Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni koʻrib chiqishni davom ettirsangiz, qoʻshimcha maʼlumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni oʻrganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida oʻchirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini oʻzgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
oʻng burchagida.
13/01/2023
SEUL, 2022-yil 13-yanvar — LG Electronics (LG) kompaniyasi o‘tgan yillarga nisbatan CES® tarixidagi eng ko‘p miqdordagi mukofotni qo‘lga kiritdi – maishiy texnika va elektronika nominatsiyasida eng yaxshi innovatsiyalar uchun 220 dan ortiq mukofotlar. LG tomonidan CES 2023 ko‘rgazmasida qabul qilingan asosiy mukofotlar qatorida Zero Connect texnologiyasi asosida simsiz OLED televizori bo‘lgan LG SIGNATURE OLED M (model M3) innovatsiyasi uchun “Eng yaxshi uy kinoteatri” nominatsiyasida nufuzli Engadget Best of CES mukofoti ham bor edi.
2023-yilda LG kompaniyasi LG OLED televizorlari innovatsiyasining 10 yilligini nishonlaydi va LG OLED televizorlarining eng yangi qatori, jumladan yuqorida tilga olingan LG OLED M3 va LG OLED evo G3 va C3 uchun sohaning eng yuqori mukofotlarini olib OLED texnologiyasi sohasidagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqlaydi. LG OLED evo G3 ning yorqinligi o‘tgan yilgi modellarga nisbatan 70 foizga oshdi. 97 dyuymli LG SIGNATURE OLED M3 (M3 83 va 77 dyuym diagonalli ekran o‘lchamlarida ham mavjud) OLED televizorlari texnologiyasidagi navbatdagi qadam hisoblanadi va CNET, Digital Trends, TechRadar, Tom's Guide, WIRED, The Verge, USA Today, PCMag va Mashable kabi yetakchi texnologik nashrlarda namoyish etilgan. “Evo” texnologiyasiga ega bo’lgan G3 seriyadagi yangi LG OLED televizori ham TechCrunch, CNET, Tom's Guide, Reviewed va BGR tomonidan tasdiqlangan. PCMag, shuningdek, innovatsion LG gram Ultraslim’ni “Best of CES2023” reytingida yengilligi va ko‘chmaligi bilan alohida ajratib ko‘rsatdi.
LG shuningdek, The Wall Street Journal, CNET, The Washington Post, WIRED, Good Housekeeping, Tom's Guide va PCMag kabi yetakchi nashrlar tomonidan MoodUP™ texnologiyasiga ega yangi muzlatgichi uchun tan olingan. Ultra zamonaviy maishiy texnika 190 000 turdagi rang variantlarini taklif qiluvchi yuqori texnologiyali LED eshik panellari, shuningdek, o‘rnatilgan Bluetooth dinamikasi tufayli CES2023 ko‘rgazmasida eng qiziqarli mahsulotlardan biri sifatida e’tirof etildi.
LG ARTCOOL™ Gallery konditsioneri o‘zining nafis LCD panel dizayni bilan ham e’tiborni tortdi va TechRadar tomonidan “ CES ko’rgazmasigi eng yaxshi mahuulot” va Business Insider tomonidan “CES 2023ning eng yaxshi innovatsion mahsulotlari” mukofoti bilan taqdirlandi. Nafis uy jihozlari va ilg'or havoni tozalash afzalliklarini o'zida mujassam etgan LG PuriCare™ Aero PC Mag (CES aqlli uy uchun eng yaxshi texnologiya) tomonidan taqdirlandi va atmosfera yoritgichi va gadjetlar uchun simsiz quvvatlanish bilan ranglar assortimentidagi interyer stoli ko‘rinishidagi iqlim texnologiyasining innovatsion dizayni uchun mukofot (CES 2023 Editors' Choice Award) oldi.
Iste'molchi texnologiyalari assotsiatsiyasi (CTA) CES Innovation Award doirasida LG kompaniyasi 25 ta CES Innovation Awards mukofotiga sazovor bo'ldi, jumladan LG OLED shaffof ekrani (LG Transparent OLED Screen), LG OLED Flex televizori va 65 dyuymli LG UltraFine OLED Pro displeyi uchun “Best of Innovation”ning uchta mukofotini oldi.
LG tomonidan CES 2023 ko‘rgazmasida qabul qilingan 220 ta mukofotdan quyidagilar alohida e’tiborga loyiq:
LG SIGNATURE OLED M simsiz televizori (97 dyuymli M3)
LG gram noutbuklari:
LG OLED Flex televizori:
LG UltraGear OLED o‘yin monitorlari:
MoodUP™ texnologiyasiga ega LG muzlatgichi
Mebel bilan bir tekisjoylashtiriluvchi LG InstaView® French-Door muzlatgichi
LG PuriCare™ Aero Furniture dizaynerlik klimatik majmuasi:
LG Styler™ ShoeCase:
LG Styler™ ShoeCare:
LG CES 2023 mukofotlari, shuningdek, CES ko‘rgazmasida e’lon qilingan LG mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun LG Newsroomga tashrif buyuring.