiqishni tezlashtirmoqda. Xususan, LG NOVA (LG Shimoliy Amerika Innovatsion Markazi) Shimoliy Amerikadagi istiqbolli texnologiya startaplariga ular bilan hamkorlikda raqamli sog’liqni saqlash va metaolam kabi sohalarda kelajakdagi o‘sish dvigatellarini ta’minlash maqsadida strategik sarmoya kiritmoqda. Misol uchun, LG yaqinda AQShning Amwell telemeditsina kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan masofaviy sog'liqni saqlash yechimini ishga tushirdi. Metaolamda LG o'rta va uzoq muddatli istiqbolda asosiy texnologiyalarni ta'minlash uchun hamkorlikni kengaytirish tarafdori.
Bundan tashqari, LG “kelajakning texnologik konveyeri”ni yaratish va butun kompaniya miqyosida dasturiy ta’minot raqobatbardoshligini kuchaytirishni maqsad qilgan. Tadqiqot va ishlab chiqish bo’yicha texnik director (CTO) istiqbolli dasturini jadallashtirish bilan birga, kompaniya dasturiy ta'minotni ishlab chiqish sanoatidagi eng yaxshi yosh mutaxassislarni jalb qilmoqda, shuningdek, mavjud xodimlar orasida dasturiy ta'minot dizayni va kodlash ko'nikmalarini rivojlantirmoqda.
LG, shuningdek, “kompaniya ichidagi kompaniya” (CIC - company-in-company) bo'linmalari, shuningdek, startaplar bilan hamkorlik va innovatsion tanlovlarga homiylik qilish orqali mijozlarga xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Innovatsion LG tiiun uy bog'dorchiligi qurilmasi uchun mas'ul bo’lgan Sprout kompaniyasini hisobga olganda, jami beshta CIC LG tomonidan boshqariladi.
Cheklovlarni yengib o'tish va iste'molchiga yo’naltirilgan samaradorlikka erishish
2023-yilda LG iste’molchilarga qulaylik va noyob qiymat taqdim etuvchi yangi mahsulot va xizmatlar bilan foydalanuvchi tajribasiga e’tibor qaratadi. O‘tgan yili kompaniya maishiy texnika sanoatiga yangi paradigmani taqdim etdi, ular vaqt o‘tishi bilan rivojlanishi va ko‘proq qiymat keltirishi mumkin bo‘lgan LG ThinQ™ UP shaxsiylashtirilgan yashash yechimlarini taqdim etdi. Ilgari faqat Janubiy Koreyada mavjud bo'lgan ThinQ UP qurilmalari joriy yildan e’tiboran Shimoliy Amerikadan boshlab butun dunyo bo'ylab sotiladi.
LG bu yil o’z toifasidagi yetakchi premium-sinfidagi maishiy texnikalarni taqdim etishda davom etadi, shu bilan birga 2023 yilgi qatorga MoodUP™ bilan jihozlangan LG kir yuvish mashinasi va muzlatgichlari kabi ilg‘or yechimlar kiradi. Shu bilan birga, kompaniya bozordagi yetakchilikni mustahkamlash uchun mahsulot turlarini yanada qulayroq segmentda kengaytiradi.
2023-yilda LG Home Entertainment o‘zining biznes tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi va yangi qarashni joriy etadi: “Siz bilan hamohang, Hamma uchun ochiq”. Ushbu yondashuv har bir mijozning ehtiyojlari, didi va turmush tarziga moslashtirilgan taassurotlarni yaratish muhimligini ta'kidlaydi va shu bilan birga barcha foydalanuvchilarni o'ziga jalb qiladi. Boshqa joyda topib bo'lmaydigan tabaqalashtirilgan qiymatni taqdim etgan holda, kompaniya webOS platformasidagi kontent va xizmatlarni yaxshilash orqali tomosha va foydalanuvchi tajribasini qayta ko'rib chiqishni o’ziga maqsad qilgan. 2023 yilga kelib webOSga qo'shilgan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi: o'zaro aloqani yaxshilash uchun yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega zastavka; foydalanuvchining tomoshasi tarixiga asoslangan shaxsiy tavsiyalarga ega bo’lgan keyingi darajadagi shaxsiylashtirish; CDX (Cross Device eXperience) - qurilmadan qurilmaga muammosiz o'tadigan foydalanuvchi interfeysi.
Uy muhitidagi ko‘ngilochar innovatsiyalar mavzusini davom ettirgan holda, LG o‘n yil davomida OLED televizorlari bozorida yetakchi bo‘lib kelmoqda, kompaniya brendi ostida jami 15 million donadan ortiq umumiy mahsulot yetkazib berilgan. LG bu yil o'zining raqobatbardosh ustunligini yangi OLED evo televizorlarini taqdim etish bilan saqlab qoladi, 2023 yilgi qatoriga qo'shimcha ravishda Zero Connect boxga ega bo’lgan OLED televizori ham kiradi.
"F.U.N." tajribasi asosida mijozning qiymatini ochib berish.
