Press-reliz

Компания

EISA 2021 MAROSIMIDA LG OLED ENG YAXSHI PREMIAL TELEVIZOR DEB TAN OLINDI

18/08/2021

LG Electronics (LG) kompaniyasi 2021-2022-yillar mavsumiga doir EISA Awards marosimida uydagi koʻngilochar yoʻnalishidagi innovatsiyalar boʻyicha beshta mukofotga sazovor boʻldi. Maishiy elektronika boʻyicha yirik tahrir tashkiloti – Expert Imaging and Sound Association tomonidan har yili oʻtkaziladigan taqdirlash marosimida bir qator LG mahsulotlari, xususan: LG OLED televizorlari (OLED65G1, OLED48C1 modellari), LG QNED Mini LED televizori (75QNED99 modeli), LG Eclair saundbari (QP5 modeli) va LG TONE Free True Wireless Stereo quloqchinlari (FP8 modeli) ilgʻor xususiyatlari va ajoyib dizayni tufayli EISA mukofotiga loyiq topildi.



LG televizorlari oʻn yildan buyon ketma-ket har xil nominatsiyalarda eng yaxshi televizorlar sifatida EISA mukofotlarini qoʻlga kiritib kelmoqda. Joriy yilda 65-dyumli LG G1 OLED televizori EISA 2021–2022 talqini boʻyicha “Eng yaxshi premial OLED televizor” mukofotiga loyiq deb topildi. LG 65G1 televizori yuqori yorqinlik va kuchli α (Alpha) 9 Gen 4 AI protsessori bilan jihozlangan OLED evo paneli tufayli tasvir sifatiga oid yangi standartni oʻrnatmoqda. EISA hakamlari LG televizorida qoʻllab-quvvatlanadigan Dolby Vision IQ va Dolby Atmos texnologiyalari, ishonchli HDMI aloqa va keng tanlovli intellektual funktsiyalar tufayli mazkur televizorni “jozibali chorlov” deb eʼtirof etishdi.

48-dyumli LG C1 OLED televizori tarixda birinchi boʻlib “Eng yaxshi oʻyin televizori” sifatida EISA mukofotini qoʻlga kiritdi. LG ishlab chiqqan OLED panel va barcha HDMI kirishlarga tatbiq etilgan Dolby Vision HDR funksiyasiga ega videoga ishlov berish texnologiyasi tufayli, kadrni yangilash chastotasi 120 GHz boʻlgan 48-dyumli universal 4K ekran ham mehmonxona, ham oʻyinxonasiga aʼlo darajada mos keladi. Bundan tashqari, LG Game Optimizer va Game Dashboard funktsiyalari har xil oʻyin janrlari uchun oldindan oʻrnatiladigan sozlamalar, oʻzgaruvchan tasvir parametrlari, sozlanadigan yangilash chastotasi (VRR) va vizual effektlar uchun uzilmas kadrlar va sezgir boshqaruv bilan taʼminlaydi.

Bu yilgi EISA marosimida “Eng yaxshi 8K televizor” nominatsiyasida Quantum Dot NanoCell va yorugʻlik diodli yoritish texnologiyalari hamohangligida boshqa suyuq kristalli televizorlarga qaraganda tasvirni yirik detalizatsiyasida va yanada aniqroq ranglarda aks ettiruvchi LG QNED Mini LED televizori gʻolib boʻldi. LG Quantum Dot NanoCell paneli yuqori yorqinlik va yanada teran qora rang bilan taʼminlab, qoraytirilgan noyob sohali takomillashgan fon ravshanligi esa yuksak kontrast koeffitsiyenti bilan aniq yoritish darajasini hosil qiladi.

 

“Saundbarlardagi innovatsiyalar” nomli EISA mukofoti LG Eclair saundbariga berildi. Yumaloq dizayn, minimalistik matoli korpusda ishlangan LG yaratgan eng ixcham saundbar har qanday interyerga, ayniqsa uncha katta boʻlmagan xonalarga gʻoyatda mos tushadi. Mazkur ixcham shakldagi va ayni paytda quvvatli qurilma kattaligi 5,25-dyumli ikkita simsiz sabvufer va tebranishlarni kamaytiruvchi bipolyar konfiguratsiya bilan jihozlangan boʻlib, ularning yordamida foydalanuvchilar qoʻshnilarni bezovta qilmasdan tiniq ohangli chuqur baslardan bahra olishlari mumkin.

LG TONE Free quloqchinlari hali hech qaysi TWS mahsulotlarida qoʻllanmagan ajoyib ohang va kengaytirilgan funktsiyalar bois birinchi marta nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi. LG 3D Sound Stage texnologiyasiga ega boʻlgan LG FP8 modeli yanada yirik drayverlar va tiniq baslarni hosil qilishga xizmat qiladigan diafragma tufayli ohangga shoʻngʻish taassurotini paydo qiladi. UV-C ultrabinafsha yoritish tizimi bilan jihozlangan LG UVnano gʻilofi simli va sizsiz quvvatlash paytida quloqchindan mikrob va bakteriyalarni bartaraf etadi. 10 soatli avtonom ishlash vaqti, tezkor quvvatlash funksiyasi hamda chang va suvdan himoyalashga oid IPX4 standarti – ergonomik dizayn bilan birgalikda LG TONE Free qurilmasidan yoʻlda va faol turmush tarzida foydalanish jarayonini yanada qulaylashtiradi.