SEUL, 2023-yil, 8-fevral – LG Electronics (LG) kompaniyasi 6-8-fevral kunlari Atlanta (AQSh)da o’tkaziluvchi HVAC sohasidagi eng yirik tadbir bo‘lgan AHR Expo 2023 ko‘rgazmasida isitish (heating), ventilyatsiya (ventilation) va havoni konditsiyalash (air conditioning) bo‘yicha eng so‘nggi yechimlarini namoyish etadi. Kompaniyaning tijorat va turar-joy segmentlari uchun yuqori samaradorlikdagi individual yechimlari ikkita ko’rgazmali stendda namoyish etiladi: HVAC Solutions uchun yechimlar stendi va component yechimlar (Component Solutions) stendi.
.jpg)
HVAC Solutions stendida LG kompaniyasi bir qator yangi yechimlarni, jumladan, o’zgaruvchan sovutish agenti oqimi (VRF, Variable Refrigerant Flow) tizimlari, yanada ko’proq energiya tejovchi issiqlik nasoslari, binolardagi havo sifatini yaxshilash yechimlari, shuningdek, binolarni avtomatlashtirishning moslashuvchan mahsulotlarini namoyish etmoqda.
HVAC stendining diqqatga sazovor mahsulotlaridan biri bu LG MULTI V™ i bo’lib, u kompaniyaning sunʼiy intellect sohasida oʻz ishlab chiqishi asosida ishlaydigan soʻnggi VRF sovutish va isitish yechimi hisoblanadi. Eng so'nggi MULTI V tizimi, shuningdek, ilg'or hisoblash arxitekturasi, real vaqtda ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda aqlli boshqarish tizimi va dasturiy ta'minotni masofadan yangilash imkonini berishi bilan boshqalaridan ajralib turadi.
.jpg)
Yangi avlod VRF tizimi MULTI V i bir nechta ichki bloklarni bitta tashqi blokga ulash imkonini beruvchi yagona sovutish tizimiga ega. Bundan tashqari, u energiya samaradorligini maksimal darajada oshirishga va ekspluatatsiyaga oid xarajatlarni minimallashtirishga yordam beradigan variantlarni taqdim etadi va keng ko'lamli tijorat qo’llanilishlari uchun mos keladi. Muhandislar va binolar egalariga samaradorlik va dizayn nuqtai nazaridan ajoyib moslashuvchanlikni taklif qiluvchi MULTI V i 6 dan 44 tonnagacha samaradorlikdagi sovutgich sig'imlarida chiqarilib, bir yoki ikki ramkali modulli konfiguratsiyalarda ishlatilishi mumkin.
LG issiqlik nasosiga ega bo’lgan inventorli spiral chiller sovutish va isitish uchun mo’ljallangan havo sovutgichli jihozlar kategoriyasida yechimlar standartini oshiradi. Qisman yukda (IPLV, integrated part load value)¹ 19,46 ga teng bo’lgan ta'sirchan qiymati tufayli LG chilleri ko‘plab sohalarda turli xil foydalanish holatlarida qo‘llanilishi mumkin, bu ham katta, ham kichik quvvatlar uchun ishonchli yechimni ta’minlaydi.
Inverterli spiralsimon issiqlik nasosiga ega bo’lgan chillerning unumdorligi va ko'p qirraliligini bir nechta asosiy komponentlar, jumladan past atrof-muhit haroratida yukga aniq javob berish va sanoatda yetakchi isitish samaradorligi ko’rsatkichini ta'minlovchi LG ning inverter texnologiyasi bilan bog'lash mumkin. Bundan tashqari, modulli konstruksiya muhandislarga chillerni ikki yoki to‘rt quvurli konfiguratsiyadan foydalangan holda bir vaqtda sovutish va isitishni samaradorlik va unumdorlikni yo‘qotmasdan turib o‘rnatish imkonini beradi.
.jpg)
Ventilyatsiya toifasidagi innovatsiya uchun AHR 2022 mukofotiga sazovor bo‘lgan LG Dedicated Outdoor Air System (DOAS) tijorat tizimi bo‘lib, u samarali quritish, sovutish va isitishni ham ta’minlaydi. DOAS, shuningdek, energiya yo'qotishlarini minimallashtiradigan va xona ichidagi havo harorati va namligi ko’rsatkichlarini mustaqil ravishda boshqarishga qodir bo'lgan ikki tomonlama issiqlikni qayta tiklash tizimi bilan jihozlangan. Shu bilan birga, LG Therma V™ havo-suv issiqlik nasosiga ega bo’lgan (AWHP, Air to Water Heat Pump) yechim samarali va ishonchli isitish, sovutish va issiq suv ta'minotini ta'minlaydi va maishiy gaz qozonini mukammal darajada o’rnini bosadi.
Kompaniyaning aqlli uy platformasi, LG ThinQ™ ilovasi yordamida mijozlar o‘z uyidagi havoni konditsiyalash jihozi va maishiy texnikani masofadan boshqarishlari mumkin. LG ThinQ Smart Diagnosis yordamida esa uskunaning ishlashini qo’llab-quvvatlash va kerak bo‘lganda maslahat uchun kompaniya mutaxassislariga bevosita murojaat qilish mumkin.
AHR 2023 ko‘rgazmasida LG Component Solutions stendida o‘zining tabaqalashtirilgan asosiy mahsulot komponentlarini ham namoyish etadi. Kompaniyaning barcha yangi invertor kompressorlari past darajadagi PGP, R454B va R32 sovutish agentlaridan foydalanadi. Shuningdek, Component Solutions stendida LG kompaniyasining havoni konditsiyalashning tijorat konditsionerlari bozori uchun katta sig‘imli spiralsimon kompressorlari ham namoyish etiladi.
.jpg)
“Issiqlik nasoslarining mashhurligi 2023-yilda HVAC global bozorida kuchayishda davom etadi va bizning ilg‘or VRF texnologiyamiz bu afzallikdan to‘liq foydalanish imkonini beradi”, – dedi LG Electronics Home Appliance & Air Solution Companyning Air Solution Business Unit bo‘limi rahbari Jeyms Li (James Lee). ““Elektrlashtirish” tendentsiyasi qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechib, AHR 2023 ko‘rgazmasida namoyish etilgan LG’ning keng qatoridagi foydali va yuqori samarali innovatsiyalari kabi ekologik jihatdan toza isitish va sovutish yechimlariga o‘tmoqda. Biz mijozlar qiymatini maksimal darajada oshirish va havoni konditsiyalashning global bozoridagi ishtirokimizni kengaytirish uchun HVAC sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etishda davom etamiz”.
AHR Expo 2023 ko‘rgazmasida LG stendiga (6509-sonli, Jorjiya Butunjahon Kongress markazi) tashrif buyuruvchilar LG kompaniyasining havoni konditsiyalash tizimi uchun mo’ljallangan yechimlarining to‘liq assortimenti bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
¹ Chillerlarning umumiy o'rtacha samaradorligini o'lchash uchun sanoat standarti.