Kompaniya ular bilan ishlashda ko'proq innovatsiyalar kiritish va mijozlarga yo'naltirilgan biznes modelini yaratish uchun mijozlarga xizmat ko’rsatish (CX) va raqamli transformatsiya (DX) tashabbuslariga ustuvor ahamiyat berishni rejalashtirmoqda. LG birinchi (first), noyob (unique) va yangi (new) tajribalarni (yoki F.U.N.) taqdim etish orqali yangi mijozlar qiymatini yaratish uchun maʼlumotlarga asoslangan analitikadan foydalanishga intilmoqda.
LG o'z takliflari va ular taqdim etadigan imkoniyatlarni yaxshilash uchun turli ma'lumotlar bazalaridan foydalanadi. Bunga quyidagilar kiradi: "Trigger" - mijozlar tajribasini ishlab chiqish va loyihalash uchun foydalaniladigan ma'lumotlar; "Tezlashtiruvchi" mijozlar tajribasida innovatsiyalarni xaritalash va joriy etish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar; "Treker" - mijozlar tajribasi monitoring uchun ishlatiladigan ma'lumotlar. Kompaniya allaqachon mijozlarning bunday ma'lumotlari asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarni, jumladan MoodUP™ muzlatgichi va 42 dyuymli OLED televizorini chiqargan.
LG shuningdek, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun axborot bazalaridan ham foydalanadi. Changvondagi LG Smart Park raqamli ikkilangan texnologiyalar, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlarga asoslangan aqlli ishlab chiqarish tizimlariga e'tibor qaratgan holda, mahsulot nuqsonlari1 xarajatlarini pasaytirish bilan bir qatorda unumdorlikni 20 foizga2 oshirdi. Bundan tashqari, kompaniya tomonidan DX ning joriy etilishi xom ashyo sotib olishga, ta'minot zanjiri boshqaruvi (SCM) va xizmatlarda kengaytirilmoqda.
Doimiy innovatsiyalar orqali mijozlarning qalbini zabt etuvchi brendga aylanish
Missiyasi "Yaxshiroq hayot uchun innovatsiyalar" (Innovation for a Better Life) bo'lgan kompaniya odamlar va sayyora uchun yaxshiroq kelajak qurishga sodiq qoladi. LG shuningdek, hamma tushunadigan noyob qiymatga ega mahsulot va xizmatlarni taklif qilish orqali barcha avlodlar orasida qo’llab-quvvatlanuvchi brend bo'lishga o’z kuchini qaratishda davom etmoqda. Yaqinda Koreyada kompaniya yosh iste'molchilar qiziqishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan Gold Star Arcade va ThinQ Room Escape kabi tajriba maydonlarini taqdim etdi va LG gram, tiiun va StanbyME kabi turli xildagi mahsulotlar uchun raqamli hamjamiyatlarni rivojlantirmoqda.
LGning mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga intilishi uning ekologik barqarorlik va qulay muhitga sodiqligiga tengdir. Kompaniya 2030 yilgacha uglerod neytralligiga erishishni va 2050 yilgacha barcha quvvatni qayta tiklanadigan energiya manbalariga aylantirishni rejalashtirmoqda. LG shuningdek, 2030 yilga borib yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda jami 60 million tonna qayta ishlanuvchi plastmassadan foydalanishni rejalashtirmoqda. Elektron chiqindilarni yig‘ish ko‘lami kengaytiriladi. Kompaniya chiqindilar va resurslar sarfini minimallashtiradigan yopiq iqtisodiyotni yaratishni maqsad qilgan.
LG kompaniyasi hamma uchun maishiy texnikadan foydalanishni qulay qilish uchun qulay muhitga tobora ko'proq e'tibor qaratmoqda. Janubiy Koreyada o’tkazilayotgan ishlar imo-ishora tili va ovozli ko'rsatmalarni o'z ichiga olgan mahsulot qo'llanmalarini chiqarishni, turli uy qurilmalari uchun Brayl shriftiga ega bo’lgan stikerlarni yaratishni va mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun imo-ishora tilidan foydalanish qobiliyatini o'z ichiga oladi.
Prezident janob Cho sog‘lom, inklyuziv ish joyi va madaniyatini yaratish orqali kompaniya xodimlari bilan muloqotni yaxshilashda davom etadi. 2022-yilda janob Cho o‘zining “CEO F.U.N. Talks” uchrashuvlar seriyasini o’tkazdi, ularning oltinchisi uning yillik murojaati bo’ldi. Barcha chiqishlar kompaniya prezidentiga real vaqt rejimida LG xodimlarining izohlari va savollariga javob berishga imkon berdi. Janob Cho ishda shaffoflik va samimiylik, shuningdek, mijozlarning ehtiyojlarini doimo birinchi o‘ringa qo‘yish muhimligi haqida gapirdi.
1 Jahon iqtisodiy forumining obyektga tashrifi hisobotiga ko'ra, soatiga ishlab chiqarilgan birliklar soni 2020 va 2021 yillar ko’rsatkichlariga nisbatan 20 foizga oshdi.
2 Nosoz mahsulotni qaytarishning umumiy qiymati 2020 yildan 2021 yilgacha 70 foizga kamaydi.