Press-reliz

Компания

Changyutkichning ishlash muddatini qanday uzaytirish mumkin

18/02/2026






Changyutkich deyarli har kuni ishlaydigan jihoz: chang, uy hayvonlari juni va mayda chiqindilarni yig‘ib, uyni qulay saqlashga yordam beradi. Bunday foydalanishda jihozni to‘g‘ri parvarish qilish ayniqsa muhimdir. Bir nechta oddiy odatlar yuqori so‘rish quvvatini saqlab qolishga yordam beradi, qismlarning yeyilishini kamaytiradi va har bir tozalashni chinakam samarali qiladi. Ushbu maqolada biz bu qanday ishlashini uyni kundalik tozalash uchun yengil va texnologik model hisoblanadigan LG A9K CORE simsiz modeli misolida ko‘rib chiqamiz.

Toza filtrlar – barqaror quvvat

Agar Changyutkich kuchsizroq ishlay boshlasa, bu har doim ham motor bilan bog‘liq emas. Bunga ko‘pincha filtrlar sabab bo‘ladi: vaqt o‘tishi bilan ular chang to‘playdi, bu esa havo oqimini yomonlashtiradi va yuritmaga qo‘shimcha og‘irlik yaratadi.

Samaradorlikni saqlashga nima yordam beradi:


Yuviladigan filtrlarni bir necha haftada bir marta yuving;
● ularni faqat tabiiy ravishda to‘liq quriganidan keyin qayta o‘rnating;
● Vaqti-vaqti bilan butun filtrlash tizimini tekshirib turing.

LG CordZero™ A9K-CORE Kompressor™ ‘da havoni tozalashning ko‘p bosqichli tizimi mayda zarrachalarni ichkarida ushlab turadi, muntazam parvarish esa uning maksimal darajada ishlashiga imkon beradi.





Konteyner va uchliklar: barcha fazifalarni hal qiladigan mayda-chuydalar narsalar

Chang yig‘gichni o‘z vaqtida tozalash so‘rish kuchiga bevosita ta’sir qiladi. Konteyner to‘lib ketganda, havo aylanishi buziladi va tozalash uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.

Uchliklar ham alohida e’tibor talab qiladi:

aylanadigan valiklardan sochlar va iplarni olib tashlang;
● cho‘tka erkin aylanayotganini tekshiring;
● qoplama turiga ko‘ra mos nasadkalardan foydalaning.

Bunday profilaktika atigi bir necha daqiqa davom etadi, ammo tozalash sifatini sezilarli darajada oshiradi va motorga tushadigan og‘irlikni kamaytiradi.





АAkkumulyator: mobillikni qanday uzoq vaqt saqlab qolish mumkin

Simsiz Changyutkichning asosiy afzalligi - bu harakat erkinligi. Akkumulyator uzoqroq vaqt davomida xizmat qilishi uchun:

qurilmani to‘liq quvvatsiz holatda saqlamang;;
● tozalagandan keyin uni quvvatlang;
● bazani issiqlik manbalaridan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshdan uzoqroq tuting.

LG CordZero™ A9K-CORE Kompressor™ ning litiy-ion batareyasi uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan, to‘g‘ri quvvatlash rejimi esa uning resursini yillar davomida saqlab qolishga yordam beradi.





To‘g‘ri rejim - kamroq eskirish

Tegishli quvvatdan foydalanish texnikaning xizmat muddatini uzaytirishning yana bir usulidir:

standart rejim qattiq qoplamalarni har kuni tozalash uchun mos keladi;
● kuchaytirilgan - gilamlar va murakkab iflosliklar uchun.

Doimo yuqori quvvatda foydalanish energiya sarfini va yuritmaga tushadigan og‘irliklarni oshiradi, shuning uchun uni faqat kerak bo‘lganda yoqish afzalliroqdir.


Muntazam parvarish uchun mini-nazorat ro‘yxati

Ortiqcha vaqt sarflamaslik uchun oddiy jadvalga rioya qilish qulay:

Tozalashdan keyin:

konteynerni tozalang.


Haftada bir marta:

cho‘tkalar va filtrlarni tekshiring.


Oyiga bir marta:

filtrlarni yuving;
● uchliklarni tiqilib qolmasligi uchun tekshirish


Mavsumiy:

to‘liq profilaktik tozalash o‘tkazing.

Muntazam parvarish Changyutkichning yuqori quvvatni saqlab qolishiga, shovqinsiz ishlashiga va tozalash ishlarini samaraliroq bajarishiga yordam beradi. LG‘ning LG CordZero™ A9K-CORE Kompressor™kabi modellarida yengil korpus va zamonaviy filtrlash tizimi xizmat ko‘rsatishni soddalashtiradi hamda uni tez va qulay qiladi.