Press-reliz

Компания

LG INNOVATSION MARKAZ UCHUN KOMPANIYALARNI TANLASH MAQSADIDA STARTAPLAR GLOBAL TANLOVINI EʼLON QILMOQDA

02/09/2021

SANTA-KLARA, Kaliforniya, 2021-yil 2-sentyabr – LG Electronics (LG) startaplar uchun “Kelajak missiyasi” tanlovi boshlanganini eʼlon qiladi. Global tashabbusning maqsadi: kelajakka yoʻl ochadigan innovatsion texnologiyalar va biznes-gʻoyalarni yuzaga chiqarish. Tanlov tashkilotchisi LG NOVA – kompaniyaning Silikon vodiysidagi innovatsion markazi, yangi korxonalar tashkil qilish va LG kompaniyasiga yanada koʻproq innovatsiyalarni jalb qilish yoʻlida startaplar va tadbirkorlik jamiyatlari bilan ishlaydigan strategik jamoa.

 
“Kelajak missiyasi” har-yillik toʻqqiz oylik dastur boʻlib, yanada toza, ongli, sogʻlom va yaxlit kelajakda turmush sifatini oshiradigan eng yaxshi gʻoyalar, konsepsiya va kompaniyalarni izlash uchun yaratilgan. Tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar LG NOVA jamoasi bilan uch-olti oy davomida oʻz biznes-gʻoyalari ustida ish olib boradilar va shu tariqa 2022-yilning mart oyida boshlanadigan finalchilarni aniqlash jarayoniga oʻtadilar




 

Tanlov finalchilari Kaliforniyada LG NOVA jamoasi bilan ishlash imkoniga ega boʻladilar.  Bu ularning rivojlanishini tezlashtiradi, oʻz biznesini keyingi bosqichga olib chiqishda koʻmak boʻladi, hamda LG bilan hamkorlikdagi biznes uchun potensial imkoniyatlar paydo qiladi. Kompaniya finalchilarni investitsiya, resurslar, konsepsiyani ishlab chiqishni moliyalashtirish, hamda qoʻshma korxonalar ochish uchun LG kompaniyasining global infratuzilmasi va taʼminotiga kirish imkoniyati berish orqali qoʻllab-quvvatlash uchun 20 million AQSH dollari ajratishni maqsad qilgan.

 

Butun jarayon davomida noyob biznes-gʻoyalarga ega boʻlgan eng yaxshi ishtirokchilar LG va uning sheriklari bilan munosabat oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻladilar, hamda kompaniyaning korporativ manbalari, murabbiylik darslari va biznesning keyingi rivojlanishida koʻmak boʻladigan tajriba dasturlaridan foydalana oladilar.

 

2021-22 yillardagi tanlov besh asosiy yoʻnalish boʻyicha odamlar, jamiyatlar va butun sayyora foydasi koʻzlangan texnologik ilgʻor turmush tarziga oid innovatsiyalarga bagʻishlanadi.


•  Sogʻliqni saqlash onlayn: odamlarga oʻz sogʻligʻini har qanday vaqtda va har yerda nazorat qilish imkonini berib, aholining salomatligi va farovonligi yaxshilanishiga hissa qoʻshuvchi yangicha yondashuvlar, tizimlar va qurilmalar;
•  Elektromobillar uchun energiya: elektromobillar infratuzilmasini kengaytirish va transport vositalarida elektroenergiyadan foydalanishni tezlashtirishda yordam beradigan yangi xizmat turlari, yechimlar va biznes-gʻoyalar;
•  Smart turmush tarzi: kundalik turmushni yaxshilash va optimallashtirish uchun uyga oʻrnatilib, LG ThinQ™ platformasi bilan ishlatilishi mumkin boʻlgan kontent, xizmatlar, ilovalar va texnologiyalar;
•  Metakoinot: VR, AR va XR kabi oʻyin texnologiyalari, blokcheyn, raqamli avatar va boshqalar asosida yangi raqamli dunyo va internet barpo qilishda yordam beradigan innovatsiyalar;
•  Innovatsion taʼsir: Mutlaqo yangi yoki LG kompaniyasining turmushni yaxshilash, hamda odamlar, jamiyatlar, umuman butun borliqqa ijobiy taʼsir koʻrsatish falsafasiga uygʻun boʻlgan innovatsiyalar boʻyicha erkin yoʻnalish.
 
“Kelajak missiyasi” tashabbusi – LG NOVA markazining LG kompaniyasiga tashqi innovatsiyalarni jalb qilish yoʻlidagi ilk qadami. “Kompaniya birgalikda gʻoyalarni rivojlantirish va biznes qurish uchun butun dunya boʻylab novatorlar va startaplar bilan hamkorlik qiladi”, – dedi LG Electronics kompaniyasining innovatsiyalar boʻyicha katta vitse-prezidenti va LG NOVA boshligʻi Sokvu Ri, – “Oddiy qilib aytganda, LG jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatishni istaydi va biz turlicha qarashlar oʻsib borayotgan jahon hamjamiyatiga eng yaxshi innovatsiyalarni taqdim etadi, deb hisoblaymiz”. Bu shuningdek, barqaror turmush tarzi uchun texnologiyalar, ekologik toza mahsulotlar va umuman inklyuziv jamiyatga ham tegishli. Biz innovatsiyalardan odamlar hayotini, yerni saqlab qolish va hamma uchun farovon turmush barpo qilishda foydalanamiz.
 




Bu qanday ishlaydi. “Kelajak missiyasi”: koʻrib chiqish va tanlash jarayoni

“Kelajak missiyasi” tanlovida qatnashish uchun arizalar 2021-yil 1-sentyabrdan 25-oktyabrgacha missionforthefuture.lgnova.com saytida qabul qilinadi. Gʻoliblar 2022-yil iyunda eʼlon qilinadi. Faqat 10 kompaniya finalchi deb topiladi va LG bilan hamkorlikda oʻz biznesini qurish imkoniga ega boʻladi.

“Ilk 50” uchun startaplarni baholash 2021-yil 25-oktabrdan 31-dekabrgacha boʻlib oʻtadi. Jarayon paytida 50 kompaniya hamkorlikdagi biznesni rivojlantirish uchun resurslardan foydalana oladilar, muhim biznes-infratuzilma va jahondagi texnologiya yetakchilari, murabbiylar va hamkasblar bilan oʻzaro muloqot qilish imkoniyati shular jumlasidandir. Bu guruh LG kompaniyasining korporativ hamkorlari tarmogʻiga, texnologiyalar uchun sarmoyalar, tajriba dasturlari va boshqa eʼtiborli tashkilotlarga ulanib, biznes uchun qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻladi.
 

LG NOVA kompaniyasi “Ilk 50” guruhiga kirgan startaplar bilan 2021-yil yanvardan 2022-yil martgacha ishlashda davom etadi va 2020-yil mart oyida “Tanlangan 20” guruhini eʼlon qiladi.  “Tanlanganlar” uchun qoʻshma biznesni rivojlantirish va uning ehtiyojlari asosidagi moliyaviy investitsiyalar, LG global infratuzilmasi va boshqa biznes resurslari eshiklari ochiladi.

2022-yil iyun oyida LG NOVA tanlovning 10 gʻolibini tanlaydi va ular oʻz bizneslarini LG bilan sherikchilikda va kompaniyaning toʻliq dastagi bilan rivojlantirish imkoniga ega boʻladi.

LG NOVA eng yaxshi kelajakni barpo qilish yoʻlida innovatsiyalarni qanday targʻib qilayotgani haqida koʻproq maʼlumot olish uchun www.lgnova.com saytiga kiring.

 
# # #